Universiteti "tasdiqlayman"


Aleksandr Xristoforovich Vostokov


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Aleksandr Xristoforovich Vostokov
Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.Vostokov (1781-1864) 
tug`ma soqov bo`lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyantsev muzeyi kutubxonasiga 
boshchilik qilgan.
A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi.
U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi. Olim 
«Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), 
«Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858-
1861) kabi qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib, 
slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy 
metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.
A.Vostokovning 
1820-yilda 
e`lon 
qilgan 
«Slavyan 
tili 
haqida 
mulohazalar» maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan 
filologiyasiga oid masalalarga to`xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan tillari 
oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo`lgan 
munosabatini aniqlaydi, izohlaydi. A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy 
fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi.


95 
A.Vostokov 1842-yilda «Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan 
qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi. 
Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va 
janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski 
slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni 
qadimgi (IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi.
A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashishni ilk 
bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy printsipga amal qilgan holda eski slavyan 
tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z 
turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo`lish vaqti bilan 
bog`liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub 
tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni 
davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir.
Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, 
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining 
asoslanishi bo`ldi.


96 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling