Universiteti "tasdiqlayman"


Til taraqqiyotidagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

2. Til taraqqiyotidagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar 
“Fonologiya tovushlar bilan bog‘langan, biroq u ma’noga ta’sir etmaydigan 
kichik farqlanishlarni kuzatmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini kuzatamiz: bir 
so‘zlovchining “Ssh!”(Jim bo‘ling ma’nosida) va boshqa so‘zlovchining ayni 
“Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni qiziqtirmaydi.
Bunday holat ingliz tili uchun ham xosdir. Masalan, biror /sh/ tovushi bilan 
tugagan so‘zni olaylik, aytaylik, wash (yuvmoq) so‘zi bo‘lsin. Uning o‘tgan 
zamondagi shaklini hosil qilish uchun /ed/ shaklidan foydalaniladi (washed - 
yuvdim). Bunda talaffuzda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ya’ni /sh/ tovushi 
shovqinli, /d/ esa ovozdor tovushdir. Ingliz tili ona tili hisoblangan inglizlar 
wazhed yoki washt tarzida talaffuz qiladi.
Ingliz tilida R’s tovush birikmasi talaffuzi vengr tilidan farqlanadi. Buning 
ajablanarli joyi yo‘q, chunki bu tovushlar nemis hamda fransuz tillarida ham 
boshqacha talaffuz qilinadi. Ingliz tilining ba’zi shevalarida esa umuman talaffuz 
qilinmaydi. Agar “hip-hop” musiqani sotib olsangiz (internet orqali) yoki 
musiqaning nomiga qarasangiz, albatta, brotha, sista, ganxta kabi so‘zlarni 
ko‘rasiz, ushbu so‘zlar brother, sister va gangster so‘zlarining alternativ 
talaffuzidir. Yoki singers so‘zini singaz tarzida talaffuz etishadi, ya’ni so‘z 
oxiridagi r’s talaffuz qilinmaydi. Bu holat barcha ingliz dialektlari uchun xos emas. 
Four. Four people. Four animals (To‘rt, to‘rt odam, to‘rt hayvon). 
Agar Angliyaning janubida yashaydigan odamdan shu gaplarni talaffuz qilib 
berishini so‘rasangiz, /r/ tovushining faqat oxirgi gapda talaffuz qilinganini 
payqaysiz. R tovushi, odatda, undoshlar oldidan talaffuz qilinmaydi, unlilar 
oldidan talaffuz qilinganda /Q/ tovushiga o‘xshash tovush eshitiladi.
Aksincha, Amerika Qo‘shma shtatlarida istiqomat qiluvchi kishilar esa har 
uchala gapda ham r tovushini talaffuz etadilar. Umuman, amerikaliklar har bir r 
tovushini talaffuz etadilar. 
Venger tilida ba’zi so‘zlar –ban qo‘shimchasi, ba’zilari esa –ben bilan 
tugaydi: Házban kézben; hóban , vízben kínban va hídban (-kin va –híd 
so‘zlari bundan mustasno).
Qoidaga ko‘ra, “é”, “e” va “i” tovushlaridan so‘ng -ben qo‘shimchasi, “u”, 
“o” va “a” tovushlaridan so‘ng esa -ban tarzida qo‘shimcha qo‘shiladi. Tovush va 
fonemalar unli va undosh tovushlarning belgisi sifatida namoyon bo‘ladi”. 
Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.Til 
murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib,undagi birliklar barcha jihatdan 
uzviy bog‘langan.Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq 


148 
hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar 
asosida ro‘y beradi. Fonetik-fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan 
bog‘liq hodisadir. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir.Qardosh tillardagitarixiy fonetik 
o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish 
jihatdan o‘xshash va farqli tomonlarni qiyosiy fonetika aniqlab beradi. Qardosh va 
qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilish natijasida 
tipologik, qiyosiy-tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling