Universiteti tarix fakulteti aqshda fuqorolar ishi va janubni rekonstruksiyalash


Download 72.67 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1480145
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishing hajmi; Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa,
foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy
30 betni tashkil etadi.

I BOB AQSH XVIII ASR OXIRI –XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA.


1.1 Mavzuning manbashunosligi.
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishiga ko‘plab erlarning mavjudligi, tabiy boyliklarning etarligi, Evropadan ommaviy immigratsiya va chet el sarmoyalarning oqib kelishi katta ta’sir ko‘rsatdi.
Mustaqillik uchun urushdan so‘ng AQSH-ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha borardi. Mamlakatning shimoliy-sharqiy qismida sanoat to‘ntarilishi bo‘lib o‘tardi. O‘zlashtiriladigan g‘arb erlarida fermerlik xo‘jaligi keng tarqalardi. Shu davrning o‘zida janubiy shtatlarda plantatsion ko‘ldorchilik xo‘jaligi mustahkamlanardi.
XVIII a. oxiri-XIX a. boshlarida AQSH-da sanoat to‘ntarilishi uchun zaminlar vujudga keldi. Amerikada Evropaning texnika va fan yutuqlaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, AQSH-da sanoat to‘ntarilishi bir tekis bormasdi. Asosan, sanoat to‘ntarilishi shimoliy-sharqiy shtatlarda bo‘lib o‘tardi. Sanoat to‘ntarilishi ip-gazlama va jun-to‘qimachilik sanoatlardan boshlandi. 1790 yilda AQSH da birinchi yigiruv fabrikasi ishga tushdi.
20-40-yillarda keng tarqalgan sanoat inqilobi bir necha o‘n yilliklarga cho‘zilib ketdi. XIX asrning birinchi yarmida iqtisodiyotda xunarmandchilik va manufaktura salmoqli o‘rin egallardi. Lekin sanoat to‘ntarilishi yangi tarmoqlarni o‘ziga tortardi. Mashinasozlik o‘sib borardi.
Ichki bozorning kengayishi kanallarning jadal qurilishiga olib keldi. 1807 yili R.Fultonning paroxodni (bo‘g‘ kemasi) ixtiro qilishi kemasozlikda inqilob yasadi. 1828 -1830 yillarda birinchi temir yo‘li (Baltimor-Ogayo) ko‘rildi. Temir yo‘llarning uzunligi 1848 yilda 10 ming km.edi. Lekin relslarning ko‘p qismi Angliyadan olib kelinardi.
To‘qimachilikda sanoat to‘ntarilishining xususiyati shunda ediki-bu erda ko‘plab daryolarning arzon suv energiyasidan foydalanilardi.
AQSH-da sanoat to‘ntarilishining oxirgi bosqichi XIX asrning 50-yillarida boshlandi.
AQSHning shimoliy-sharqiy qismidagi sanoat to‘ntarilishi bilan birgalikda g‘arbda erlarni o‘zlashtirish davom etardi. Bu erlarda fermerlik xo‘jaligi hukmronlik qilardi. Fermerlar bosimi ostida hukumat sotiladigan er uchastkalari hajmlarini 640 akrdan 80 akrgacha kamaytirdi. Jamoat erlar jamg‘armasiga Allegan tog‘laridan g‘arbda joylashgan erlar kirgan edi. Qo‘chib kelgan muhojirlar ommasi ushbu jamg‘armaga kirmagan erlarni o‘zlashtira boshladilar. 1841 yili o‘zlashtirib bo‘lingan erlarni nominal narxda sotib olish huquqi berilishi g‘arbga ko‘chib o‘tish jarayonini kuchaytirdi. 1790 yili Alleganlardan g‘arbda 222 ming kishi yashagan bo‘lsa, 1850 yilda esa 10 mln. kishi istiqomat qilardi.
Mamlakatning janubiy shtatlarida esa quldorchilik tizimi hukmronlik qilar edi. Sanoat to‘ntarilishi davrida ingliz to‘qimachilik sanoatining (keyinchalik AQSH shimolidagi to‘qimachlik sanoatining rivojlanishi) yuksalishi va paxtaga talabning o‘sishi Janub taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Paxta etishtirish juda daromadli ishga aylandi. 1790 yili 3 ming kipa (bir kipada 1000 funt) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1860 yili esa 38 mln. kipa ishlab chiqarildi. Negr-qo‘llarning soni bu davrda 700 mingdan 4 mln.gacha o‘sdi. Janubdagi ekstensiv quldorchilik xo‘jaligi ko‘proq qullar va plantatsiyalar uchun bo‘sh erlarni talab qilardi. Qo‘ldorchilik tizimi sanoatning va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga to‘sqinlik qilar edi.
XVIII asr oxirlaridan AQSH siyosiy xayotidagi eng muhim taraflaridan biri ikki partiyaning galma-gal hukmronligi bo‘ldi. Partiyalar faoliyati asta-sekinlik bilan mamlakatda ikki partiyalik tizimning mexanizmlarini shakllantirdilar. XVIII oxiri-XIX birinchi yarmida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda ikki partiyalik tizim o‘z rivojlanishida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Birinchi milliy partiyalar-federalistlar va respublikachilar-1790-1810 yillarda xukmronlik qildilar. Keyinchalik bir partiyalik «xayrli totuvlik erasi» keldi. XIX asrning ikkinchi choragida esa «vigilar-demokratlar» ikki partiyalik tizim vujudga. Bu tizim 50-yillarda qo‘lchilik masalasiga urilib quladi.
XVIII asr oxiri-XIX asr boshlari AQSHning xududiy ekspansiyasi davri edi. 1803 yilda Fransiyadan Luizianani sotib olinishi AQSH territoriyasini deyarli ikki barobar o‘sishiga olib keldi. 1810-1813 yillarda qurollangan muhojirlar (asosan fermerlar va plantatorlar) Ispaniyaga tegishli g‘arbiy Floridani bosib oldilar. 1818 yilda esa general E.Djekson hindularni ta’kib qilish bahonasida SHarqiy Floridani bosib oldi. Keyinchalik bu anneksiya sotib olish shaklida rasmiylashtirildi.
20-yillardan quldorlar Texasga bostirib kira boshladlar. O‘zlari bilan negr-qo‘llarni olib kelib, bu erlarda plantatsiyalar tashkil qildilar. 1836 yilda esa bu erda quldorchilik respublikasi e’lon qilindi. Meksika qo‘shinlarining Texasni qaytarishga bo‘lgan urinishlari behuda ketdi. Tez orada Texas AQSH tomonidan anneksiya qilindi.
1846 yili AQSH Meksikaga urush e’lon qildi. AQSH- ning iqtisodiy va harbiy ustunligi ko‘zga tashlanib turardi. Amerikaliklar meksikaliklarni tor-mor etib poytaxt Mexikoni egallashdi. Tinchlik shartnomasiga ko‘ra Meksika AQSH-ga Yangi Meksikani, Shimoliy Kaliforniyani berishga, Texasning ajralganini tan olishga majbur bo‘ldi va shu tariqa o‘z xududlarining yarmisini yo‘qotdi.
Ekspansiya shimoliy-g‘arbga ham yo‘naltirildi: 1846 yilda Angliya AQSHning Oregon xududlariga da’volarini tan oldi. 1776 yildan XIX asrning o‘rtalariga kelib AQSH territoriyasi 8-karra o‘sdi. Bosib olingan erlarni o‘zlashtirish maxalliy hindularni ommaviy surib chiqarish va qirish bilan olib borildi.
Markaziy va Janubiy Amerikada o‘z ta’sirini o‘tkazish maqsadida prezident Monro mahsus doktrinani 1823 yilda e’lon qildi. Monro doktrinasidagi asosiy shior «Amerika amerikaliklar uchun» tez orada «Amerika shimoliy amerikaliklar uchun» mazmunini kasb etdi.
1850 yilda AQSH va Angliya Markaziy Amerika xududlaridan o‘tadigan bo‘lajak kanalni nazorat qilish to‘g‘risida kelishuvga kelishdi. Shu davrning o‘zida AQSH Ispaniyaga tegishli Kubani sotib olish yoki bosib olishga intildi. Uzoq Sharqda esa AQSH Xitoy va Yaponiyani tengsiz shartnomalarni imzolashga majbur qildi.
30-yillardan boshlab AQSH-da ommaviy umummilliy abolitsionizm harakati (abolition-ma’n qilish, yo‘q qilish) keng tarqaldi. Abolitsionizm -qo‘lchilikni yo‘q qilishga qaratilgan harakat edi. Bu harakatda aholining turli qatlamlari ishtirok etdilar.
Qulchilikga qarshi demokratik harakatda negrlarning kurashi katta o‘rin tutardi. Qullarning eng yirik qo‘zg‘olonlaridan biri 1831 yili Nat Terner boshchiligida Virginiyada bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olonchilar plantatorlarni o‘ldirdilar. Qo‘zg‘olon bostirildi, uning ishtiroqchilardan ko‘plari qatl etildi.
Qullar kurashining eng tarqalgan usuli qochish edi. Janubiy shtatlardan qochgan qullarga yordam berish tizimi «er osti temir yo‘li» deb nom oldi 1830-1860 yillarda «er osti yo‘lidan» 60 ming qullar qochdilar.
Abolitsionistik harakatning umummilliy miqyosda rivojlanishiga 1833 yilda «Qulchilikka qarshi kurashish Amerika jamiyati» asos soldi. Jamiyatning rahbari «Libereytor» jurnalining muharriri Uilyam Garrison (1830-1865) edi. Lekin, Garrison qo‘lchilikga qarshi kurashning jadal siyosiy usullaridan foydalanmasdi. Asosiy usul sifatida tushuntirish va targ‘ibot edi.
1840 yili «Qulchilikka qarshi kurashish Amerika jamiyati»da ixtilof paydo bo‘ldi. Faol siyosiy harakatlar tarafdorlariga siyosiy arbob va publitsist Frederik Duglas boshchilik qildi. Garrisonning «Quldorlar bilan hech qanday ittifoq» shioriga qarshi Duglas «Qulchilik bilan hech qanday ittifoq» degan shiorini ilgari surdi.

Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. Urushga boshqa davlatlardan keyin qo‘shilgan, harbiy harakatlardan uzoqda joylashgan AQSH ancha kam qo‘shin yo‘qotdi, ammo urushda ishtirok etish Amerika biznesi uchun juda katta foyda keltirdi.


Urushdan oldin Yevropadan qarzdor bo‘lgan AQSH endi uning kreditoriga aylandi. Urushdan keyin AQSH qashshoqlashgan va vayron bo‘lgan Yevropadan olimlar va ilmiy kashfiyot larni yig‘ib oldi, yangi ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy qildi, yangi texnika va texnologiyalarning ajoyib muvaffaqiyatini namoyish etdi.
1924 – 1929-yillari jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi. AQSHda iqtisdning eng yangi sohalari:
elektrotexnika, kimyo, aviatsiya, neft sanoa ti, avtomobilsozlik, kino sanoati, radio texnika jadal rivojlandi. Kir yuvish mashinalari, sovitkichlar, fotoapparatlar, patefon va radiopriyomniklar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. 1920-yillar oxiriga kelib
har ikki amerikalikning bittasida radiopriyomnik bor edi. Shu yillari yo‘lovchi aviatsiyasi davri boshlandi.
Shunday sharoitda 1928-yili kongresga bo‘lib o‘tgan saylovlarda yana respulikachilar g‘alaba qozondi. Ular partiyasidan prezidentlikka nomzod Gerbert Guver 1929-yil yanvarda AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
Ammo Amerikacha gullab-yashnash va ilg‘or kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining bo‘sh tomoni ham bo‘lib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda
namoyon bo‘ladi. 1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga sho‘ng‘idi. Bu inqiroz
kapitalistik xo‘jalik shaklining XIX asr oxiri –XX asr boshlari uchun xos bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini yakunladi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon bo‘ldi. Xo‘jalikning an’anaviy tipi o‘z imkoniyatlarini
yakunladi. 1929 – 1932-yillari sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 % ga qisqardi, 13mln.ga yaqin kishi o‘z ish joylaridan mahrum bo‘ldi. AQSH prezidenti Gerbert Guver Amerikacha individualizm va liberalizm tamoyillarini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‘rishga rozi bo‘lmadi. 1932-yil noyabrdagi saylovlarda Guverga qarshi demokratik partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo‘yildi. O‘ta shuhratparast bo‘lgan bu shaxs o‘z umrini siyosiy faoliyatga bag‘ish ladi. U AQSH prezidentligiga qatorasiga to‘rt marta (1932, 1936, 1940, 1944) saylangan yagona shaxs. Shuning o‘zi ham uning AQSH tarixidagi g‘oyat katta rolidan dalolat beradi.
Franklin Ruzvelt umumiy muhit talabidan kelib chiqib, nutqlaridan birida: «Men Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilaman», – dedi. «Yangi kurs» degan bu jozibador so‘z ommaviy shior va siyosatning nomiga aylandi. «Yangi kurs» Amerika
kapitalizmining xarakterini o‘zgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi.Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi. Ayni paytda ular boshqa bir,ko‘proq tashqi siyosat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.
Tashqi siyosat. 1920-1930-yillari AQSHning tashqi siyosatida juda muhim unchalik ko’p bo’lmadi.Ammo inqiroz tashqi siyosatga ta’sir ko‘rsatdi. 1933-yili Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi,shu yillari neytralitet haqida hamda
urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiqlash
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bu paytda Ispaniyada fuqarolar urushi ketayotgan edi va AQSH neytralitetga qat’iy rioya qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha izolatsionizm AQSH hukumatining ustuvor siyosati bo‘lib qoldi. Faqat 1941-yil 7-dekabr kuni Yaponiya floti Pyorl-Xarborga – AQSH flotining Tinch okeanidagiasosiy bazasiga hujum qilgandan so‘nggina AQSH Ikkinchi jahon kutilmaganda urushiga kirib qo‘shildi.
Keyinchalik Franklin Ruzvelt neytralitet haqidagi qonun va izolatsionizm siyosati xato bo‘lganligini tan olgan edi.
Ommaviy madaniyat sanoati 40-yillarning o'rtalarida, Ikkinchi Jahon Urushidan keyin tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi va tobora kuchayib bordi. Filmlar, adabiy asarlar, yangi sanoat mahsulotlari, masalan, televidenie, video yozish ishlab chiqarish oqimi asosida amalga oshirildi. Va aynan AQShda bu hodisa eng keng tarqalgan edi.
Xususiyatlar sifatida tarixiy rivojlanish Amerika Qo'shma Shtatlari va uning G'arb dunyosidagi hukmron mavqei ommaviy madaniyat haqida gapirganda, ular birinchi navbatda AQShning ma'naviy hayotini belgilaydigan va kapitalistik Evropaga eksport qilinadigan Amerika ommaviy madaniyatini nazarda tutdi. 90 -yillarning biennali va sobiq sotsialistik mamlakatlarga, shuningdek rivojlanayotgan davlatlarga. Oxirgi holat Qo'shma Shtatlarning dunyoda nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki mafkuraviy, ma'naviy hukmronlikka intilishidan dalolat beradi. Amerikada ommaviy madaniyatning rivojlanishida, "krujkada eritish" siyosatining o'ziga xosligi asosan namoyon bo'ldi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng, Amerika ommaviy madaniyatining sanoati mamlakat ichida yanada rivojlanib, o'z mahsulotlari bilan G'arbiy Evropani bosib oldi. Amerika Qo'shma Shtatlari urush paytida dushmanlik maydoniga aylanmagan, mamlakat vayron qilinmagan va amerikaliklar na ishg'olga, na ocharchilikka, na Evropa va Osiyo xalqlari boshiga tushgan qiyinchiliklarga dosh berishlari shart emas edi. Qo'shma Shtatlar urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish va oldingi tinch hayot tarzining qiyinchiliklariga duch kelmadi. Aksincha, AQSh sanoatni rivojlantirdi, mamlakat boyib ketdi. Dunyoda hukmron mavqega ega bo'lgan AQSh o'z g'oyasini va turmush tarzini G'arbiy Evropa mamlakatlariga yuklashga harakat qildi. Amerika standartlari asosida qurilgan va Amerika turmush tarzini targ'ib qilgan mashhur madaniyat bu maqsadlarga eng yaxshi xizmat qilishi mumkin. Urush natijasida vayron bo'lgan Evropa mamlakatlari urushdan keyingi yillarda o'z madaniyatini faol rivojlantirish imkoniyatiga ega emas edilar. Fashistik bosqin natijasida Evropa madaniyati o'z madaniyatini rivojlantirish uchun texnik va moliyaviy bazaning yo'qligi tufayli katta zarar ko'rdi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, mamlakatlarning ijodiy ziyolilarining bir qismi G'arbiy Evropa natsistlar tomonidan yo'q qilingan yoki AQShga hijrat qilingan. Shunday qilib, evropaliklar urushning dahshatli dahshatlaridan so'ng, ommaviy iste'molchini qiyin haqiqatdan farovonlik dunyosiga olib kelgan Amerika ommaviy madaniyatining mahsulotlari bilan qoniqish kerak edi ". go’zal hayot", Hamma uchun" teng "imkoniyatlar olamiga, hamma uchun muvaffaqiyat va baxt uchun" teng "imkoniyatlar.
1948 yil yanvarda Qo'shma Shtatlarda Smit-Mundt qonuni deb nomlangan axborot va madaniyat almashish to'g'risidagi qonun imzolandi. Bu qonun Amerika hukumatiga Amerika xalqi va boshqa mamlakatlar xalqlari o'rtasida o'zaro tushunishni rivojlantirish uchun zarur choralarni ko'rishga vakolat berdi. Tabiiyki, amerikaliklar Evropaga jalb qilingan - harbiy xizmatchilar, ishbilarmonlar, maslahatchilar va turli sohalardagi mutaxassislar, shu jumladan targ'ibot va axborot xizmati vakillari, shuningdek sayyohlar. Ular Evropaga chet eldan olib kelingan va "engil" adabiyotlar, gazetalar, videodisklar, ko'ngilochar filmlar, reklama broshyuralari, ommaviy madaniyat mahsulotlari orqali targ'ib qilingan. Keyinchalik bu kampaniyaga 1953 yilda tashkil etilgan AQSh axborot agentligi (USIA) qo'shildi.
Ommaviy madaniyat estetikasining haqiqiy kashshofi Gollivud edi, uning egalari kino ishlab chiqarishning konveyer uslubining iqtisodiy va tashkiliy usullarini, mafkuraviy va reklama-targ'ibot maqsadlarini ishlab chiqdilar va tizimlashtirdilar, iste'dodlarning ijodiy raqobatini har qanday yo'l bilan chetlatdilar va uni tijorat bilan almashtirdilar. musobaqa. Ko'ngilochar janrni maksimal foyda olish va har qanday didga yoqtirish istagiga bo'ysunish, tijorat mahsulotlarining haqiqiy yangilikdan qo'rqishiga va ko'p qirrali hayotning hayot baxsh etuvchi sharbatlari bilan oziqlanmasligiga olib keladi. tasdiqlangan mavzular va syujet tuzilmalari; jinsiy aloqa, sarguzasht va aqlsiz o'yin - bu topilmalar, qoida tariqasida, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi tijorat san'atining deyarli barcha turlarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tabloid adabiyotidan olingan. AQShda "ommaviy madaniyat" dastlab rasmiy madaniyatning stereotiplari va g'oyalarini ilgari surdi, uning asosiy regulyatori reklama edi. "Ommaviy madaniyat" Amerika jamiyati madaniyatining, uning madaniy ongining ajralmas qismiga aylandi, uni o'rganish, masalan, Amerika oliy ta'limi tizimidan oshib ketdi. Qo'shma Shtatlardagi o'quv kurslarining 56% "mashhur" madaniyat turlarini o'rganishga bag'ishlangan (televidenie, kino, reklama, jurnalistika kurslari). Amerikada "ommaviy madaniyat" ikki xil xarakterga ega bo'ldi: amaliy tashvishlar bilan band bo'lmagan amerikalik ongi dam olishda qolmoqda, uning boshqa qismi esa kashfiyot, ishlab chiqarish va ijtimoiy tashkilot bilan band. Amerika irodasi osmono'par binoda, Amerika razvedkasi mustamlaka binolarida mujassamlashgan.

Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling