Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Ko’rgazmali o’quv qurollari namoyishi


Download 100.8 Kb.
bet12/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Ko’rgazmali o’quv qurollari namoyishi. Ko’rgazmali qurollar namoyishi o’quvchilar harakatni predmetli tasvir yordami bilan idrok etishi uchun qo’shimcha imkoniyat yaratadi.
Ko’rgazmali o’quv qurollarining har qaysi turini namoyish qilish ba'zi- bir uslubiy qoidalarni hisobga olish bilan o’tkazilishi kerak.
Plakatlarda aks etgan lahzalarni harakatda ko’rsatish qiyin. Shuning uchun tasvirlashni detallardan ozod qilish zarur, ular o’quvchilarni asosiy harakatlardan chalg’itishi mumkin. Ko’rgazmali idrokning natijalarini tekshirish uchun o’qituvchining savollari va o’quvchining javoblari foydalidir. Plakatlar namoyishi texnikasiga yagona talab bo’lishi mumkin emas. Ta'limning vazifalaridan kelib chiqib, o’quvchilar diqqatini aniq vazifalarga jalb qilish maqsadida plakatlarni dars davomida yoki ular bilan oldindan tanishish uchun navbatdagi dars oldidan osib qo’yish mumkin.
Doskada bo’r bilan rasm chizish, agar o’qituvchi ularni yetarlicha mahorat bilan bajarishga qodir bo’lsa, plakatlar oldida ba'zi bir ustunliklarni egallaydi, ammo ularni to’la almashtira olmaydi. Birinchidan, harakatning ayrim unsurlarini izchil tasvirlab, binobarin, o’quvchilarning diqqatini bu unsurlarga navbatma-navbat jalb qilib, harakat fazalari izchilligi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin. Ikkinchidan, rasmlar bolaning diqqatini chalg’itmaydigan, juda oddiy bo’lishi kerak. Uchinchidan, doskadagi rasmlar namoyish qilishning juda tezkor uslubidir. O’qituvchining rasm chizish qobiliyati o’quvchiga hissiy va estetik ta'sir o’tkazishda katta ahamiyatga ega, bundan tashqari, o’quvchilar ishtirokida bajarilgan tasvirlar ularni harakatning bajarilishini obrazli tarzda o’ylab ko’rishga, o’z xatolarini topishga undaydi.
Predmetli vositalarni qo’llash didaktik imkoniyatlarni nisbatan kam egallaydi, ammo, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarga yetarlicha hissiy ta'sir ko’rsata oladi (masalan, darsda qo’g’irchoq – bu har doim qiziq bo’lgan).
Kinofilm namoyishi talay texnikaviy qiyinchiliklarni tug’dirsa-da, pedagogik jarayon davomida uni ko’rsatish ulkan didaktik imkoniyatlar yaratadi. Kinofilm yordami bilan harakatning yuqori sport malakasi darajasida bajarilishini, shuningdek, uning barcha detallarini ilg’ab olish uchun har xil tekislikda, yirik hajmda va yaxlit holda ko’p marta namoyish qilish mumkin. Harakatlarni ko’rgazmali idrok etishda rapidli tasvir deb ataladigan usul katta ahamiyatga ega. Bunda harakatlar yuqori tezlik bilan namoyish etiladi. Kinotasmadan olingan proeksiya ekranda kino tasvirining tezligidan ko’ra past tezlik bilan harakatlarni susaytirilgan holda ko’rsatadiki, bu uning barcha detallarini qarab chiqish imkonini beradi.

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling