Universiteti tarix fakulteti ashirqulov jamshid
Buxoro amirligida yer suv mulkchiligi soliq turlari
Download 77.96 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
2.2 Buxoro amirligida yer suv mulkchiligi soliq turlari .
Soliqlar.Buxoro amirligida eng asosiy soliq bu yerdan olinadigan xiroj solig‘i edi. Bu soliq amlokdor va oqsoqollar ishtirokida hosil pishib yetilgan paytda hosilga qarab belgilangan. Hajmi esa hosilning uchdan, to‘rtdan ayrim hollarda beshdan bir qismi ko‘rinishida bo‘lgan. Dehqonlar amlokdor uchun o‘n botmon yerdan yarim pud kafsan solig‘ini, dorug‘alar uchun kafsani dorug‘a(hosilning kam hajmdagi ma’lum qismi) ham to‘laganlar. Undan tashqari amir dalalarni aylanganda, harbiy harajatlar paytida ham qo‘shimcha soliq va to‘lovlar olingan. Qonuniy yer solig‘idan tashqari yer egalari har bir tanob bog‘ yoki tomorqadan maxsus tanob puli va yem-xashak yetishtiradigan yerlardan alaf puli olingan. Ular umumiy nomda tanobona deb ham yuritilgan. Bu soliqlar yerlarning bozor joylashgan joyga uzoq yaqinligiga qarab hajm jithatdan farq qilgan. Amir Nasrullo davrida amirlikning soliq tizimiga biroz o‘zgartirishlar kiritiladi. Ya’ni, poliz ekinlari ekiladigan yerlar uchun qo‘sh puli joriy etilgan. Keyinchalik bu soliq poliz ekinlari ekmaydigan boshqa yerlaridan ham olinadigan bo‘lgan. Amirlikdagi yana muhim soliqlardan biri – zakot edi. Zakot davlatning mol-mulkidan oladigan solig‘i bo‘lib, mol-mulk narxining qirkdan bir hajmida undirilgan. Bu soliqning eng daromadli tomoni mahsulotlarga soliq solish, shuningdek, savdogarlarning mahsulot uchun olib kelgan pullariga soliq solish bo‘lgan. Zakot mahsulotlardan bir necha marta undirib olingan. Chorvachilik tumanlarida zakot mahsulot ko‘rinishida (beshta tuyadan bitta quy yoki echiki, qirqta quydan bitta quy yoki echki kabi) undirilgan. Urushlar davrida favqulodda soliq – jul undirilgan. Undan tashqari savdo-sotiqdan dalloli, boshqa viloyatlar va davlatlardan olib o‘tilayotgan mahsulotlar uchun boj, daryodan mahsulotni qayiqda olib o‘tgani uchun suv puli, bozordagi savdo joyi uchun puli taxtajoy, bir juft omoch tortadigan ot yoki ho‘kiz uchun yaksara (bir botmon g‘alla), omoch tortadigan bitta ot yoki ho‘kiz uchun nimsara (yarim botmon g‘alla) kabi soliqlar olingan. Yangi ariqlar va kanallar qazish eskilarini tozalash uchun mahalliy aholi hasharlarga jalb etilgan. Ommaviy jamoat ishlariga ishtirok etmaganlardan shariatga ko‘ra, boqipuli deb atalauvchi jarima olingan. Soliqlar, to‘lovlar va jarimalar pul va mahsulot ko‘rinishida, mahalliy soliq yig‘uvchilar hamda amir tayinlagan kishilar tomonidan yig‘ib olingan. Amirlikdagi madaniy hayot. XVIII asrning oxirlariga kelib amirlikda iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa,ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy ta’lim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrda ancha yuksaladi. Boshlang‘ich ta’lim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida iavjud bo‘lib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, qur’onning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Shariatga oid dastlabki saboqlar berilgan. Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Madrasalarda o‘qitish igarigi davrlarda bo‘lganidek uch boqichda, 1) past qadam, 2) miyona (o‘rta) qadam va 3) peshqadamda amalga oshirilib, yetti yil davom etgan. Madrasa o‘qituvchilari-mudarrislar va boshqa xizmatchilar maoshlari, talabalar nafaqalari, kutubxona xarajatlari, ta’mirlash ishlari va boshqalarga ketadigan mablag‘lar vaqf yerlaridan keladigan foyda hisobidan qoplangan. Madrasalar odatda hukmdorlar, amaldorlar, nufuzli shaxslar, yirik din peshvolari va savdogarlar tomonidan ko‘p hollarda pishiq g‘ishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ularning birinchi qavatida machit,qiroatxona va kutubonalar, ikkinchi qavatida esa talabalar yashaydigan hujralar joylagan. Madrasa talabalari diniy bilim bo‘lgan Qur’oni Karim, fiqh, shariat asoslari, diniy-axloqiy adabiyotlar bilan birga til, adabiyot tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, xandasa(matematika) kabi dunyoviy va aniq fanlardan ham ta’lim olganlar. Shunga qaramasdan, bu davrda madrasalarda diniy-axloqiy ta’limga asosiy e’tibor qaratilib, dunyoviy ta’lim berish nisbatan orqada qolgan edi. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan me’morchilik yodgorliklari hamda yozma manbalar amirlikda adabiyot, tarix, xattotlik va musiqa san’ati, me’morchilik rivojlanganligidan dalolat beradi.Demak, Amir Haydar saroyida munshi (amir kotibi) lavozimida xizmat qilgan Mirzo Sodiq Munshiy XIX asr boshlaridagi adabiy muhitning ko‘zga ko‘rigan namoyondalaridan biri edi. Undan meros qolgan she’riy Devon – “Devoni Sodiq Munshiy” hamda she’riy usulda bitilgan tarixiy asari uning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi.Bu davrda amirlikning turli shaharlarida yashab ijod ilgan ko‘plab shoirlar (shoir Hoziq, shoir Mujrim va bosh.) ijodida xalqparvarlik, jabr-zulmga qarshi isyonkorlik kayfiyati kuchli bo‘lib, ular ko‘p hollarda hukmdorlar va amaldorlar tomonidan quvg‘inga olingan. XIX asr adabaiyotida Shavqiy taxallusi bilan she’rlar yozgan kattaqo‘rg‘onlik Muhammad Sharif, “Chor darvish”, “Mafiloro”, “To‘tinoma” kabi asarlar muallifi Mulla Qurbon Xiromiy va boshqalar katta rol o‘ynaganlar. Shuningdek, bu davrda Ahmad Donish, Ochili Murod Miriy Katta Qo‘rg‘oniylar ham adabiyotga xos bo‘lgan asarlar yaratganlar. Bu davrda yaratilgan tarixiy asarlarning ko‘pchiligi hukmron mang‘itlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda o‘rta asrlar tarixnavisligidagi an’analar davom ettirilgani kuzatiladi. Amirlikda yashab o‘tgan ilm-fan namoyondalarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ularning aksariyati tarixiy asarlar ham yaratganlar. Xususan, Mullo Ibodullaning “Tarixi amir Haydar”, Muhammad Sharifning “Dostoni amironi mang‘it”, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomai sultoniy”, Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Dahmai shohon”, Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining “Toju tavorih”, Ahmad Donishning “Mang‘itlar xonadoni hukumdorlari tarixidan qisqacha risola”, Mirzo Sodiq Munshiyning “Mang‘it hukmdorlari tarixi” kabilar shular jumlasidandir. Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim o‘rin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik matablari mavjud edi. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir hattotlar davlat va xo‘jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko‘chirishda me’moriy inshootlarga turli yozuvlar (Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo‘lganlar. Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Katta qo‘rg‘on, Dehnov kabi ko‘plab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod me’moriy(masjid,madrasa va sardoba) majmuasi,Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda ko‘plab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yo‘llar bo‘ylarida sardobalar bunyod etilgan. O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi davlatining ham o‘z o‘rni va mavqeyi bo‘lib, mang‘itlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda qator yuksalishlar bo‘lib o‘tdi. Ammo, mamlakat iqtisodiy jihatdan qudratli va siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Ko‘p hollardagi iqtisodiy tanglik, siyosiy beqarorlik, o‘zaro nizolar XIX asrning ikkinchi yarmida davlatning katta hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘ldi. Buxoro amirlari 1920 yilga qadar Rossiyaga vassal holatda taxtni egallab turdilar. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoq lozimki, Buxoro amirligi O‘rta Osiyo xonliklari, Xitoy, jumladan Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘rnatgan. Buxoro amirligi ayniqsa, Xitoy, jumladan, Koshg‘ar bilan yaqin savdo munosabatlariga kirishgan. Buxoro Koshg‘ar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilishdan tashqari Xitoyning O‘rta Osiyo xonliklari, Hindiston, Eron va Rossiya bilan savdo aloqalarida vositachi rolini ham bajargan. Buxoro karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshg‘ar, Quqon xonligi va Xiva xonligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar to‘plangan. Mazkur savdo aloqalarida Buxoroning tashki savdo aloqalarida, uning ko‘shnilari Marv va Hirot aholisi alohida rol o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini olib kelganligini alohida ta’kidlanishi lozimXVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi haqida ko‘p ma’lumotlar to‘plana boshlagan. Rus soldati F.Yefremov "Devyatiletneye stranstvovaniye" nomli kitobida o‘zining to‘qqiz yil sayohat qilib, Buxoro, Eron, Xorazm, Farg‘ona, Qarshi, Tibet va Hindistonda bo‘lib, Afrika janubini aylanib Angliyaga va undan Rossiyaga borganligi haqida yozadi. Yefremov Buxoro xonligida paxta yetishtirish masalasi bilan qiziqadi. U xonlik xo‘jaligining qorako‘l terisi eksporti bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘ychilik sohasini kengroq yoritishga ahamiyat bergan. “Ma’lumki,- deb yozadi Yefremov, Buxoro qorako‘l terisi eksporti orqasidan shuhrat topgan va xon xazinasiga katta daromad keltirgan” [10:30-32-b]. Muallif Buxoroni Osiyoning yirik savdo markazi ekanligini ta’kidlaydi. U buxoroliklarning mamlakat ichki savdosida faol qatnashishini, u yerda ko‘plab savdo rastalari va karvon-saroylari mavjudligini eslatib o‘tadi. Yefremovning tassurotlari Buxoro xonligi tashqi savdosining taraqqiyot darajasini belgilashga yordam beradi. Ma’lumotlarga boy va shu bilan birga Buxoroning kelajagi haqidagi Yefremovning asari XVIII asrdagi Yevropa fani uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bizni qiziqtirgan masala bo‘yicha muhim ma’lumotlar rus sayyohi va ofitseri T.S.Burnashev asarida uchraydi. U Rus hukumatining topshirig‘iga ko‘ra, 1794 yili Buxoroda bo‘lgan edi [11:118-b]. U Buxoroda bo‘lgan vaqtida u yerga savdo qilish uchun Afg‘oniston, Eron, Hindiston va boshqa yurtlardan kelgan turli millat vakillarini ko‘rgan. Burnashev Buxoroda joylashgan bozorlar to‘g‘risida yozib qoldirgan. Agarda Yefremovning sayohati davrida Buxoroda 4 ta g‘isht karvon-saroy bo‘lgan bo‘lsa, Burnashev davrida ularning soni 9 ta bo‘lgan. Karvon-saroylar sonining ortib borishiga e’tiborni qaratsak, Buxoroning tashqi iqtisodiy aloqalarining o‘sib borganligi to‘g‘risidagi taasurotga ega bo‘lamiz. Burnashevning ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro Hindiston va Erondan tillo, kumush va hind malmali olgan. Buxoro Eronga qorako‘l terisi va boshqa tovarlar eksport qilgan. Burnashev Buxoroga keltiriladigan chet el tovarlaridan qirqdan bir miqdorida boj solig‘i olinishini eslatib o‘tadi. Rus savdogarlari esa o‘z mablag‘idan yigirmadan bir miqdorida soliq to‘lagan . XIX asrda Buxoro davlatchiligi tarixi mag‘itlarining navbatdagi hukmdori Amir Haydar (1800-1825) podshohligi bilan boshlandi. U o‘z sulolasidan bo‘lgan boshqa tojdorlarga nisbatan ko‘p jihatlari bilan o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida sezilarli iz qoldirgan, mang‘itlar hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga erishgan. Bu hol, ayniqsa, uning tashqi siyosatida o‘z davridagi g‘oyat murakkab xalqaro munosabatlarni to‘g‘ri ilg‘ab ola bilishida yorqin namoyon bo‘ldi. Amir Haydar hukmronligining dastlabki o‘n yili ichida Buxoro davlati olib borgan tashqi siyosiy diplomatik munosabatlarning ayrim qirralari haqida haqqoniy va yangi ma’lumotlar beruvchi safarnomalar bugungi kunda davlatchilik tarixi masalalarini yanada chuqurroq tadqiq etishga imkon tug‘diradi. 1805 yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining boshlig‘i knyaz Adam Charteriyskiy ko‘rsatmasiga binoan maxsus karvonda savdogar qiyofasida Orenburgdan Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla Abdulov (bundan oldin ham bir necha maxfiy topshiriq bilan bu yerga kelib ketgan) yuboriladi. U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan va Buxoroga qochib kelgan rus fuqarolari teptyar-totorlarni Rossiyaga topshirish haqida muzokaralar yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish va undan Rossiyaning O‘rta Sharqdagi mustamlakachilik siyosatida foydalanish bo‘lgan. Ayni vaqtda unga “buxoroliklarning Xiva va Eron bilan bo‘lgan munosabatlarining darajasi haqida xufya ma’lumotlar yig‘ish, bu ishlarga boshqa Yevropalik davlat vakillari aralashayotani yo‘qmi, degan masalani ham aniqlash” yuklatilgan edi. 1809 yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda yana bir konfident [12:64-b] poruchik Adilnosir Subhonqulov yuboriladi. Savdo karvoni bilan kelgan bu “vakil” ham Buxoroning ichki va tashqi ahvoli haqida, uning harbiy quvvati to‘g‘risida batafsil materiallar to‘playdi va bu ma’lumotlar tartibga solinib, Orenburg gubernatori tomonidan Peturburgga jo‘natiladi. 1812 yilda Ost-Indiya kompaniyasi Peshovardan Afg‘oniston orqali Buxoroga o‘z vakili Hofiz Muhammad Fozilxon ismli kimsan elchi sifatida Amir Haydar huzuriga yo‘llaydi. O‘sha yili u Buxoroga kelib uning hukmdori qabulida bo‘ladi va amirga kompaniya rahbariyati hamda Buxoroga Kashmir orqali inglizlar yuborgan asosiy elchi – Mir Izzatulloh nomidan bitilgan nomalarni topshiradi. Hofiz Fozilxon o‘z taassurotalrini fors tilida bitilgan “Buxoro manzillari tarixi” safarnomasida bayon qilgan. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI: Download 77.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling