Universiteti "tasdiqlayman"


Foydalanish uchun adabiyotlar


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Foydalanish uchun adabiyotlar: 
1. Yo`ldoshev B. Umumiy tilshunoslik asoslari. - Samarqand, 2005. 
2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - Т., 2016. 
3.Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007. 
4.Маdjidova R., Sultonova Sh., Zokirov M. O’zbekcha-ruscha-inglizcha lingvistik 
atamalar muxtasar lug’ati. – Т., 2016. 


103 
9-MAVZU. 
TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO`NALISHLAR VA 
MAKTABLAR
Reja: 
1.Tilshunoslikda naturalizm yo`nalishi. Avgust Shleyxer ta`limoti 
2.Tilshunoslikda psixologik yo`nalish: Geyman Shteyntal va Aleksand 
Afanasyevich Potebnya ta`limoti 
3.“Yosh grammatikachilar” qarashlari 
 
1.Tilshunoslikda naturalizm yo`nalishi. Avgust Shleyxer ta`limoti 
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida 
(1816-yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa 
qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g`oyalar, kuzatishlar natijasi
“mahsuli” sifatida o`zining alohida o`rganish obyektiga va tekshirish metodiga ega 
bo`ldi.
Qat`iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot 
bosqichiga yetib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, “o`sish” davrini bosib 
o`tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta`limotlar ta`sirida bo`ldi, olimlar tomonidan 
lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama-qarshiligiga, til hodisalari haqida 
yaratilgan juda ko`plab manbalarga “guvoh bo`ldi”, shakllandi.
Tilshunoslik tarixidagi naturalizm va psixologizm yo`nalishlari Avgust 
Shleyxer va Geyman Shteyntal nomlari va ularning ta`limotlari bilan bog`lanib, 
ayni bosqich XIX asrning taxminan 50-60-yillarini o`z ichiga oladi.
Umumiy nazariy tilshunoslikning – til falsafasining asoschisi bo`lgan 
Vilgelm fon Gumboldt tomonidan tilning sistema sifatida talqin qilinishi, tilning 
organizm, organik bir butunlik sifatida berilishi Avgust Shleyxer, Ferdinand de 
Sossyur, Boduen de Kurtene kabi tilshunoslarning ta`limotlariga ta`sir qildi, 
ularning lisoniy g`oyalarida kuzatildi. 
XIX asrning o`rtalarida Yevropa tilshunosligida 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling