Universiteti "tasdiqlayman"


 Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat 
XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasi
maydonga keldi. Til mohiyatining ikki tomonlama ekanligi, tildagi shakliy va 
mazmuniy tomonlarning har biri o‘z ichki tuzilishiga ega ekanligi, har qaysisi o‘z 
uzvlaridan tashkil topgan ichki sistema ekanligi, ular o‘rtasidagi munosabat tilni 
harakatga keltirishi haqidagi qarashlarning barcha tomonidan e’tirof etilishi 
nafaqat «lingvistik sath» tushunchasining paydo bo‘lishiga, balki uning juda keng 
ma’noda qo‘llana boshlashiga olib keldi.
Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga 
ajratishning asosiy belgisi lingvistik birliklarning iyerarxik – pog‘onaviylik 
xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil 
birliklar munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin.
Bir sath birliklari boshqa sathdagi (o‘zidan katta yoki kichik) bo‘lgan 
birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath birligi yuqori 
sath birligidan tashkil topadi, ya’ni u yuqori sath birligi tarkibiga kirish 
xususiyatiga ega. Odatda, til sathlari o‘rtasida quyidan yuqoriga bo‘lgan 
munosabat e’tirof etiladi va shundan kelib chiqib, tilga yagona iyerarxik 
shakllangan sistema deb, tilning ichki tuzilishiga nisbatan bunday yondashuv esa 
kompozitsion konsepsiya deb qaraladi. Hodisalar pog‘onaviy munosabatida 
gomogen va geterogen munosabatlar farqlanadi. Gomogen munosabatda 


140 
birliklarning bittasi boshqalari uchun namuna, etalon deb qabul qilinadi. Masalan, 
qiyoslanayotgan 2 tovushdan mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe 
pozitsiyadagisi uning varianti hisoblanadi. Til iyerarxiyasi esa geterogen, ya’ni 
ko‘p tarmoqli tizimdir.
Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo`lak munosabatlarida ham ko’rish 
mumkin.Ushbu pog`onaviy munosabat tufayli ma`lum turlarga nisbatan jins, 
bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo`lak 
yoki tur bo`lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, 
rozmarin, semerinka va h.z.) ga nisbatan jins, ushbu navlar o`z navbatida tur bo`lib 
kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o`simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham 
o`simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, 
dekorativ daraxtlar turlariga bo`linadi. Ushbu turlarning har biri o`z ichida har xil 
turlarga bo`linishi ham barchaga ma`lum.
Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha qatlamlardan 
iborat ekanligi haqidagi qarash o‘zining uzoq tarixiga ega. Sistemaviy-struktur 
tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi til ichki tuzilishining o‘ziga xos 
xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga qarab bosqichma-
bosqich rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan yuqoriroq bosqich 
birligida o‘z funksiyasini ko‘rsatishini ilmiy asoslab berdi. Xususan, til 
tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va grammatik 
qismlarga bo‘linishi va tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta bo‘limga 
ajratilishi ushbu qatlamlarni bir butunlikda tushunishning yorqin namunasidir.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling