Universiteti tarix fakulteti aqshda fuqorolar ishi va janubni rekonstruksiyalash
Kurs Ishining o’rganilish darajasi
Download 72.67 Kb.
|
Kurs Ishining o’rganilish darajasi . Bunda ahamyati juda katta narsalar biz jahon bilan tanishamiz unda bolgan voqelar rivoji iqtisod siyosat madaniyat marifat va eski davr ni yaqindan bilamiz biz bu bilan o’zimizni ham da kelajak yosh avlodni ham davrlarni bilishga undaymiz.Jahon bizga nimani tanitadi albatta bir qatorda olamni ham chunki jahon bn ham nafas bolib undagi davlatni undagi arboblarni undagi moliyaviy holatlarni shuningdek urushlar tufayli yetqazilgan og'ir va yengil zaralaru foydalarni ham.Insoniyat tarixining Birinchi jahon urushining yakuni – 1918-yildan boshlanib, hozirgi kunga cha bo‘lgan davri «Eng yangi tarix» deb ataladi.
«Eng yangi tarix» kishilik jamiyati rivojlanishida industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qaraladi.Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo‘lgan uchta bos qichni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1918 – 1945-yillar– industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining boshlanishi davri. Bu inqiroz jahon urushlarida, sot sialistik va milliy-ozodlik inqiloblarida, Germaniya, Italiya, Yаponiya, SSSRda totalitar tuzumlarning qaror topishida, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvida namoyon bo‘ldi. Bu bosqichning mazmunini jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy modellari – liberal-demokratik va totаlitar tuzumlar o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi. Ikkinchi bosqich 1945 – 1991-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich mazmu nini mustamlaka tizimining qulashi va ko‘plab mustaqil davlat larning tashkil topishi, «sovuq urush», dunyoni yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi tashkil qiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan sotsi alistik lager bilan G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi global qarama-qarshilik bu davrning xarakterli jihati hisoblanadi. 1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich xalqaro munosabat larda shakllangan ikki qutbli tizimning inqirozi, sotsialistik tizim ning barbod bo‘lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi bilan boshlanadi. Bu davr jahon sivilizatsiyasining globallashuvi, «uchinchi dunyo» mamlakatlari rivojlanishining jadallashuvi, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi bilan xarakterlanadi. Download 72.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling