3. Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi
fonetik-fonologik qonuniyatlar
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik
qonuniyatlar quyidagilar:
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib
va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan,
singarmonizm(tovushlarning uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik
qonuniyatdir.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan
qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek tilining keyingi
taraqqiyotidagi ichki o‘zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan
hodisalar shu tilning o‘ziga xos rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davr nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi.
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy
taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.Til
tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va
fonologiya deb yuritiladi.
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir
bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o‘z
ichiga oladi.Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni
kamayishi yoki ko‘payishi mumkin, bunda ikki hodisa ro‘y beradi.
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya
deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq
fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani
hosil qilgan.
2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi.
Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan:
a va o.
Do'stlaringiz bilan baham: |