I. a- oddiy va murakkab moddalar. Allatropiya. A birliklarni o’zgartiring


Download 0.92 Mb.
bet1/5
Sana14.06.2020
Hajmi0.92 Mb.
#118671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-kitobcha


I – KIMYODAN ASOSIY TUSHUNCHALAR.
I.A- Oddiy va murakkab moddalar. Allatropiya.
A) - Birliklarni o’zgartiring.
1-Massa birliklari.

a) 600 g = …… kg b) 5 g = …… mg

c) 0,3 kg = …… g d) 0,035 kg = …… mg

e) 20 mg = …… g f) 0,15 tonna = …… g

g) 1,2 kg = …… g h) 75 mg = …… kg
2-Hajmiy birliklar.

a) 1,12 l = …… ml b) 2,8 sm3 = …… l

c) 4 dm3 = …… ml d) 560 ml = …… l

e) 500 sm3 = …… m3 f) 0,224 m3 = …… l

g) 0,01 m3 = …… ml h) 800 ml = …… m3
3-Harorat birliklarini o’zgartiring

a) 20oC = …… oK b) 318oK = …… oC

c) 127oC = …… oK d) 273oK = …… oC e) -23oC = …… oK f) 260oK = …… oC
B) – Quyidagilardan qaysilari fizikaviy, qaysilari esa kimyoviy jarayon hisoblanadi?
___ 1) ko’mirning yonishi

___ 2) mis simning bukilishi

___ 3) qo’rgoshinning erib suyuq holga o`tishi

___ 4) temirning zanglashi

___ 5) suvning qaynashi

___ 6) spirtning bug`lanishi.

___ 7) bertole tuzini parchalab kislorod olish

___ 8) havoni suyultirib azot olish

___ 9) qog`ozning yonishi

___ 10) aluminiy simining qizdirilganda qorayishi

___ 11) suvning muzlashi

___ 12) temirning magnitga tortilishi;

___ 13) bo’yoqning asetonda erishi

___ 14) sutning achishi

___ 15) oltingugurtning suyuqlanishi

___ 16) oltingugurtning yonishi

___ 17) shisha pishirish

___ 18) shishani maydalash

___ 19) shakarning erishi

___ 20) shakarning ko`mirlanishi

___ 21) uzum sharbatining bijg`ishi

___ 22) yog`ning sovuqda qotishi

___ 23) ohakning so`ndirilishi

___ 24) kislotaga asos ta’sir ettirish

___ 25) qumni sement bilan aralashtirish

___ 26) shamning yonishi

___ 27) shamning erishi

C) - Quyidagi ifodalardan qaysilari kimyoviy elementga, qaysilari oddiy moddaga tegishli?
___ a) Azot havoga nisbatan yengilroq.

___ b) Vodorod molekulasida ikkita atom bor

___ c) Kislorodning tarkibi massalari 16,17 va 18 m.a.b. ga teng bo`lgan izotoplardan tashkil topgan

___ d) Ftor II davrning VII guruhida joylashgan

___ e) Kislorod havo tarkibiga kiradi;

___ f) Kislorod oksidlar tarkibiga kiradi;

___ g) Kislorod yonish reaksiyasida qatnashadi;

___ h) Kislorod ozon hosil qiladi;

___ i) Vodorod kislotalar tarkibiga kiradi.

___ j) suv tarkibida vodorod bor;

___ k) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi;

___ l) nitrat kislota tarkibiga kislorod kiradi;

___ m) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo`lishi mumkin

___ n) inson organizmida natriy va fosfor bor;

___ o) vodorod davriy jadvalda ham I guruhda, ham VII guruhda joylashgan;

___ p) bor qattiq modda;

___ q) borda ikkita elektron qavat mavjud

___ r) qo’rg’oshin suvda erimaydi;

___ s) soch tarkibida azot bor;

___ t) uglerodning yadro zaryadi +6 ga teng;

___ u) qon tarkibida temir bor;

___ v) gazometrga xlor yig`ilgan;

___ w) kislorod suvda yomon eriydi;

___ x) suv gazi tarkibiga vodorod kiradi


D) – Test mashqlari.
1. Quyidagilardan qaysi biri jism?

A) Temir B) Mis C) Pichoq D) Tuz


2. Quyidagilardan qaysi birlari modda?

1) qoshiq 2) shakar 3) bo’r

4) suv 5) shtativ 6) shisha

A) 1,2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 4,5 D) 2,4,6


3. Quyidagi qaysi o’zgarish noto’g’ri bajarilgan?

A) 2,45 g = 2,45∙103 mg

B) 2 mm = 2·10-3 m

C) 2,5 dm3 = 250 ml

D) 37°C = 310°K


4. Quyidagi qaysi qisqartirish noto’g’ri amalga oshirilgan?

A) 1,358 → 1,36 B) 1,657 → 1,66



C) 18,439 → 18,45 D) 0,0786 → 0,079
5. O’zgarishlardan qaysilari to’g’ri amalga oshirilgan?

I. 0,0021 = 2,1∙10 -3

II. 1,82∙10 -4 = 0,00182

III. 0,035∙108 = 3,5∙106

IV. 2,61∙104 = 26100

A) I,II,III B) I,II,IV



C) I,III,IV D) I,II,III,IV
6. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.

A) olmos B) dengiz suvi

C) generator gazi D) benzin


7. Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.

A) bronza B) tabiiy gaz

C) havo D) soda
8. Qanday yo‘l bilan osh tuzi eritmasidan tuzni ajratib olish mumkin?

A) Filtrlash yo‘li bilan



B) Bug‘latish yo‘li bilan

C) Magnit yordamida

D) Ajratish voronkasi bilan
9. Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug‘ holatiga o‘tib ketish hodisasiga ...................... deyiladi.

A) kondensatlanish B) sublimatlanish

C) dissosiyalanish D) konveksiyalanish
10. Sublimatsiya xossasiga ega bo’lgan birikmalarni ko`rsating.

I – Iod kristallari II – Muz

III – CO2 (qattiq) IV – Osh tuzi

A) I, II B) II, III C) I, III D) II, IV


11. Quyida moddalarning suyuqlanish va qaynash temperatura-lari berilgan. Unga ko'ra xona temperaturasida ( 20oC ) qaysi modda qanday agregat holatida bo’ladi?


Modda

s.t. (°C)

q.t. (oC)

A

- 160

- 10

B

35

130

C

10

90

A) A qattiq, B suyuq, C gaz

B) A gaz, B suyuq, C qattiq

C) A gaz, B qattiq, C suyuq

D) A gaz, B va C suyuq

12. Suyuq holatdagi moddalar .............. .

A) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanadi, turg’un



B) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanmaydi va siqilmaydi, oquvchan

C) molekulalari zich, hususiy hajmga va shaklga ega, bolg’alanadi, turg’un

D) molekulalari siyrak, hususiy hajmi va shakli yo’q, siqiladi, uchuvchan
13. Qaysi hususiyat gazlarga taalluqli emas?

A) molekulalari orasidagi masofa katta

B) bolg’alanmaydi, lekin siqilishi mumkin

C) hajmi umuman yo’q

D) molekulalari siyrak, tartibsiz


14. 750 ml.li plastik idishdagi “MIRA” – kunga-boqar moyi massasini aniqlang. (p = 0,86 g∙sm-3)

A) 645 B) 750 C) 800 D) 872
15. 224,6 g massali silindrga 40 ml suyuqlik quyilgandan keyin uning massasi 256,2 g keldi. Suyuqlikning zichligini toping. (zichlikni topish formulasi - ρ = massa / hajm )

A) 1,26 g/ml B) 0,79 g/ml

C) 0,72 g/ml D) 0,95 g/ml
16. Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.

A) sutdan qatiq olish B) shamning yonishi



C) muzning erishi D) temirning zanglashi
17. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.

A) havodan azot olish B) sutning achishi

C) misning suyuqlanishi D) shamning erishi
18. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon hisoblanadi.

1) sumalakning erishi.

2) sumalak pishirish.

3) temirning zanglashi.

4) kisloroddan ozon olish

5) havoni suyultirib kislorod olish.

6) suvni elektrolizidan kislorod olish

A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,5 D) 1,2,5,6


19. Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisani aniqlang.

1) oltingugurtni suyuqlanishi.

2) oltingugurtning yonishi.

3) shisha pishirish.

4) shishani maydalash.

5) shakarning erishi.

6) shakarning ko‘mirlanishi.

A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6


20. Quyidagilardan qaysilari kimyoviy jarayon?

1) qo`rg`oshining suyuqlanishi

2) temirning xlorlanishi

3) kalsiy karbonatning parchalanishi

4) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi

5) iodning sublimatlanishi

6) osh tuzining suvda erishi

A) 2,3,4 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5,6
21. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?

a. muzning erishi

b. magniyning xlorlanishi

c. sutning achishi

d. naftalinning sublimatlanishi

e. metanning yonishi



A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a
22. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.

A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.



B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.

C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.

D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
23. Molekula – bu …..

A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.

B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.

C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.

D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.


24. Atom-molekulyar ta’limotga mos ta’riflarni aniqlang.

1) barcha moddalar molekulalardan iborat bo’lib, ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi.

2) molekulalar esa atomlardan iborat, atomlar harakatsiz bo’ladi.

3) oddiy moddalar molekulalari bir kimyoviy element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli kimyoviy element atomlaridan tashkil topadi.

4) molekulalar o’rtasida o’zaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud.

5) kimyoviy reaksiyalar paytida molekulalar saqlanmaydi, lekin ularni tashkil qilgan atomlar saqlanib qoladi

A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5

25. Molekula to’g’risidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.

A) Molekula atomlardan iborat, atomlar ham molekulalar singari to’xtovsiz harakatda bo’ladi.

B) Molekulalar tarkibi fizikaviy jarayonlarda o’zgarmay qoladi

C) Molekulalar doimo harakatda bo’ladi

D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda deyarli o’zgarishga uchramaydi.
26. Quyidagilardan xato ma’lumotlarni toping.

1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning o’rnida yangi moddalar hosil bo’ladi.

2) Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi, ularning harakat tezligi temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi.

3) modda molekulalari orasida ma’lum masofa bo’lib, uning o’lchami moddaning agregat holatiga bog’liq bo’ladi.

4) qattiq moddalarda molekulalarning o’zaro tortilishi kuchi gazlardagiga ko’ra kuchsiz.

5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi.

A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,4
27. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.

A) uglerod, olmos, azot, ozon

B) azot, ozon, vodorod, kislorod

C) ozon, kislorod, olmos, vodorod



D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
28. Metallmaslar berilgan qatorni ko’rsating.

A) azot, oltin, vodorod, kislorod



B) uglerod, oltingugurt, brom, selen

C) osmiy, kislorod, vodorod, ftor

D) xrom, mis, temir, aluminiy
29. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?

A) Cu, Hg, Ag, Pt, Au

B) Fe, Co, Ni, Sn, Pb

C) Mg, Ca, Sr, Ba, K



D) K, Li, Fr, Cs, Ra
30. Passiv metallni aniqlang.

A) rux B) qalay



C) simob D) qo’rg’oshin
31. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.

A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi

B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi

C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz

D) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz

32. Oddiy moddalarni ko`rsating.

1) ozon 2) suv 3) olmos

4) silan 5) grafit 6) karbid

7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin

A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7

C) 1,2,4,5,9 D) 1,3,5,7,8


33. Quyidagilardan qaysi birida allatropiya hodisasi kuzatilmaydi?

A) vodorod B) kislorod

C) fosfor D) oltingugurt


34. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.

A) qalay B) surma

C) uglerod D) ftor
35. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan to’rtinchi guruh elementini aniqlang.

A) uglerod B) fosfor

C) kremniy D) azot


36. Fosforning qaysi modifikatsiyasi grafitga o’xshaydi?

A) oq B) qizil C) qora D) binafsha


37. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.

1) N2H4 2) KBr 3) FeS2 4) LiF

5) CH4 6) HNO3 7) SnCl4 8) Fr2Se

A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8



C) 3,5,6,7,8 D) 1,3,5,7,8
38. Quyidagi ma’lumotlarni mantiqan mos ravishda keltiring.

1) Allotropiya – bir kimyoviy elementning turli oddiy moddalar hosil qilish hodisasi

2) oddiy moddalar soni elementlar sonidan ko’p

3) kisorod, uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa ba’zi elementlarda allotropiya hosisasi kuzatiladi

4) bunga allotropiya hodisasi sababchi.

A) 1-2-4-3 B) 2-4-3-1

C) 1-3-4-2 D) 2-4-1-3
39. Quyidagilardan qaysi biri oddiy moddaga tegishli emas?

A) yadro zaryadi B) hid

C) zichlik D) ta’m

40. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni toping.

1) zichlik 2) rang 3) izotoplar

4) qaynash va suyuqlanish temperaturasi

5) elektron qobiq 6) yadro zaryadi

A) 2,3,6 B) 1,2,4 C) 1,5,6 D) 3,5,6

41. Quyidagilardan qaysi birida oddiy modda haqida so’z boradi?

A) sulfat kislota tarkibida kislorod bor

B) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi

C) qon tarkibidagi temir kislorod tashish uchun xizmat qiladi

D) Magniy xlorofill tarkibiga kirib fotosintezda qatnashadi
42. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddaga tegishli?

1) kalsiy odam tanasining 2% qismini tashkil qiladi

2) fosfor o’z - o’zidan shu’la chiqarish xossasiga ega

3) vodorodning uchta izotopi bor – protiy, deyteriy va tritiy

4) kislorodning ikkita allotropik shakl ko’rinishi mavjud.

5) kulrang selen fotoelement sifatida ishlatiladi.

A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 2,5
43. Qaysi hollarda kimyoviy element haqida gap boradi?

1) havo tarkibida azot bor

2) dengiz suvi qaynatilganda kislorod ajralib chiqadi

3) bertole tuzi tarkibida xlor bor

4) temir xlorda yonganda FeCl3 hosil bo’ladi.

5) uchta kisloroddan ikkita ozon hosil bo`ladi.

6) alyuminiy odatda +3 oksidlanish darjali bo’ladi, lekin u 150oC dan yuqori temperaturada ftor bilan +1 oksidlanish daraja hosil qiladi.

A) 1,2 B) 2,3 C) 3,6 D) 4,5


44. Stolda qalam va ruchkalar bor. Ularning yig’indisi 80 ta . Qalamlar soni ruchkalardan 3 marta ko’p. Qalam va ruchkalar sonini aniqlang.

A) 30; 10 B) 75; 25 C) 50; 30 D) 60; 20

45. Olimtoy bog’dan tergan olmalarini ukalariga ulashib berdi. Eng kattasiga barcha olmalarning

yarmini va yarimta olma berdi. O’rtanchasiga qolgan olmalarnig yarmini va yana yarimta olma, kenjasiga ham oxirida qolgan olmalarning yarmini va yana yarimta olma tegdi. Pirovardida Olimtoyda bir dona ham olma qolmagan bo’lsa, u bog’dan qancha olma olib chiqqan?


* * *

Kishi boylikda o’zidan quyidagilarga,

Ilmda esa o’zidan yuqoridagilarga qarab ish tutishi kerak.

* * *
Testlar - 1996-2003 yillar. (Axborotnoma).
1. (97-5-39). Quyidagi xodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli?

A) Suvning qaynashi, simob oksidning parchalanishi

B) Suvning muzlashi, qo`rg`oshining suyuqlanishi

C) Temirning xlorlanishi, kalsiy karbonatning parchalanishi

D) Kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, iodning sublimatlanishi

E) Osh tuzining suvda erishi, suvning bug`lanishi
2. (96-7-19). Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon?

1) metanning yonishi

2) aluminiy simining cho`zilishi

3) muzning erib suyuq holga o`tishi

4) temirning zanglashi

5) suvning bug`lanishi

A) 1, 2 B) 3, 4 C) 3, 5

D) 1, 4 E) 2, 5
3. (97-9-1). Qaysi holatlarda kislorod ajralib chiqishi kimyoviy hodisalarga asoslangan?

1) kaliy permanganatdan

2) suyuq havodan

3) simob oksididan

4) isitilgan dengiz suvidan

A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 3

D) 3, 4 E) 2, 4


4. (99-10-3). Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa?

1) qog`ozning yonishi

2) mis simining qizdirilganda qorayishi

3) suvning muzlashi

4) temirning magnitga tortilishi

5) yog`ning benzinda erishi

6) sutning achishi

A) 3, 4 va 6 B) 2, 5 va 6 C) 1, 2 va 6

D) 2, 3 va 5 E) 1 va 6
5. (97-2-1). Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisalarni ajrating:

1) oltingugurtning suyuqlanishi

2) oltingugurtning yonishi

3) shisha pishirish

4) shishani maydalash

5) shakarning erishi

6) shakarning ko`mirlanishi

A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4

D) 2, 3, 5 E) 2, 3, 6

6. (97-11-69). Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko`rsating.

A) uzum sharbatining bijg`ishi

B) benzinning yonishi



C) yog`ning sovuqda qotishi

D) ohakning so`ndirilishi

E) temir mixning zanglashi
7. (96-13-89).Quyidagilarning qaysilari fizikaviy hodisa?

1) mis idishning havoda qorayishi

2) suvning muzlashi

3) kislotaga asos ta’sir ettirish

4) qumni sement bilan aralashtirish

5) havoni sovutib kislorod olish

6) metallning havoda oksidlanishi

A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 5

D) 1, 3, 6 E) 2, 3, 6
8. (00-3-1). Quyidagilarning qaysilari to’g’ri?

1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi

2) molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to`xtovsiz harakatdadir

3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o`zgaradi

4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi

5) molekulalar orasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud

6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi

A) 1,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 4,5,6

D) 1,3,4,5 E) 2,3,5
9. (97-10-129). "Atom" tushunchasini qaysi tavsif to`laroq talqin etadi?

1) muayyan moddaning kimyoviy xossalarini o`zida saqlab qoladigan eng kichik zarracha

2) oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi

3) har qaysi atomlarning alohida turi

4) musbat zaryadlangan yadro bilan bir yoki bir necha elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 2 va 4


10. (97-3-37). Moddaning kimyoviy xossalarini o`zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha qanday nomlanadi?

A) atom B) molekula C) yadro

D) proton E) element

11. (97-10-38). Element tushunchasini aks ettiruvchi iborani toping.

1) yadrosining zaryadi bir xil bo`lgan atomlarning muayyan turi

2) mustaqil bo`la oladigan elektroneytral zarrachalar

3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo`lgan atomlar to`plami

4) kimyoviy bo`linmaydigan eng kichik zarracha

A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4

D) 2, 3 E) 3, 4


12. (96-3-2). Element bu ...

A) moddaning oddiy zarrachasi

B) moddaning bo`linmas zarrachasi

C) moddaning mayda zarrachasi



D) yadro zaryadlari bir xil bo`lgan atomlar turkumi

E) moddaning elementar zarrachasi


13. (96-13-1). Quyidagi fikrlarning qaysilari elementga taalluqli?

1. Kislorod havoga nisbatan og`irroq

2. Kislorodning molekulasida ikkita atom bor

3. Kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b. ga teng bo’lgan izotoplardan tashkil topgan

4. Kislorod II davrning VI guruhida joylashgan.

A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4



D) 3, 4 E) 2, 4
14. (97-11-183). Qaysi element quyida berilgan hamma moddalar tarkibiga kirgan?

Kaliy permanganat, kaliy manganat, vodorod peroksid, xrom(III) sulfat, sulfat kislota, nitrat kislota, kaliy xromat

A) kaliy, vodorod

B) marganets, xrom

C) vodorod, kislorod

D) kislorod

E) oltingugurt


15. (96-8-3). Quyidagi ta’riflar orasidan qaysilari kimyoviy element tushunchasini to`g`ri talqin etadi?

1) atomlarning muayyan ko’rinishi

2) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi

3) atom massalari bir xil bo’lgan atomlar turkumi.

4) tartib raqamlari bir xil bo`lgan atomlar turkumi.

A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 4

D) 2, 3 E) 3, 4
16. (97-11-104). Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.

A) olmos, ozon, grafit, uglerod

B) ozon, kislorod, olmos, vodorod

C) azot, ozon, vodorod, kislorod.

D) uglerod, olmos, azot, ozon

E) uglerod, kislorod, vodorod, azot
17. (02-3-20). Quyidagi o`zgarishlarning qaysilari kimyoviy jarayonlarga taaluqli?

1) kislorodning ozonga aylanishi;

2) kislorodni suyultirilgan havodan olish;

3) simob(II) oksiddan kislorodni olish;

4) kislorodni kaliy permanganatdan olish

A) 2,3,4 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,3,4 E) 2,4


18. (97-11-179). Olmos, grafit, osh tuzi, sulfat kislota, shakar va natriy gidroksid moddalari berilgan. Shu moddalar tarkibini necha xil element tashkil etgan?

A) 8 B) 7 C) 6 D) 5 E) 4


19. (98-5-10). Quyidagi ta’riflardan qaysilari to`g`ri?

1) atomlarning turlari elementlarnikidan ko`p;

2) elementlarning turlari atomlarnikidan ko`p;

3) elementlarga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos;

4) atom to`plamlariga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos.

A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 E) 3, 4


20. (97-10-1). Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?

A) mis oksid, azot, suv

B) kislorod, vodorod, temir xlorid

C) fosfor oksid, vodorod xlorid, oltingugurt



D) vodorod, qaldiroq gaz, natriy

E) xlor, magniy, karbonat angidrid


21. (97-3-5). Quyidagi kattaliklardan qaysilari atomlarga tegishli?

1) tartib raqami 2) yadro zaryadi

3) elektron qobig’i 4) suv molekulasining tarkibiy qismi

A) 1, 2 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 E) 2, 4


22. (96-15-1). Oddiy moddalar qatorini ko`rsating:

1) Cl2, Cl2O3, NaCl , KCl

2) O2, Cl2, P4, S6

3) N2O, O2 Na2O, NO

4) N2 NH3 NO2 N2O

5) Cr, CrO, Cr2O3, CrO3.

A) 3 B) 4 C) 1 D) 2 E) 5
23. (97-9-95). Murakkab modda bu ……..

A) Bir xil atomlardan tuzilgan modda.



B) Molekulalari har xil atomlardan tuzilgan modda.

C) Molekulalari bir xil atomlardan tuzilgan modda.

D) Har xil molekulalardan tuzilgan modda.

E) Molekulalarning bir turi.


24. (96-7-2). Oddiy moddalar qatorini ko`rsating.

A) Al2O3, HCl, KCl, NH4OH

B) HCI, HF, HNO3

C) PH3, N2O, H2S, NaH



D) P4, S8, O2, O3

E) SO2 SO, NO, NO2


25. (97-5-40). Oddiy moddalarni tanlang:

1) vodorod 2) suv 3) ohaktosh

4) grafit 5) xlor

A) 1, 4, 5 B) 2, 4 C) 1, 3, 5

D) 3, 5 E) 3, 4, 5

26. (97-8-80). Qaysi hollarda kislorod oddiy modda holida ifodalangan?

1) havo tarkibiga kiradi;

2) oksidlar tarkibiga kiradi;

3) yonish reaksiyasida qatnashadi;

4) ozon hosil qiladi;

5) kislorodli kislotalar tarkibiga kiradi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4

D) 3, 4, 5 E) 1, 3, 5


27. (01-5-51). Oddiy moddalarni tanlang.

1) muz 2) temir 3) bo’r 4) azot

5) ozon 6) fosfin 7) karbin 8) olmos

9) "quruq muz" 10) bertole tuzi



A) 2,4,5,7,8 B) 1,2,4,5,8 C) 2,4,5,8,10

D) 1,3,5,7,9 E) 2,4,7,8,9


28. (97-2-34). Keltirilgan moddalar ichidan oddiylarini toping:

1) oq fosfor 2) fosfin

3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor

5) fosfat kislota 6) qora fosfor.

A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5 E) 2, 3, 6
29. (02-5-3). Quyidagilarning qaysilari oddiy moddalar qatoriga kiradi?

1) sellyuloza 2) olmos

3) karbin 4) marmar

5) malaxit 6) ozon 7) fosfin

A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 6 C) 2, 3

D) 2, 6, 7 E) faqat 2

30. (99-1-32). Qaysi hollarda oddiy modda haqida gap boradi?

1) suv tarkibida kislorod bor

2) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi

3) qum tarkibida kislorod bor

4) sulfat kislota tarkibiga kislorod kiradi

5) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo`lishi mumkin.

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4

D) 4, 5 E) 2, 5


31. (03-2-26). Oddiy moddaga tegishli bo`lgan xossalarni aniqlang.

1) yadro zaryadi 2) zichlik

3) elektron qavatlar 4) atom massa

5) izotoplar 6) rang

7) qaynash va suyuqlanish temperaturalari

A) 1, 2, 3 B) 2, 5, 7 C) 2, 6, 7

D) 1, 4, 6 E) 5, 6, 7

32. (03-2-27). Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilayotganligini ko`rsating.

1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor;

2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi;

3) vodorod davriy jadvalda 1-davr I guruhda joylashgan;

4) uglerod qattiq modda;

5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud

A) 2, 5 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 2, 3 E) 4, 5


33. (03-2-28). Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang.

1) temir suvda erimaydi

2) soch tarkibida oltin bor

3) borning yadro zaryadi +5 ga teng

4) qon tarkibida temir bor

5) ko`pchilik moddalar kislorodda yonadi

A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4

D) 1, 2, 4 E) 1, 4, 5


34. (03-4-1). Quyidagi hollarning qaysi birida kislorod molekulasi haqida so`z boradi?

1) kislorod simob(II) oksid tarkibiga kiradi

2) kislorod havo tarkibiga kiradi

3) gazometrga kislorod yig`ilgan

4) kislorod suvda yomon eriydi

5) suv gazi tarkibiga kislorod kiradi

A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5

D) 2, 3, 4 E) 1, 4, 5

35. (03-4-2). Qanday moddalar uchun "atom" va "molekula" tushunchalari teng qiymatlidir?

1) vodorod 2) kislorod

3) azot 4) nodir gazlar

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 2, 3
36. (02-7-33). Quyidagi qaysi moddalar uchun ham atom, ham molekula tushunchalarini ishlatish mumkin?

1) kislorod 2) temir 3) argon

4) suv 5) osh tuzi 6) azot 7) ozon 8) kremniy

A) 1, 2, 3, 4, 8 B) 1, 5, 6, 7, 8

C) 1, 4, 7, 8 D) 1, 2, 3, 6, 8

E) 1, 2, 6, 7, 8


37. (01-4-66). To`g`ri ifodani tanlang:

1) kislorod atomi

2) sirka kislota atomi

3) malaxit atomi

4) olmos molekulasi

5) vodorod peroksid - vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan

6) osh tuzi natriy va xlor ionlaridan tarkib topgan

A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1,4, 6 C) 1,4, 5, 6



D) faqat 1 E) hammasi noto’g’ri.
38. (97-11-181). Quyidagi hukmlarning qaysila-rida kislorod molekulasi haqida gap boradi?

1) suvda kislorod mavjud,

2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi,

3) kislorod ko`pdan-ko`p minerallar tarkibiga kiradi

4) ko`pchilik moddalar kislorodda yonadi

5) kislorod ikkita atomdan iborat

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 5

D) 3, 4, 5 E) 1, 4, 5


39. (00-9-53). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan elementlar qatorini belgilang.

A) xlor, kislorod, fosfor, selen

B) uglerod, fosfor, azot, odtingugurt

C) selen, uglerod, fosfor, kislorod

D) fosfor, vodorod, azot, kislorod

E) azot, vodorod, fosfor, kislorod
40. (01-12-1). Allotropik shakl o`zgarishni namoyon qiladigan elementlar qatorini ko`rsating.

A) kislorod, azot, brom, simob



B) fosfor, qalay, selen, tellur

C) oltingugurt, ftor, yod, rux

D) oltingugurt, uglerod, vismut, litiy

E) mishyak, kislorod, bariy, bor

41. (96-5-1). Allatropiya deb nimaga aytiladi?

A) ayni bir element bir necha oddiy modda hosil qiladigan hodisalarga aytiladi

B) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi

C) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi

D) bitta element atomlaridan iborat bo`lgan moddaga aytiladi

E) bir necha element atomlaridan iborat bo`lgan moddalarga aytiladi
42. (97-3-38). Allotropiya hodisasining sababi nimada?

A) moddalar tarkibidagi molekulalar soni turlicha ekanligi

B) suyuqlanysh temperaturasidagi farqlar

C) molekulada atomlar soni turlicha ekanligi

D) ikki xil molekulaning o`zaro birikkanligi

E) uchtadan ortiq molekulaning birikishi
43. (96-10-8). Allotropiya hodisasining mohiyati nimada?

1. Atom yadrosidagi neytronlar sonining turlicha bo`lishi

2. Molekuladagi atomlar soni turlicha bo`lishi

3. Kristall tuzilishining turlicha bo`lishi

4. molekulada kimyoviy bog`larning turlicha bo`lishi

5. moddaning turli agregat holatlarda bo`lishi

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 4, 5 E) 1, 5
44. (00-5-22). Allotropik shakl ko`rinishlarining hosil bo`lish sabablarini ko`rsating.

1) molekuladagi atomlar sonining har xil bo`lishi;

2) oddiy modda molekulasida atomlar sonining turlicha bo`lishi;

3) element atomlarining turli kristall shakllarni hosil qilishi;

4) element atomlarining turli amorf shakllarni hosil qilishi;

5) bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo`lgan moddalarning turli tuzilishga ega bo`lishi

A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5

D) 1, 2, 3 E) 1, 3, 5
45. (97-11-36). Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?

A) suv, bug, muz

B) suv, tuman, shudring

C) vodorod, xlor, kislorod



D) uglerod, karbin, grafit

E) uglerod, kislorod, vodorod

46. (96-2-1). Qaysi qatordagi elementlar allatropik shakllarga ega?

A) Kislorod, azot, uglerod

B) Fosfor, kislorod, brom

C) Kislorod, fosfor, xlor



D) Kislorod, fosfor, uglerod

E) Kislorod, azot, fosfor


47. (97-11-182). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan beshinchi guruh elementini aniklang.

A) uglerod B) fosfor C) kislorod

D) oltingugurt E) azot
48. (99-2-1). Allotropik shakl o`zgarishlari mavjud elementlar qatorini ko`rsating.

A) kislorod, vodorod, xlor



B) kislorod, fosfor, oltingugurt

C) xlor, azot, fosfor

D) ftor, kaliy, kislorod

E) fosfor, azot, vodorod


49. (97-1-37). Qaysi elementlar allotropik shaklga ega?

1. Kislorod 2. Vodorod 3. Ftor

4. Kremniy 5. Uglerod

A) 1 va 5 B) 1 va 2 C) 1 va 3

D) 1 va 4 E) 2 va 3


50. (99-6-29). Qaysi moddalarda allotropiya hodisasi kuzatilmaydi?

1) brom 2) kislorod 3) uglerod

4) qalay 5) ftor 6) fosfor

A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 4



D) 1, 5 E) 4, 6
51. (96-8-4). Qaysi elementlar allotropik shakllarga ega emas?

A) H, O, N B) O, C, P C) S, P, O



D) F, Cl, Br E) Fe, C, Na
52. (98-10-1). Allotropiya xodisasi kuzatilmay-digan moddani ko`rsating.

A) kislorod B) xlor C) oltingugurt

D) fosfor E) uglerod
53. (97-5-1). Kimyoviy element, uning molekulasi va uning allotropik shakl ko`rinishi aks ettirilgan qatorni toping:

A) xlor atomi, xlor molekulasi, xlor(III) oksid



B) kislorod atomi, kislorod molekulasi, ozon

C) oltingugurt atomi, kristall holdagi oltingugurt molekulasi, kaliy sulfid

D) vodorod atomi, vodorod molekulasi, ammiak

E) uglerod atomi, olmos, brilliant

54. (97-11-70). Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.

A) uglerod B) fosfor C) oltingugurt

D) kislorod E) xlor
55. (97-11-184). Uglerod elementi quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirgan?

1) karbid 2) ohaktosh

3) osh tuzi 4) chili selitrasi

5) bertole tuzi 6) ichimlik soda

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5

D) 1, 2, 6 E) 3, 4, 6
56. (97-11-185). Tarkibida allotropik shakl o’zgarishlariga ega bo`lgan elementli moddalar qatorini belgilang:

1) ammoniy gidroortofosfat 4) silvinit

2) ammoniy digidrofosfat 5) fosfat kislota

3) ammoniy xlorid 6) ammoniy sulfid



A) 1,2,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,5

D) 2,3,4,5 E) 3,4,5,6


57. (01-8-13). Tarkibida allotropik shakl o’zga-rishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.

1) SO2 2) NaCl 3) Al2S3 4) NaF

5) PH3 6) NH3 7) K2Se 8) SnCl2

A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8 C) 3,5,6,7,8



D) 1,3,5,7,8 E) 1,2,3,4,5
58. (00-9-54). Murakkab moddalar va aralashmalardan iborat bo`lgan qatorni aniqlang.

A) ohak, uglerod, suv, osh tuzi

B) selitra eritmasi, kislorod, azot, pirit

C) osh tuzi eritmasi, havo, soda, rux sulfat

D) suyultirilgan kislota, ishqor, geliy, bromli suv

E) kaliy permanganat, xlor, ozon, geliy

Kimyo – 2002 yil (Variant).
1. (101-1).Azot qaysi birikmalar tarkibiga kiradi?

1) pikrin kislota – C6H3N3O7

2) alanin – C3H7NO2

3) dolomit – MgCO3 ∙ CaCO3

4) akril kislota – C2H3COOH

5) anilin – C6H5NH2

6) kroton kislota – C3H5COOH

A) 1,2,5 B) 1,3,4 C) 2,5 D) 1,6 E) 3,4,6
2. (102-1). Allotropik shakl o’zgarishlariga ega bo’lgan elementlar qatorini belgilang.

A) fosfor, vodorod, azot, kislorod



B) selen, uglerod, fosfor, kislorod

C) uglerod, fosfor, azot, oltingugurt

D) xlor, kislorod, fosfor, selen

E) azot, vodorod, fosfor, kislorod


3. (103-1). Qaldiroq gaz tarkibini ko’rsating.

A) H2 + Cl2 B) H2 + 2O2 C) H2 + O2

D) H2 + (O) E) 2H2 + O2
4. (106-1). Qaysi holatlarda kislorod ajralib chiqishi kimyoviy hodisaga asoslangan?

1) kaliy permanganatdan

2) suyuq havodan

3) simob oksididan

4) isitilgan dengiz suvidan

A) 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2



D) 1, 3 E) 2, 4
5. (107-1). Kimyoviy element, uning molekulasi va uning allotropik shakl ko`rinishi aks ettirilgan qatorni toping:

A) vodorod atomi, vodorod molekulasi, ammiak

B) oltingugurt atomi, kristall holdagi oltingugurt molekulasi, kaliy sulfid;

C) kislorod atomi, kislorod molekulasi, ozon;

D) xlor atomi, xlor molekulasi, xlor(III) oksid;

E) uglerod atomi, olmos, brilliant
6. (109-1). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan beshinchi guruh elementini aniklang.

A) oltingugurt B) kislorod C) fosfor

D) uglerod E) azot
7. (111-1). Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.

A) havo B) vodoprovod suvi

C) generator gazi D) benzin

E) olmos
8. (112-1). Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga taalluqli?

1) kislorod havoga nisbatan og’irroq

2) kislorodning molekulasida ikkita atom bor

3) kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b.ga teng.

4) kislorod II davrning IV guruhida joylashgan

A) 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 3

D) 2, 3 E) 2, 4


9. (113-1). To`g`ri ifodani tanlang:

1) kislorod atomi

2) sirka kislota atomi

3) malaxit atomi

4) olmos molekulasi

5) vodorod peroksid – vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan

6) osh tuzi natriy va xlor ionlaridan tarkib topgan

A) faqat 1 B) 1,4,5,6 C) 1,4,6

D) 2,3,4,5,6 E) hammasi noto`gri.


10. (119-1). Quyidagi moddalar to’pidan qaysinisi allotropik shaklllarga xos?

A) uglerod, karbin, grafit

B) vodorod, xlor, kislorod

C) suv, tuman, shudring

D) suv, bug’, muz

E) uglerod, kislorod, vodorod
11. (120-1). Moddalarning qaysilarida allotropiya hodisasi mavjud?

1) uglerod 2) azot 3) xlor 4) yod 5) qalay

A) 3, 5 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 1, 2 E) 1, 5
12. (121-1). Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.

A) uglerod, olmos, azot, ozon

B) azot, ozon, vodorod, kisorod

C) ozon, kislorod, olmos, vodorod

D) olmos, ozon, grafit, uglerod

E) uglerod, kislorod, vodorod, azot
13. (123-1). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan elementli moddalar qatorini belgilang

1) ammoniy gidroortofosfat

2) ammoniy digidrofosfat

3) ammoniy xlorid

4) silvinit

5) fosfat kislota

6) ammoniy sulfid

A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4



D) 1, 2, 5, 6 E) 3, 4, 5, 6
14. (124-1). Qaysi moddalarda allotropiya hodisasi kuzatilmaydi?

1) brom 2) ftor 3) uglerod

4) qalay 5) kislorod 6) fosfor

A) 1, 5 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2 E) 4, 6


15. (125-1). Qaysi element quyida berilgan hamma moddalar tarkibiga kirgan?

1) kaliy permanganat 2) kaliy manganat

3) vodorod peroksid 4) xrom(III) sulfat

5) sulfat kislota 6) nitrat kislota

7) kaliy xromat

A) kislorod B) vodorod

C) marganes, xrom D) kaliy, vodorod

E) oltingugurt

16. (126-1). Qaysi elementlar allotropik shakllarga ega emas?



A) ftor, xlor, brom

B) oltingugurt, fosfor, kislorod

C) kislorod, uglerod, fosfor

D) vodorod, kislorod, azot

E) temir, uglerod, natriy

17. (128-1). O`zgarishlar orasidan kimyoviy jarayonlarga taaluqli bo’lganlarini tanlang?

1) kislorodning ozonga aylanishi

2) kislorodni suyultirilgan havodan olish

3) simob(II) oksiddan kislorodni olish

4) kislorodni kaliy permanganatdan olish



A) 1,3,4 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3,4 E) 2,4

Kimyo – 2003 yil (Variant).
1. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementlarga taalluqli?

1) fosfor to’rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklni hosil qiladi.

2) fosfor III davrning V guruhida joylashgan.

3) fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng.

4) fosforning yadro zaryadi +15 ga teng.

5) fosforning 15 ta elektroni bor.

A) 3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,4,5
2. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan.

A) mis(I) oksid, azot, suv

B) kislorod, vodorod, temir(II)xlorid

C) vodorod, qaldiroq gaz, natriy oksid



D) xlor, magniy, kaliy
3. Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisani aniqlang.

1) oltingugurtni suyuqlanishi

2) oltingugurtning yonishi.

3) shisha pishirish.

4) shishani maydalash.

5) shakarning erishi.

6) shakarning ko‘mirlanishi

A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6


4. Keltirilgan moddalardan murakkablarini toping.

1) oq fosfor 2) fosfin

3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor

5) fosfat kislota 6) qora fosfor

A) 2-4-6 B) 1-4-6 C) 2-3-5 D) 1-2-5

5. Element tushunchasini aks ettiruvchi ifodani toping.

1) yadro zaryadi bir xil atomlar to’plami

2) mustaqil tura oladigan elektroneytral zarrachalar

3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo’lgan atomlar to’plami

4) kimyoviy bo’linmaydigan eng kichik zarracha

5) atomlarning muayyan turi

A) 1, 3 B) 1, 3, 5 C) 1 D) 4, 5

6. Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?

A) suv, bug, muz

B) suv, tuman, shudring

C) vodorod, xlor, kislorod

D) olmos, karbin, grafit
7. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.

A) uglerod B) fosfor

C) oltingugurt D) vodorod
8. Quyidagi ifodalarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida so’z boradi?

1) simob(II)oksid tarkibida kislorod bor

2) havo tarkibida kislorod bor

3) gazometrda kislorod yig’ilgan

4) kislorod suvda yomon eriydi

5) suv tarkibida kislorod mavjud

A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5

D) 2, 3, 4 E) 1, 4, 5
9. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lmagan beshinchi guruh elementini aniqlang.

A) uglerod B) fosfor

C) oltingugurt D) azot

10. Qaysi element quyida berilgan hamma berilgan moddalar tarkibiga kirgan?

1) kaliy permanganat 2) kaliy manganat

3) vodorod peroksid 4) bertole tuzi

5) potash 6) kaliy nitrat

7) kaliy xromat

A) kaliy, kislorod B) marganes

C) kislorod D) kaliy

11. Uglerod elementi quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirmagan?

1) karbid 2) ohaktosh

3) osh tuzi 4) chili selitrasi

5) bertole tuzi 6) ichimlik sodasi

A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 6

12. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lmagan elementli moddalar qatorini belgilang:

1) ammoniy gidroortofosfat

2) ammoniy digidrofosfat

3) ammoniy xlorid

4) silvinit

5) fosfat kislota

6) ammoniy sulfid

A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4

C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5
13. Qaysi holatlarda kimyoviy elementlar haqida so’z boradi?

1) borning yadro zaryadi +5 ga teng.

2) temir suvda erimaydi

3) soch tarkibida oltin mavjud

4) qonda temir bor

5) ko’pchilik moddalar kislorodda yonadi

A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,4,5 D) 1,3,4
14. Qaysi elementlar qatorida allotropik shakl o`zgarishlari ega bo’lgan elementlar bor.

A) kislorod, vodorod, xlor



B) kislorod, fosfor, uglerod

C) ftor, kaliy, kislorod

D) fosfor, azot, vodorod
15. Qaysi moddalarda allotropiya hodisasi mavjud?

1) uglerod 2) azot 3) xlor

4) yod 5) qalay 6) kislorod

A) 1,5,6 B) 1,5 C) 1,6 D) 3,5
16. Quyidagi holatlarning qaysilari to`g`ri?

1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi;

2) molekulalar atomlardan tarkib topadi,

3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o`zgaradi;

4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi;

5) molekulalar orasida o`zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud;

6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi

A) 1,4,6 B) 3,5,6 C) 2,3,5,6 D) 2,3,5


17. Taklif etilganlar orasidan oddiy moddalar qatoriga kiradiganlarni tanlang?

1) selluloza 2) olmos 3) karbin 4) marmar 5) malaxit 6) ozon

7) fosfin 8) fullerin

A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 6



C) 2, 3, 6, 8 D) 2, 6, 7
18. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.

1) atom massa 2) zichlik

3) elektron qavat 4) rang

5) yadro zaryadi

6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi

7) izotoplar 8) proton va neytronlar soni

A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 3, 4, 7, 8 C) 1, 2, 4, 5

D) 2, 5, 6, 8 E) 1, 3, 5, 7, 8


19. Noto`g`ri ifodalarni tanlang:

1) kislorod atomi

2) sirka kislota atomi

3) malaxit atomi

4) olmos – uglerod molekulalaridan tashkil topgan

5) vodorod peroksid -vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan

6) osh tuzi natriy va xlor atomlaridan tarkib topgan

7) suv – vodorod molekulasi va kislorod atomidan tashkil topgan



A) 2, 3 ,4, 5, 7 B) 1, 4, 6

C) 1, 4, 5, 6 D) hammasi noto`gri.


20. Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.

1) yadro zaryadi 2) zichlik

3) elektron qavat 4) atom massa

5) izotoplar 6) rang

7) qaynash va suyuqlanish temperaturalari

8) agregat holat

A) 1, 2, 3, 8 B) 2, 5, 7 C) 2, 6, 7

D) 1, 4, 6 E) 2, 6, 7, 8


21. Quyidagi holatlarning qaysilari oddiy moddalarga tegishli?

1) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi

2) tirik organizmlarda kalsiy va uglerod bor

3) vodorod I gruppaning 1-davrida joylashgan

4) uglerod – qattiq modda.

5) uglerod ikkita elektron qobiqqa ega

A) 3, 5 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 4, 5
22. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.

1) zichlik 2) rang

3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi

4) izotoplar 5) agregat holat

6) elektron qobiq 7) yadro zaryadi

A) 2, 3, 7 B) 1, 2, 5 C) 4, 6, 7 D) 3, 5, 7


23. Oddiy moddalarga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.

1) zichlik 2) izotoplar

3) atom massa 4) yadro zaryadi

5) modda rangi 6) elektron qobiqlar

7) suyuqlanish va qaynash temperaturalari

A) 1, 2, 7 B) 1, 2, 3 C) 1, 5, 7 D) 5, 6, 7


24. Quyidagilar orasidan oddiy moddalarni tanlang?

1) marmartosh 2) ozon 3) malaxit 4) olmos 5) sellyuloza 6) karbin 7) fosfin

A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 7 D) 3, 5, 7

25. Quyidagi jumlalarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang.

1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor

2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi

3) vodorod davriy jadvalda 1-davr I guruhda joylashgan

4) uglerod qattiq modda.

5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud

A) 3, 5 B) 2, 4 C) 1, 3



D) 1, 3, 5 E) 1, 4, 5

Kimyo – 2004 yil (Variant).
1. (104-1). O’zgarishlar orasidan kimyoviy jarayonga taalluqli bo’lganlarini toping.

1) kislorodning ozonga aylanishi.

2) kislorodni suyultirilgan havodan olish.

3) simob(II)oksiddan kislorod olish.

4) suvni qaynatish.

A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4

2. (110-8). Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa hisoblanmaydi?

1) mis idishning havoda qorayishi

2) suvning muzlashi

3) kislotaga asos ta’sir etishi

4) qumni sement bilan aralashtirish

5) havoni sovutib kislorod olish

6) metallning havoda oksidlanishi



A) 2,4,5 B) 2,3,6 C) 1,2,3 D) 1,3,6
3. (105-1). Faqat metall elementlaridan tashkil topgan qatorni aniqlang.

A) azot, oltingugurt, bor, ftor



B) rubidiy, stronsiy, kobalt, titan

C) azot, berilliy, kalsiy, kremniy

D) uglerod, alyuminiy, xlor, rux

4. (106-1). Murakkab moddalar qatorini ko’rsating.

1) ammiak, metan, gematit

2) suv, fosfin, sovun

3) ozon, xlor, qaldiroq gaz, vodorod peroksid

4) bronza, oq fosfor, marganes

5) malaxit, ohaktosh, kaliy, magniy

A) 2,4 B) 3,4 C) 1,2 D) 2,5

5. (108-1). 2 ta murakkab va 2 ta oddiy moddalar qatorini ko’rsating.

A) is gazi, ozon, kislorod, fosfin

B) selitra, etan, benzol, aseton

C) metan, oltingugurt, kislorod, xlor

D) fosfor, oltin, kumush, pirit


6. (113-1). Murrakkab moddalarni tanlang.

1) muz 2) temir 3) bo’r 4) azot

5) ozon 6) fosfin 7) karbin 8) olmos

9) “quruq muz” 10) bertole tuzi

A) 2,4,5,8,10 B) 2,4,5,7,8

C) 1,3,5,7,9 D) 1,3,6,9,10

7. (107-1). Allotropik shakl o’zgarishi namoyon qilmaydigan elementlar qatorini ko’rsating.

A) oltingugurt, ftor, yod, rux

B) mishyak, kislorod, bariy, bor



C) xlor, azot, brom, simob

D) fosfor, qalay, selen, tellur

8. (112-1). Tarkibida allotropik shakl o’zgarishli elementlar bo’lmagan moddalarni toping.

1) HCl 2) CO2 3) AsH3 4) NaF

5) PH3 6) AlCl3 7) K2Se 8) KBr

A) 3, 5, 6, 7, 8 B) 2, 4, 5, 7

C) 1, 3, 5, 7, 8 D) 1, 3, 4, 6, 8

9. (102-1). Tarkibida allatropik shakl o’zgarishiga ega bo’lgan elementlari yo’q bo’lgan birikmalarni aniqlang.

A) FeCl2, HCl, K2S

B) KCl, NaCl, K2CO3



C) NaCl, KF, HCl

D) FeS, H2O, Zn2P3



Kimyo – 2005 yil (Variant).
1. (101-1). Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.

A) qirovning hosil bo’lishi

B) shamning yonishi

C) qizdirilgan shakarning qorayishi

D) temirning zanglashi

E) misning qizdirilganda qorayishi
2. (106-1). Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.

A) azotning suyuqlanishi

B) havodan kislorod olish

C) qalayning suyuqlanishi



D) qatiqning ivishi

E) havoni suyuqlanishi


3. (113-1). Oddiy moddalarni ko’rsating.

1) ozon 2) suv 3) olmos

4) silan 5) grafit 6) karbid

7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin

A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7 C) 1,2,4,5,9

D) 3,5,7,8,9 E) 1,3,5,7,8

4. (119-1). Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.

A) bronza B) tabiiy gaz C) havo



D) kristallik soda E) neft
5. (109-1). Oddiy moddani tashkil qilgan element nomi bilan ataladigan suyuq moddani toping.

1) azot 2) simob 3) yod 4) brom

A) 4 B) 2,4 C) 2 D) 2,3,4 E) 1

Kimyo – 2006 yil (Variant).
1. (101-2). Quyidagi hodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli?

A) suvning muzlashi, qo’rg’oshinnning suyuqlanishi

B) suvning qaynashi, simob oksidining parchalanishi

C) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, yodning sublimatlanishi



D) temirning xlorlanishi, kalsiy karbonatning parchalanishi

2. (102-1). Keltirilgan moddalar ichidan murakkablarini toping.

1) oq fosfor 2) fosfin

3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor

5) fosfat kislota 6) qora fosfor

A) 1,4,6 B) 2,4,6 C) 1,2,5 D) 2,3,5

3. (102-2). Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.

A) ozon, kislorod, olmos, vodorod

B) olmos, ozon, grafit, uglerod

C) uglerod, kislorod, vodorod, azot

D) azot, ozon, vodorod, kislorod

4. (104-2). Quyidagi qatorlardan qaysi birida oddiy moddalar berilgan?

A) kislorod, vodorod, temir(II)xlorid

B) mis(I)oksid, azot, suv

C) xlor, magniy, kaliy

D) fosfor(III)oksid, vodorod xlorid, oltingugurt

5. (105-1). Kimyoviy hodisaga kirmaydigan hodisani ko’rsating.

A) benzinning yonishi

B) uzum sharbatining bijg’ishi

C) ohakning so’ndirilishi



D) yog’ning sovuqda qotishi
6. (107-1). Allotropik shakl o’zgarishiga ega bo’lmagan moddani aniqlang.

A) fosfor B) uglerod



C) vodorod D) oltingugurt

7. (106-2). Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisalarni ajrating

1) oltingugurtning suyuqlanishi

2) oltingugurtning yonishi

3) shisha pishirish

4) shishani maydalash

5) shakarning erishi

6) shakarning ko’mirlanishi

A) 1,4,6 B) 1,2,3 C) 1,4,5 D) 4,5
8. (107-2). Qaysi elementlar allotropik shakllarga ega emas?

1) kislorod 2) vodorod 3) ftor

4) azot 5) uglerod

A) 1,2 B) 1,5 C) 2,3,4 D) 2,3


9. (108-2). Uglerod elementi quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirmagan?

1) karbid 2) ohaktosh

3) osh tuzi 4) Chili selitrasi

5) Bertole tuzi 6) ichimlik soda

A) 3, 4 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 5

Kimyo – 2007 yil (Variant).
1. (101-1). Moddaga tegishli bo’lmagan xossalarni aniqlang.

1) zichlik

2) yadro zaryadi

3) elektron qavatlar

4) qaynash va suyuqlanish temperaturalari

5) izotoplar

6) rang

7) atom massa



8) agregat holat

A) 1,4,8 B) 2,3,5,7 C) 1,4,6,8 D) 3,5,7


2. (102-1). Quyida berilganlardan oddiy moddalarni tanlang.

1) glukoza 2) grafit 3) mis kuporosi

4) kislorod 5) silvinit 6) azot

7) ammiak 8) qora fosfor



A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7

C) 1, 4, 6, 7 D) 2, 3, 5, 8


3. (104-1). Qaysi ifodalarda kislorod molekulasi haqida so’z boradi?

1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi

2) havo tarkibida 20% kislorod bor

3) gazometrda kislorod yig’ilgan bo’ladi

4) kislorod suvda yomon eriydi

5) malaxit tarkibida kislorod bor



A) 1,2,3,4 B) 3,5 C) 3,4 D) 1,2,5
4. (106-1). Moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.

1) zichlik

2) yadro zaryadi

3) elektron qavatlar

4) qaynash va suyuqlanish temperaturalari

5) izotoplar

6) rang

7) atom massa



8) agregat holat

A) 1, 4, 8 B) 2, 3, 5, 7



C) 1, 4, 6, 8 D) 3, 5, 7
5. (109-1). Quyida berilganlardan murakkab moddalarni tanlang.

1) glukoza 2) grafit

3) mis kuporosi 4) kislorod

5) silvinit 6) azot

7) ammiak 8) qora fosfor

A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7

C) 1, 4, 6, 7 D) 2, 3, 5, 8

Kimyo – 2008 yil (Variant).
1. Quyidagi iboralarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi?

1) suv molekulasi tarkibida kislorod mavjud

2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi

3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi

4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi

5) kislorod ikkita atomdan iborat

6) vodorod peroksid tarkibida kislorod bor.

A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4 D) 1, 3, 5

2. Quyidagi holatlarning qaysilari to‘g‘ri?

1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi

2) molekulalar atomlardan tashkil topgan

3) kimyoviy hodisalarda molekulaning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi

4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo‘lgan moddalar massasiga teng bo‘lmaydi

5) molekulalar o‘rtasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud

A) 1, 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3, 5 D) 3, 5



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling