Universiteti "tasdiqlayman"


Meopaninov, L.V. Sherba, D.N. Ushakov, Ye.D. Polivanov, A.M. Peshkovskiy


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Meopaninov, L.V. Sherba, D.N. Ushakov, Ye.D. Polivanov, A.M. Peshkovskiy, 
I.Yu. Krachkovskiy, L.A. Bulaxovskiy, G.O. Vinokur, R.A. Budagov, V.V. 
Vinogradov, V.M. Jirmunskiy, A.A. Reformatskiy, A.I. Smirnitskiy, G.A. 
Zolotova, A.A. Leontev, O.S. Axmanova, V.M. Solntsev va boshqalardir. 
 
 
 


114 
Moskva maktabi 
XIX asr oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar maydonga keldi. 
Bulardan biri Moskva lingvistik maktabi deb nomlanadi. Unga akademik Filipp 
Fedorovich Fortunatov (1848-1914) rahbarlik qildi. 
F.Fortunatov yosh grammatikachilar maydonga chiqqan davrda yashab ijod 
etganligidan, uning tilga yosh grammatiklarga xos pozitsiyadan turib yondoshishi 
ko`rinsa ham, umuman olganda, o`zining original maktabini yaratdi va ko`p 
jihatdan G`arbdagi kasbdoshlaridan oldinda bordi. Masalan, tilning mohiyatini 
psixologik yo`sinda tushunish, fonetik qonunlar singari qat`iy deb bilish uni yosh 
grammatikachilarga yaqinlashtiradi. 
F.Fortunatov tilni, bir tomondan, ijtimoiy hodisa deb qaraydi va uning 
taraqqiyotini, 
undagi 
o`zgarishlarni 
jamiyatning 
taraqqiyoti 
va 
undagi 
o`zgarishlardan ko`radi.
Ikkinchi tomondan esa, tilning ichki taraqqiyotini har bir shaxsning 
individual faoliyatiga bog`laydi. Shuning uchun u tafakkur bilan nutq orasidagi 
munosabat problemasini ilgari surib, uni assotsiativ psixologiyadagi subyektiv-
idealistik nuqtai nazardan hal qilmoqchi bo`ladi. Yosh grammatikachilar ta`siri 
ostida subyektiv-idealistik pozitsiyada turib, tildagi o`zgarishlarning yuz berishida 
analogiyaning (assotsiatsiyaning) roliga ahamiyat beradi.
F.Fortunatovning tilga bunday ikki tomonlama (o`z mohiyatiga ko`ra 
qarama-qarshi) fikr asosida yondoshishi tilning tashqi va ichki tarixi haqidagi 
ta`limotida o`z aksini topgan. 
Til taraqqiyotining tashqi tarixi, uningcha, til bilan shu 
tilda so`zlashuvchi jamiyat (yoki ijtimoiy ittifoq) orasidagi 
zich aloqaga ko`ra aniqlanadi. Jamiyatdagi o`zgarishlar tildagi 
o`zgarishlarni tug`diradi. Jamiyatning bo`linib ketishi tilning 
ayrim sheva va dialektlarga bo`linib ketishiga sabab bo`ladi. 
Jamiyatning 
mana shu qismlari orasidagi bog`lanish 
yo`qolganida bitta tilning sheva va dialektlari taraqqiy eta 
borib, mustaqil tillarga aylanib ketadi. 
Til bilan jamiyat orasidagi munosabatni chuqurlashtira borib, F.Fortunatov 
mahalliy dialektlar bilan kasb-hunar dialektlarini (boshqacha aytganda, “sotsial 
dialektlarni”) ajratadi. 
So`zning ma`no tomoni haqida gap borganida, u so`zning real va formal 
ma`nosi haqida yozadi. Real ma`no, uningcha, faktning o`ziga, obyektiv borliqqa 
aloqador bo`lsa, formal ma`no tilning o`ziga aloqadordir. 
Grammatikaning bo`limlari mundarijasini aniqlab, F.Fortunatov ungacha rus 
tilshunosligida qo`llanib kelgan etimologiya terminini morfologiya termini bilan 
almashtirdi. 
Uning 
fikricha, 
morfologiya 
bilan 
sintaksisning 
ajratilishi 
leksikologiyaning ayrim so`z haqidagi ta`limot va iboralar haqidagi ta`limotga 
bo`linishiga o`xshaydi: morfologiya ayrim so`zning formalari haqidagi ta`limot 
bo`lsa, sintaksis so`z birikmalari formasi haqidagi ta`limotdir.
F.Fortunatov o`zining forma haqidagi ta`limotida izchil emas. U boshqa bir 
o`rinda so`zlarning negiz ma`nosini o`zgartiradigan formal ko`rsatkichlardagi 
ayirmalar asosida bir biridan farqli bo`lishini so`z formasi deb izohlaydi.


115 
F.Fortunatovning e`lon qilgan asrlari ko`p emas. Uning ilmiy fikrlari 
universitetda o`qigan leksiya kurslarida ifodalangan edi. O`zi hayotligida e`lon 
qilingan asarlari orasida “Hind-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasidan 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling