Universiteti "tasdiqlayman"


Til va nutqning farqli jihatlari


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

2. Til va nutqning farqli jihatlari 
 
Til va nutq o`rtasidagi bog`liqlik, o`zaro aloqadorlik quyidagilardan ham 
ma`lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir 
vaqtning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq 
shu materialdan fikr shakllantirishdir. F.de Sossyur aytganidek, til bizga 
nutq tushunarli bo`lishi uchun zarur bo`lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, 
yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlar tildan 
oldin keladi. 
Har bir nutq faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til 
sestem harakterga ega bo`lsa, nutq ham, tilo elementlari asosida namoyon 
bo`lgandan keyin, sestem harakterga ega bo`ladi. 
Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi. Til va nutq ham 
ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi 
ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir. 
Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya`ni nutqni eshitamiz, akustik qabul 
qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) 
va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va 
predmetning – fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi. 
Nutq – alohida shaxsga, individga bog`liq. Til esa alohida shaxsga, individga 
bog`liq emas. 
1. Tilshunoslik fanining haqiqiy ob’ekti – tildir. Tilni psixologiya, mantiq, 
fiziologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik fani 
asosida o‘rganish kerak. 
2. Til sistem tuzilishga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til belgilari, 
hodisalari o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini belgilaydi va o‘zaro 
mantiqiy, zaruriy aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistemasini hosil qiladi.
3. Til g‘oya, fikr, ma’no tashuvchi belgilar sistemasidir. Til belgisi 2 
tomonga: ifoda tomoni (ifodalovchi) va mazmun tomoni (ifodalanuvchi)ga ega 
shartli, ixtiyoriy, birlikdir. Ular moddiy va ruhiy tomonlar, ya’ni tovush va ma’no 
birligidan iborat bo‘lib, o‘zaro dialektik bog‘liqlikdabitta ijtimoiy vazifani 
bajaradi, fikr almashuvni – kommunikativ jarayonni ta’minlaydi. 
4. Sossyur tilni ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi va ularni bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘yadi. Uning fikricha, ichki lingvistikatilning strukturasini, tashqi 
lingvistika esa tilniu yashaydigan real shart-sharoit - jamiyat taraqqiyoti bilan 
bog‘liq holda o‘rganishi kerakligini ta’kidlaydi. Aynan shu masalalar umumiy 
tilshoslikning o‘rganish ob’ektihisoblanadi.
5. Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning 
fikricha, til sistemasi va strukturasini o‘rganishda ayniqsa sinxron aspektning 
ahamiyati katta, tilshunoslik fanining bosh vazifasi til hodisalarining bugungi 
kundagi holatini o‘rganishdir va bu tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini 
o‘rganishdan avval bo‘lishi kerak. 
6. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi.
 1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa. 
 2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa. 


130 
 3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik. 
 4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa. 
 5) Til - mohiyat, nutq – hodisa. 
7. Sossyur til va nutq birliklariorasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va 
sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir 
paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish 
qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, 
kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra 
olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik 
munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: 
kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. 
Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi 
bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy 
munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.
Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir 
bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning 
qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga 
sababbo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq 
dialektikasi, tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta’limotining 
ahamiyati beqiyos. Sossyur ta’limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik 
lingvistikaning yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural 
lingvistikaning vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi.
Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari: 
1. U tilning sistem xarakterga ega ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi. 
2. U tilda assotsiativ va sintagmatik munosabatlarni ajratib ko‘rsatatdi. 
3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi. 
4. Sossyur nazariyasining eng muhim jihati shundaki, u ilk bor “Til va nutq” 
dixotomiyasini bahs maydoniga tashladi. 
5. U ichki (intralingvistika) va tashqi (ekstralingvistika) tushunchalarini 
farqladi. Uning fikricha ichki lingvistikaning bitta o‘zi tilning ijtimoiy 
mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. 
Ferdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari: 
1. Sossyur lisoniy belgini ikki tomonlama psixik qurilma deb qaradi. 


131 
2. Sossyur tovushlar nutq elementlari, ular til elementlari emas degan g‘oya 
bilan fonologiyani lingvistikadan chiqarib tashlash g‘oyasini ilgari surdi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling