Universiteti "tasdiqlayman"


 Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen 
strukturalizm maktablari 
 
Struktural lingvistika va uning maktablari 
Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab 
golland faylasufi 
X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni 
belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – 
fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni 
tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida 
Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan 
lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika 
maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan 
rivojlantirildi. 
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, 
har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari 
suradi. 
Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari: 
 1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi 
mavjud strukturaning ichki munosabatidir
 2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi 
paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish 
shakllari hisoblanadi. 
 
3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif 
metodlari afzalroqdir. 
 4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi 
o‘rinda turadi.
 
Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: 
1. Praga funksional lingvistika maktabi; 
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi; 
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
Praga funksional lingvistika maktabi 
Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda Chexoslavakiyadagi 
Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim 
sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan 
“Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning 
30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 
1953 yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari 
jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. 
Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vil’yam Matezius (1882-1945), 
Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, 
slavyanist va fonolog Nikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.


132 
Praga struktural maktabining funksional 
lingvistika deb atalishiga sabab u tildagi har bir 
elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb 
hisoblaydi. 
Ushbu 
maktab 
namoyondalari 
tilning 
morfologik 
tuzilishi, 
sintagmalar, 
lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, 
sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari 
surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi 
sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar. 
Xususan, 
o‘zaro 
mantiqiy 
munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual 
qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning 
ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi. Uning 
fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy 
grammatik bo‘linishdagi asosiy elementlar 
grammatik ob’ekt va grammatik predikat bo‘lsa, 
unda dolzarb bo‘linishda so‘zning o‘zak va 
yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual 
bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi 
asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va 
nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling