Universiteti "tasdiqlayman"


Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
4.Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik 
munosabatlari 
Izomorfizm (lotincha izoma, – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari 
birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni bildiradi. Ushbu atama ilk 
bor Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning fikricha, tovush komplekslari 
(masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap) funksional, vazifaviy 
munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Aynan shu holat, 
ya’ni ular o‘rtasidagi o‘xshashlik izomorfizm deb nomlanadi.


143 
Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morfemik, leksik, grammatik sath 
birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash 
nuqtalarining mavjudligi, ya’ni izomorflik e’tiborga olinmagan holda o‘rganildi.
Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq 
metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e’tibor 
qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Izomorfizm tilning turli xil sathlararo 
munosabatlarda kuzatiladi. Jumladan, bo‘g‘in va gap o‘rtasidagi izomorfizm 
quyidagilarda ko‘rinadi: 
 
bo‘g‘in asosida unli tursa, gap asosida fe’l turadi; 
 
bo‘g‘inning markaziy birligi unli bo‘lib, u undoshlar bilan kengayishi 
mumkin, gapning markaziy birligi fe’l kesim ham unga tobe so‘zlar bilan 
kengayishi mumkin bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lakdir; 
 
bo‘g‘in ayrim holatlarda unlisiz hosil bo‘lishi mumkin, fe’l 
qatnashmagan gaplar ham mavjud va ular chegara holatlar sanaladi.
Sathlararo izomorfizmni aniqlash yuqori sath birliklarini o‘rganishda quyi 
sathlarda qo‘llanilgan tekshirish metodlarini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu 
quyi bosqichda qo‘llanilgan sodda metodlar yordamida murakkab birliklarni ham 
o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, hozirgi kunda bir-biri bilan aralashtirib 
yuborilayotgan transformatsiya va derivatsiya hodisalarini tekshirishda morfologik 
o‘zgarish bilan sintaktik o‘zgarish o‘rtasidagi hamda leksik yasalish bilan sintaktik 
yasalish o‘rtasidagi izomorflikka tayanish lingvistik birliklar o‘zgarishi 
(transformatsiyasi) va yasalishi (derivatsiyasi) o‘rtasidagi o‘xshash va farqli 
belgilarni yoritishda muhim ahamiyatga ega.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling