Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU. FONETIKA VA FONOLOGIYA Reja: 1. Fonetik sath. Fonetika va fonologiya masalalari 2.
- 1. Fonetik sath. Fonetika va fonologiya masalalari Fonetik-fonologik sath.
- nazariy fonetika, amaliy fonetika
GLOSSARY Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi Atamaning rus tilida nomlanishi Atamaning izohi strukturalizm structuralism структурализм til tuzilishini o‘rganuvchi oqim sistema system система qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lgan murakkab butunlik bo‘lib, bir- birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik 144 munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli hodisa. struktura structure структура xususiylik bo‘lib, til qismlari, bo‘laklari o‘rtasidagi ichki munosabatdan tashkil topadi. iyerarxiya hierarchy иерархия bir sath birliklari boshqa sathdagi o‘zidan katta yoki kichik)bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘lishidir semiotika семиотика semiotics belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi lingvosemiotika lingvosemiotica лингвосемиотика tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadigan fan. paradigmatika paradigmatic парадигматика til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashishi. sintagmatika syntagmatic синтагматика til birliklarining o‘zaro semantik- sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi. 145 izomorfizm isomorphism изоморфизм (lotincha izoma – o‘xshash, morfo- shakl) tilning turli sathlari birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik. Adabiyotlar: 1.Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007. 2.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010. 3.Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007. 146 13-MAVZU. FONETIKA VA FONOLOGIYA Reja: 1. Fonetik sath. Fonetika va fonologiya masalalari 2. Til taraqqiyotidagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar 3. Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik- fonologik qonuniyatlar 1. Fonetik sath. Fonetika va fonologiya masalalari Fonetik-fonologik sath. Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‘rganadi. Fikr almashish uchun foydalaniladigan so‘zlar va gaplar, albatta, tovushlar tizimida o‘z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o‘rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o‘z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra murakkab hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‘ra tabiatda paydo bo‘ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o‘rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydalanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‘laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham o‘rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o‘z holicha mavjud bo‘lmaydi. Ular so‘zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta’minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani o‘rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o‘rganadi. Fonetikaning bir necha ko‘rinishlari bor: nazariy fonetika, amaliy fonetika, Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling