Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Tovush va yorug’lik signalizatsiyasi


Download 100.8 Kb.
bet13/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Tovush va yorug’lik signalizatsiyasi. Tovushli va yorug’lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va tugallanishi uchun eshitish va ko’rishning zaruriy mo’ljalini vujudga keltiradi. U harakatlar yo’nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil qiladi.
Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronom zarbasi va h.k. kabi signallarning oddiy o’xshash usullari, yugurish va uloqtirishning yo’nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilayotgan harakat to’g’risida tez axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda.
II-BOB. MURABBIYNING AMALIY BILIMLARINI OSHIRISH NAZARIYASI VA USLUBIYATI
2.1 Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 maydagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni va 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarorida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo’llari belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kursi bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchisi va murabbiylarning dunyoqarashini kengaytiradi, yaqin kelajakdagi vazifalarni aniqlash, uslub, vositalarni to’g’ri tanlashni hamda ularni amalga oshirish shakllarini amaliyotda sinab ko’rishga o’rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lajak o’qituvchini aralash kurslarda va xususiy uslublardan olingan bilimlarni integrallashni uddalay olish va bilimlarni amaliy ishda joriy etishning shakl va uslublari bilan qurollantirishdir.
Fanning barcha bo’limlarini o’rganish talabalarning ixtisosligi bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun bosqichning asosiy bo’limlari tatbiqan bayon qilingan har bir mavzuni o’rganish jarayonida o’qituvchi va talabalar nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini aks ettiruvchi vazifalarni qo’yishlari kerak.
“Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fani talabalarda bajarayotgan ishining ahamiyatini tushunishga va professional burchini tarbiyalashga ko’maklashishi lozim.
Darslikni o’rganib borish orqali bo’lajak o’qituvchi ilg’or tajribalarni o’zlashtirishi va bu tajribani o’z ishida qo’llay bilishi, talabalarga ushbu tajribadan to’g’ri foydalanishni o’rgatishi, jismoniy tarbiya vazifalarini samarali ravishda hal etishni muntazam hamda mustaqil ravishda egallashlarini shakllantirishi lozim. Hozirgi kunda har qachongidan ko’ra ilg’or pedagogik tajribalarga tayanish zarur.
Jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlarining keng yo’llarini, ularni amalga oshirish uslublarini takomillashtirish kerak.
O’qituvchi har bir mavzuning ahamiyatini ko’rsatishi va aniqlashi, o’quvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishi hamda bilimlar, mavzularni muntazam ravishda o’rgatishi juda muhimdir. Talabalar amaliy ishlarini hayotga joriy etish uchun nazariy bilimlarni egallashi, o’qitishning pirovard maqsadi to’g’risida bir daqiqa ham unutmaslik ehtiyojini hosil qilishi zarur. Talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishlari, jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan uslublar bo’yicha so’nggi ma'lumotlar bilan qurollangan bo’lishlari kerak. O’qituvchi talabalarga jismoniy tarbiya va sport masalasi oddiy masala emasligini, balki insonni har tomonlama rivojlantiruvchi asosiy vositalardan biri ekanligini, birinchi navbatda, uning mehnat faoliyati, Vatanni himoya qilish vositasi ekanligini tushuntira olishi, o’quvchilarni kasbiy amaliy tayyorgarlik ishlarining uslublari va shakllari to’g’risidagi bilimlar bilan ta'minlashi zarur. Bunda talabalarning o’z kasbiga qiziqishi juda muhim.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vazifalari bo’lajak o’qituvchilarni muayyan pedagogik ko’nikma, malaka va yangi pedagogik texnologiyalarlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida talaba quyidagilarni o’rganishi kerak:

  • yuklama me'yorini bilish, jismoniy tarbiyaning aniq vazifalarini yechish uchun shakl va uslublarning vositalarini tanlash;

  • ishning asosiy rejalarini tuzib chiqish va jismoniy tarbiyaning har xil zvenolarida uni hisobga olib borish;

  • talabalarning o’rganish natijalarini aniqlash, ularning muvaffaqiyatlarini baholash, uyg’unlashtirish va shug’ullanuvchini mustaqil ishlarga yo’naltirish;

  • o’quv - tarbiya muassasalarining ishlarini nazorat qilish;

  • ommaviy tadbirlar rejasi, musobaqalar to’g’risida nizom ishlab chiqish, ularni amalda o’tkazish va uyushtirish;

  • maktab o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya sohasida olib boriladigan ishlar sifatini oshirish maqsadida bolalar ijtimoiy tashkilotlari, oila va maktab kuchlarini birlashtirish;

  • o’rgatish texnikasiga oid o’ziga xos moslamalar va vositalardan foydalanish;

  • yangi pedagogik texnologiya asoslarini o’zlashtirish va ularni amalda qo’llash.




Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling