Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
To`rtinchi davr (hozirgi davr). Turkiya va Suriya hududlarida qudratli
davlatchilik mavjud bo`lgan. Bu yerda xettlar istiqomat qilishgan. Arxeologik qazishmalar paytida olimlar mixxat belgilar tushirilgan o`n minglab loydan yasalgan lavhalarni topishgan. Matnlarning ko`pchiligi akkad tilida yozilgan bo`lib, bu til Qadimgi Sharqda o`ziga xos “lotin tili” vazifasini o`tagan. Lekin noma`lum tilda yozilgan matnlar ham ko`p edi. Olimlar bu til – xett tili degan xulosaga kelishdi. Xett tili sirlarini esa qiyosiy-tarixiy metod tamoyillarini qo`llagan buyuk chex olimi B.Grozniy ochishga muvaffaq bo`ldi. Xett tili ma`lumotlari hind-Yevropa tillari tarixini chuqurroq va aniqroq o`rganishga va qiyosiy-tarixiy metodni rivojlantirish va mukammallashtirishga yordam beradi. Xett tili sirlarini ochish olimlarga eramizdan oldingi XVIII asrgacha bo`lgan qadimiy davr qa`riga kirib borish imkoniyatini berdi. Chunki xett tilining kelib chiqishi (demak, hind-Yevropa tili ham) shu davr bilan belgilanadi. German Paul tarixiylikning rolini bo`rttirib, “tilshunoslik fani to`lig`icha tarixiydir” va til tizimi haqidagi har qanday tarixiy bo`lmagan ish ilmiy ish emas deb ta`kidlagan. “Yosh grammatikachilar”ning yana bir kamchiligi ularning faqat alohida shakl va kategoriyalarni o`rganishgani va ularda til tizimi degan tushunchaning mavjud bo`lmaganligidadir. 113 Xett tilidagi “vadar” va rus tilidagi “voda” va xett tilidagi “nebis” va rus tilidagi “nebesa” bir xil ma`nolarga ega. Rus tilida va xett tilida 3 sanoq soni “tri” deb talaffuz qilinadi. Xett tili rus, ingliz, yunon, litva va boshqa hind-Yevropa tillari bilan qarindosh bo`lib chiqdi. Bu davrda, shuningdek, sinxron tilshunoslik, glottoxronologiya, strukturalizm va boshqa yo`nalishlar ham taraqqiy eta bordi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling