95
A.Vostokov 1842-yilda
«Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan
qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi.
Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va
janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski
slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni
davrlashtirishga, ya`ni
qadimgi (IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi.
A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashishni ilk
bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy printsipga amal qilgan holda eski slavyan
tilidagi
burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z
turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo`lish vaqti bilan
bog`liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub
tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy
metod asosida tadqiq qilish, ularni
davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir.
Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri,
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining
asoslanishi bo`ldi.