Universiteti tarix fakulteti aqshda fuqorolar ishi va janubni rekonstruksiyalash


Download 72.67 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1480145
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishining ob’ekti: AQSH XVIII-asr oxiri va XIX-asrning birinchi yarmida .
Predmeti: AQSHning XVIII- XIX asrlarida bo’lgan o’zgarishlari va ularning Amerika Qo’shma Shtatlari aholisiga bog’liqligi.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. XIX-asrning oxirida AQSH kapitalizmi imperializm bosqichiga o`tdi. Mamlakat ichida kapitalning kontsentratsiyalashuvi va bank kapitalining sanoat bilan qo`shilib ketishi davom etdi. AQSH trestlar hukmron bo`lgan klassik mamlakatga, monopolistik kapitalizm mamlakatiga aylanaverdi. Quyidagi raqamlar sanoatning o`sishini va kontsentratsiyalashishini ko`rsatib turibdi. Korxonalar soni 1899-1914 yillarda ko`payib, 208 mingtadan 275 mingtaga yetgan bo`lsa, shu korxonalarda ishlagan ishchilar soni qariyb ikki baravar ko`paydi. 4713-ming kishidan 7036 ming kishiga etdi. Sanoat korxonalariga band qilib qo`yilgan kapital qarib uch baravar ko`paydi. 8975 ming dollordan 22791 ming dollorga etdi.AQSH sanoat ishlab chiqarishi hajmi jihatidan Yevropa mamlakatlarini orqada qoldirib ketdi. 1909 yilgi ma`lumotlarga qaraganda sanoat mahsulotining qiymati 20 milliard dollordan oshiqroq bo`ldi. Bu esa, Buyuk Britaniya sanoat mahsulotining qimmatidan qariyb 2,5 baravar va Germaniya sanoat mahsulotining qimmatidan 2 baravar oshiq edi. Ayrim sanoat tarmoqlaridagi rivojlanishni Yevropa mamlakatlaridagi xuddi shunday sanoat tarmoqlari rivojlanishiga doir ma`lumotlar bilan taqqoslab qarasak, AQSH sanoatining o`sishini tag’in ham ravshanroq ko`ramiz. Chunonchi birinchi jahon urushi arafasida AQSHda ishlab chiqarilayotgan toshko`mirning, cho`yan va po`latning miqdori Angliya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning boshqa hal qiluvchi tarmoqlarida ham AQSH, Angliya, Fransiya va Germaniyadan o`zib ketib, birinchi o`rinni mustahkam egallab oldi.Bu davrda AQSH uchun xarakterli narsa shu bo`ldiki, kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvi qonunining amal qilishi natijasida yirik koorporatsiyalar va trestlar -g’alaba qildi. Million dollorlik va undan ham ko`proq mahsulot ishlab chiqarayotgan gigant korxonalar 1904-yildayoq jami korxonalarning 0,9% ga yetib qolgan edi.Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida trestlar tashkil etildi. Po`lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari qirollarining qudratli dinostiyalari vujudga keldi. 1901-yilda Morgan 1 milliard dollordan ko`proq kapitalga ega bo`lgan va "Qo`shma Shtatlarning po`lat koorporatsiyasi" deb atalgan katta trest tashkil qildi. Bu trest dastlabki paytlarda po`lat sanoatining beshdan uch qismini, po`lat eritish uchun ishlatilayotgan temir ruda qazib chiqarishning 60% ini, po`latning 66% ni va tayyor po`latning deyarli 50% ini o`z nazoratiga olgan edi.Amerika kapitalizmi tez rivojlanganligi uchun ham imperializm davrida AQSHda kapitalizmning tekinxo`rligi va chirishi Shunday bir tarzda ifodalandiki, gigant trestlar o`zlari belgilagan narxlarni saqlab qolish uchun kurashib, ko`pincha yangi kashfiyotlar va ixtirolar qildilar. Amerika kapitalizmining tekinxo`rligi va chirishi, sanoat va qishloq xo`jaligining notekis rivojlanishida, sanoatning ayrim tarmoqlari va mamlakat ayrim rayonlarining notekis rivojlanishida, kapitalizmning doimiy yo`ldoshi bo`lgan krizislarning va ishlab chiqarish anarxiasining kuchayib ketishida, mustamlakalar va yarim mustamlakalardagi xalqlarni ezish kuchayib borayotganligida - mana shularning hammasida namoyon bo`laverdi.XIX asrning oxirida Ispaniya - Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi.AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi - Filippin orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi bo`ldi.AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab kelmoqda edi. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar.Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari "AQSH hududining bir qismi" tariqasida anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi.Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima berdi.Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Mak-Kinli 6-sentyabrda Bufaloga borib panomerika vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga, ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga hukmron bo`lishini ham orzu qilardi. Davlat apparatining hamma bug’inlarida avj olib ketgan korrupsiya, poraxo`rlik va buzilish hamda monopoliyalarning zulmi mayda va o`rta burjuaziya saflarida norozilikni vujudga keltirdi. "Axlat tozaluvchilar" deb nom berilgan bir guruh yozuvchilar va publitsistlar mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida avj olib ketgan korruptsiyani fosh qilib tashladi. Chunonchi, Ida Tarbell bir qancha maqolalar e`lon qilib, "standart oyl" trestining o`z raqiblarini yo`qotish, mamlakatning tabiiy boyliklarini bosib olish va sud organlarini sotib olish uchun qo`llanayotgan korrupsiya metodlarini fosh qilib tashladi. Progressiv siyosiy arboblarining bir guruhi burjua islohotlari o`tkazishi uchun agitatsiya olib bordi. Bu guruh markazdagi va joylardagi hukumat apparatini demokratlashtirishni, senatorlarni to`ppa-to`g’ri saylashni, xotinlar va bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishni cheklaydigan qonunlar qabul qilishni, temir yo`llarni, banklarni va moliyani davlat qo`liga o`tkazishni talab qildilar.Teodor Ruzvelt o`zining ichki siyosatida mana shularning hammasini hisobga olmasligi mumkin emas edi. Monopoliyalarning zulmi natijasida vujudga kelayotgan qiyinchiliklardan ommaning e`tiborini chalg’itishga urinayotgan Ruzvelt trestlarning "yomon jihatlarini" cheklaydigan tadbirlar o`tkazishni taklif qildi. Trestlarga qarshi juda ko`p sud yig’ilishlari o`tkazildi. Trestlarning ba`zi rahbarlari sud javobgarligiga tortildi. Biroq, ana shunday har qancha "kurash" olib borilgan bo`lsa ham, natijada trestlar oz-moz shtraf to`lash bilan qutilib qolaverdilar. Trestlarning o`sishi davom etdi va ular mustahkamlanaverdi.1904-yil oxirida T.Ruzvelt yana prezidentlikka saylandi. T.Ruzvelt o`zining bu saylanishini o`zi o`tkazayotgan siyosatning ma`qullanishi va bu siyosatni davom ettirishga rag’batlantirish deb bildi. Moliya oligarxiyasi uning faoliyatini haqiqatdan ma`qullamoqda edi.Po`lat trestining boshlig’i Morgan Ruzvelt foydasiga o`tkazilgan saylov kompaniyasiga 150 ming dollar sarfladi.
Kuba "bir qator tuzatishlarni" qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi. Buning evaziga 250 ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. 1912- yildagi prezident saylovlari sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o`tdi. Monopolistik kapital zulmidan norozilik kuchayib ketdi. Respublikachilar partiyasida ham, demokratik partiyada ham o`zini "progressiv" deb atagan oppozitsiya paydo bo`ldi. Ishchilar sinfining iqtisodiy va siyosiy kurashi g’oyat keskinlashdi.Sinfiy kurash keskinlashgan mana shunday sharoitda burjua arboblarining bir qismi demokratik islohotlar o`tkazishni va`da qilib, mehnatkashlar ommasini mustaqil siyosiy harakatlar yo`liga tushishdan qaytarishga qaror qildi. Burjua arboblarining bu qismi hatto respublikachilar partiyasi safini buzishdan ham qaytmay, bu partiyaning so`l elementlaridan "progressiv partiya" tashkil qildi. Ruzvelt islohotlarning keng dasturini ko`tarib chiqdi. U demagoglik qilib o`zini "yirtqich boyga qarshi kurashuvchi" kishi deb atadiUlar kasaba soyuz tashkil etish huquqini tan olishni 8 soatlik ish kuni joriy etishni, ish xaqini 10% oshirishni, ish soatidan ortiq ishlangan ishga haq to`lashni va shu kabilarni talab qilib ish tashlash e`lon qildilar.O`zlarining uy-joylarini tashlab, lager qurib yashashga majbur bo`lgan 19 ming konchiga va ularning oilalariga qarshi kurashmoq uchun qo`shinlar shtat politsiyalari hamda miltiqlar va pulemyotlar bilan qurollangan gangstyerlar va ig’vogarlarning maxsus shaykalari yuborildi. Ular ish tashlovchilarning lagyerlarini o`qqa tutaverdilar, o`t qo`yib yondiraverdilar. Natijada ishchilardan ko`p kishi tutundan bo`g’ilib o`ldi va tiriklayin yonib ketdi. Terror, ochlik kuchayganligi va o`nlab kishilar o`ldirilganligiga qaramay, konchilar bir yarim yil qahramonlarcha kurashdilar. Aholining progressiv tabaqalari orasida g’azablanish kuchayib ketdi va xalqning tazyig’i ostida prezident Vilson bu mojaroga aralashishga majbur bo`ldi. Lekin uning xo`jayinlar foydasini ko`zlab qilgan takliflari ish tashlovchilarni qanoatlantirmadi, ular to`la g’alaba qozonguncha kurashishga qaror qildilar. Kurashaverib tinkasi qurigan ishchilar, kompaniya zo`rlab taklif qilgan shartlarga rozi bo`lib ishga qaytishga majbur bo`ldilar.Vilson o`tkazgan chora va tadbirlarning hammasi jumladan islohotlar o`tkazilganligi va ishchilar sinfining harakati zo`rlik bilan bo stirilganligi AQSH moliya oligarxiyasining iqtisodiy va siyosiy quvvatini yanada kuchaytirishga yordam berdi.



Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling