128
11-MAVZU. FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK
NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM
Reja:
1.Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti
2.Til va nutqning farqli jihatlari
3.Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen
strukturalizm maktablari
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti
XX
asrdan
boshlab
tilshunoslik fanining predmetini
aniqlashda yangi davr boshlandi.
Ferdinand De Sossyur (1857–1913)
–
Jenevada
tug‘ilgan,
shveysariyalik
fransuz.
Jeneva,
Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. 1878
yilda yigirma yasharlik F. De
Sossyur “Hind-Yevropa tillaridagi
dastlabki
unli
tovushlarning
sistemasining tadqiqi”
nomli ishi
e’lon qilindi.1881 yilda Leypsigda
doktorlik dis-yasini himoya qildi.
1906 yildan Jenevada umumiy
tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi va tadqiqotlari asosida ma’ruzalar o‘qidi.
F. de Sossyurning fanda mashhur bo‘lgan eng yirik asari “Umumiy
tilshunoslik kursi” deb ataladi. Ushbu asarni Sossyur vafotidan keyin 1916
yilda
uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop
ettirishgan bo‘lib, 1931 yilda nemis tilida, 1933 yilda rus tilida nashr ettirildi.
Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda
keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til
material emas, balki
formadir” degan fikri Praga,
Kopengagen, Amerika struktural maktablarining
shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p
qirrali hodisa bo‘lib, falsafa,
psixologiya,
fiziologiya, antropologiya,
matematika
va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida
alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi,
nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi
kerak, deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi
antinomiya metodidan foydalanib,
til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va
tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi.