I. a- oddiy va murakkab moddalar. Allatropiya. A birliklarni o’zgartiring


Download 0.92 Mb.
bet5/5
Sana14.06.2020
Hajmi0.92 Mb.
#118671
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-kitobcha


Axborotnoma. (1996-2003 yillar).
Gaz qonunlari.
1. (99-6-89). Gaz holdagi uglerod (IV) oksid 10132,5 kPa bosim va 25°C da hajmi 50 l bo‘lgan po‘lat ballonda saqlanadi. Shu gazning massasi (kg) necha?

A) 107,2 B) 7,5 C) 0,89 D) 9 E) 1,05


2. (01-4-93). Uglevodorod tarkibida C - 85,71%, H - 14,29% bor. Shu uglevodorodning 63 g miq-dori 127°C va 460 kPa bosimda 5,42 l hajmni egallaydi. Uning molekulyar formulasini toping.

A) C6H12 B) C6H14 C) C5H10

D) C5H12 E) C4H10


3. (02-1-13). Suv bug’ining – 10°C dagi bosimi 273,3 kPa ga teng. Shu bug‘ning 1ml.da nechta suv molekulasi bor?

A) 1,75·108 B) 1,2·1024 C) 2,25·1017



D) 7,5·1019 E) 8998
4. (02-1-59). Yarim mol ammiak 22°C va

177,32 kPa bosimda joylashtirilgan. Gaz tarkibidagi vodorod atomlari sonini hisoblang.



A) 9,03·1023 B) 5,6·1023 C) 15,1·1023

D) 11,2·1023 E) 4,5·1023

5. (02-2-1). Massasi 0,666 g bo‘lgan gazning 50°C, 120 kPa bosimdagi hajmi 480 ml bo‘ladi. Shu gazning molyar massasini hisoblang.

A) 32 B) 62 C) 60 D) 48 E) 31


6. (02-5-26). Uglerod (IV) oksid 22°C da va 500 kPa bosimda hajmi 20 l bo‘lgan idishda, saqlanadi. Uning massasini (g) hisoblab toping.

A) 179,5 B) 201,4 C) 220,6

D) 240,6 E) 155,4


7. (02-8-35). Qaysi gazning 1 grammi 0°C va 101,1 kPa bosimda 5,1·10-4 m3 hajmni egallaydi?

1) N2O 2) N2 3) CO

4) CO2 5) C2H4 6) C3H8

A) 2,3,5 B) 3,4,6 C) 1,3,5



D) 1,4,6 E) 3,4,6
8. (03-6-41). Hajmi 3 l bo‘lgan gazning bosimi 93,3 kPa ni tashkil etadi. Shu gaz hajmi 2,8 l bo’lguncha siqilsa, bosimi necha (kPa) bo‘ladi?

A) 80 B) 90 C) 110 D) 100 E) 120


9. (99-7-40). Hajmi 10 l bo‘lgan kislorod yostig‘idagi kislorod-ning massasini (g) toping. Yostiqdagi gaz bosimi 152 kPa ga teng.

A) 320 B) 180 C) 21,4

D) 14,3 E) 7,2

10. (02-7-58). 4,44 g bariy xlorid kristallgidrati hajmi 8,8 l li kolbada 327°C da ushlab turilgan-da, kolbada 2,08 ·104 Pa ga teng bosim hosil bo‘ldi. Kristallgidratdagi suv molekulalari

sonini toping.

A) 1 B) 2 C) 5 D) 7 E) 10


11. (02-11-28). 20°C da simobning to‘yingan bug‘larining bosimi 0,160 Pa ga teng. Xonada simob termometri singanda, havoning 1sm3 haj-mida simobning massasi qancha (mg) bo‘ladi?

A) 1,3 ·10-7 B) 1,3 ·10-5 C) 1,3 ·10-6

D) 1,3 ·10-8 E) 1,3 ·10-3
12. (02-12-25). 1 gramm oddiy modda tarkibida 37,625 ·1021 ta atom bo’lib, u (n.sh. da) 0,4667 l hajmni egallasa, shu oddiy moddaning formulasini toping

A) O3 B) O2 C) H2 D) N2 E) Ar
13. (01-8-30). Massasi 273 g bo’lgan gaz 20°C va normal bosimda 156,3 l hajmni egallasa, uning vodorodga nisbatan zichligini toping.

A) 19,6 B) 23,4 C) 21,8



D) 21 E) 25,1
14. (03-3-29). Massasi 1 g bo’lgan xlor, hajmi 10 ml bo’lgan ampulaga to’ldirilgan. Ampula 0oC dan 273°C gacha qizdirilganda, undagi bosim qanday o’zgaradi?

A) 2 marta ortadi B) 4 marta ortadi

C) 4 marta kamayadi D) 2 marta kamayadi

E) o’zgarmaydi

Gaz aralashmalari.
1. (99-10-25). "Qaldiroq gaz" ning tarkibini ko’rsating.

A) H2 + (O) B) H2 + O2 C) H2 + 2O2

D) H2 + Cl2 E) 2H2 + O2

2. (02-3-41). Qaysi gazlar aralashmasi havodan yengil?

1) havo va kislorod

2) nam havo

3) havo va uglerod (II) oksid

4) uglerod(II) oksid va azot

5) havo va uglerod (IV) oksid

A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,5

D) 3,4,5 E) 1,2,3


3. (02-3-53). Ozon va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorod va ozonning hajmlar nisbatigi toping.

A) 19:1 B) 17:1 C) 17:2 D) 16:1 E) 17:3
4. (01-5-28). Hajmi bo’yicha 60% CH4, 30% C2H6, 10% C3H8 dan iborat gazlar aralashmasining o’rtacha nisbiy molekulyar massasini hisoblang.

A) 16 B) 30 C) 44 D) 23 E) 34


5. (01-5-29). Vodorodga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi tarkibidagi har bir moddaning prosent tarkibini toping.

A) 75 va 25 B) 25 va 75 C) 60 va 40

D) 50 va 50 E) 40 va 60


6. (97-11-187). 7 litr kislorodga 8 litr azot aralishtirilgan. Aralashmaning n.sh. dagi og’irligini (g) aniqlang.

A) 10 B) 15 C) 25 D) 20 E) 16


7. (99-7-42). Ozon va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 18 ga teng. Aralash-madagi har bir gazning massa ulushini toping.

A) 0,25 va 0,75 B) 0,40 va 0,60



C) 0,33 va 0,67 D) 0,50 va 0,50

E) 0,75va 0,25

8. (02-8-38). Hajmi 5 l bo’lgan va vodorodga nisbatan zichligi 10 bo’lgan kislorod-vodorod aralashmasini tayyorlash uchun (n.sh.) har bir gazdan necha litrdan olish kerak?

A) 3 l O2 va 2 l N2 B) 2 l O2 va 3 l H2

C) 2,5 l O2va 2,5 l H2 D) 4 l O2 va 1 l H2

E) 1 l O2 va 4 l N2
9. (03-11-42). Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan 16 l SO2 va SO3 gazlari aralashma-sidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

A) 62,5; 37,5 B) 10; 6 C) 6; 10

D) 64; 80 E) 5; 4
10. (96-15-111). Teng hajmdagi geliy bilan kislorod aralashmasi-ning havoga nisbatan zichligini toping.

A) 0,31 B) 0,62 C) 0,93 D) 1,24 E) 1,55


11. (01-11-48). Gazlar aralashmasining 2%i azot molekulalaridan iborat. 2 litr aralashmadagi azot molekulalari sonini (n.sh.) hisoblang.

A) 5 ·1020 B) 1,1·1022 C) 0,5 ·1020



D) 1,1·1021 E) 5 ·1021
12. (02-8-34). 2,8 m3 kislorod va 5,6 m3 azotdan iborat aralashmadagi (n.sh.) molekulalar sonini hisoblang.

A) 3,34 ·1026 B) 2,26 ·1026 C) 2,56 ·1025

D) 3,01·1023 E) 6,02 ·1023
13. (97-12-61). Kislorod-ozon aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang.

A) 95 B) 93 C) 97 D) 89 E) 87

14. (00-3-34).Vodorod va azotdan iborat aralash-mada azotning hajmiy ulushi 11,7%, vodorod-ning hajmiy ulushi 88,3 % bo’lsa, gazlarning aralashmadagi massa ulushlarini aniqlang (%).

A) 30 va 70 B) 25 va 75 C) 35 va 65

D) 40 va 60 E) 20 va 80


15. (01-6-1). Tarkibi hajm bo’yicha 60% karbonat angidrid, 20% azot va 20% argondan iborat gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasi qancha bo’ladi?

A) 28 B) 40 C) 38 D) 32 E) 36


16. (01-8-21). Tarkibida 20% azot va 40% dan kislorod va geliy bo’lgan aralashmaning 22,4 m3 miqdorining massasini (kg) hisoblang.

A) 12,8 B) 29,7 C) 18,2 D) 14,4 E) 20


17. (01-9-6). Massa jihatidan tarkibi 25,3% uglerod (IV) oksid, 40,2% azot va 34,5% argon-dan tashkil topgan aralashmaning o’rtacha mole-kulyar massasi qanday? Aralashmadagi tarkibiy qismlarning hajmiy ulushlarini hisoblang.

A) 32,0; 0,2; 0,3; 0,5 B) 34,8; 0,2; 0,5; 0,3

C) 36,2; 0,3; 0,3; 0,4 D) 36,2; 0,2; 0,5; 0,3

E) 38,5; 0,2; 0,4; 0,4


18. (01-8-22). Tarkibida 20 hajm kislorod, 30 hajm azot va 50 hajm geliy bo’lgan gazlar aralashmasining molyar massasini hisoblang.

A) 16,8 B) 14,8 C) 6,4 D) 64 E) 18,8
19. (01-10-38). Tarkibi CO + 4CO2 (n.sh.) bo’lgan gazlar aralashmasining 1 l ning massasini hisoblang.

A) 1,37 B) 0,68 C) 1,56

D) 0,91 E) 1,82
20. (01-11-33). Tarkibi 2CO + CO2 + 4H2 + 3N2 bo’lgan gazlar aralashmasida 40 l (n.sh.). yon-maydigan gaz bo’lsa, aralashmaning umumiy massasini (g) hisoblang.

A) 114,2 B) 85,7 C) 51,4

D) 68,7 E) 93,4
21. (02-7-25). Ma’lum bir temperaturada azot(IV) oksidning vodorodga nisbatan zichligi 25 ga teng bo’lsa, unda necha foiz dimeri borligini toping.

A) 91,3 B) 7,8 C) 8,7

D) 92,2 E) 12,6
22. (03-3-55). Ma’lum miqdordagi CO va CO2 gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 7,6 ga teng. Shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni uglerod atomlarining sonidan necha marta ko’p?

A) 1,05 B) 1,15 C) 2,25

D) 2,05 E) 2,75
23. (03-3-60). Azot(II) oksid va azot(IV) oksidlardan iborat gazlar aralashmasining zichligi (n.sh) 1,429 g/l bo’lsa, shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni azot atomlarining sonidan necha marta ortiq bo’ladi?

A) 1,025 B) 1,125 C) 2,125

D) 2,517 E) 3,325
24. (02-8-33). 2 hajm azot va 3 hajm kisloroddan tashkil topgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.

A) 14,4 B) 30 C) 16 D) 24,2 E) 15,2


25. (02-10-39). Teng sondagi O2 va CH4 molekulalarini o’z ichiga olgan aralashmaning og’irligi 96 gramm bo’lsa, aralashmada necha gramm kislorod gazi bor?

A) 24 B) 80 C) 64 D) 32 E) 16


26. (03-11-43). Vodorodga nisbatan zichligi 25 ga teng bo’lgan 8 l CO2 va SO2 gazlari aralash-masidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

A) 11,2; 2,4 B) 2,8; 2,8 C) 5,6; 4,48

D) 11,2; 4,8 E) 5,6; 2,4
27. (03-11-44). Vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng bo’lgan 6 l kislorod va azot aralashma-sidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

A) 1; 5 B) 2; 4 C) 3; 3

D) 1,5; 4,5 E) 2,5; 3,5
28. (03-11-49). Hajmi 10 l bo’lgan va vodorodga nisbatan zichligi 20ga teng kislorod-xlor aralash-masidagi har bir gazning hajmini (l; n.sh.) toping.

A) 7,5; 2,5 B) 7; 3 C) 8; 2 D) 9; 1 E) 3; 7


29. (02-10-49). Idishdagi azot gaziga teng og’irlikda He gazi qo’shilsa, azot uchun quyidagi kattaliklardan qaysilari ortmaydi?

1) mol soni 2) zarrachalar soni

3) umumiy og’irlik 4) hajmi 5) bosim

A) 1 va 2 B) 1 yoki 2 C) 4 yoki 5

D) 2 yoki 3 E) 2 yoki 5


30. (02-11-43). Havo va kislorod aralashmasi-dagi kislorodning hajmiy ulushi 58% bo’lishi uchun havo va kislorodni qanday hajmiy nisbatda aralashtirish kerak?

A) 1,17:1 B) 1,14:1 C) 1,12:1

D) 1,21:1 E) 1:1,21
31. (02-12-24). Hajmiy nisbatlari 1:3 bo’lgan uglerod(II)oksid va karbonat angidridlar aralash-masidagi kislorodning massa ulushini (%) toping.

A) 70 B) 75 C) 65 D) 60 E) 80
32. (03-3-28). CO va CO2 oksidlar aralashmasi-da uglerod va kislorodning massa nisbati 1:2 ga teng. Aralashmadagi gazlarning hajm ulushini (%) aniqlang.

A) 38,9 va 61,1 B) 44,5 va 55,5 C) 50 va 50

D) 40 va 60 E) 62,5 va 37,5
33. (03-8-51). Tarkibida 25% ozoni bo’lgan ikki gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng. Ozonga qaysi gaz aralashgan?

A) vodorod B) xlor C) azot



D) kislorod E) karbonat angidrid

34. (02-11-41). Azot, etilen-C2H4, geliy va uglerod(II) oksid aralashmasidagi moddalarning hajmiy tarkibi (%) tegishli ravishda

1) 30 2) 15 3) 35 4) 20 ga teng. Aralashmaning o’rtacha molekulyar massasini topish uchun (1-4) lardagi raqamlardan qaysilari masala shartida ortiqcha keltirilgan?

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 3,4



D) 1,2,4 E) 2,4
35. (02-10-41). Ikki idishning birida suv gazi (CO + H2), boshqasida generator gazi (CO + 3N2) bor. Molekulalarining soni o’zaro teng bo’lganda, gazlar aralashtirildi. Aralashmadagi CO ning mol foizini aniqlang.

A) 81,3 B) 40,0 C) 41,7

D) 50,0 E) 37,5
36. (00-4-57). Temperatura – 10°C va bosim 120 kPa bo‘lgan sharoitda metan va azot aralash-masining zichligi 1,25 g/l bo‘lsa, aralashmadagi eng yengil gazning massa ulushi (%) ni toping.

A) 34 B) 37 C) 26 D) 35 E) 31


37. (00-8-22). Bosim 110 kPa, temperatura – 20°C bo‘lganda, vodorod xlorid bilan vodorod bromidlar aralashmasining zichligi 3,139 g/l bo‘lsa, undagi zichligi kattaroq bo‘lgan gazning massa ulushi (%) ni hisoblang.

A) 73 B) 71,3 C) 75 D) 81 E) 84


38. (01-8-31). Azot bilan qaysi galoidvodorod aralashmasining 202,65 kPa bosim va 50°C dagi zichligi 1,886 g/l bo‘ladi?

A) HAt B) HCl C) HBr D) HI E) HF


39. (03-6-42). 20°C da va 100 kPa bosimda suv sathi ustida yig‘il-gan 120 ml azotning (n.sh.) qancha hajm egallashini hisoblang. (20°C da suvning to’yingan bug‘ bosimi 2,3 kPa ni tashkil etadi).

A) 100 B) 200 C) 220 D) 180 E) 108


40. (00-4-17). 49°C da zichligi 1,129 g/l bo‘lgan gazda kislorod bilan qanday gaz teng hajmda aralashgan ekanligini toping. ( P = 100,7 kPa)

A) CO B) CO2 C) Cl2 D) Ar E) CH3Cl
41. (02-3-60). Uglerod oksidlari aralashmasining massasi 44 g, ularning hajmi esa 28 l (n.sh.). CO2 va CO molekulalari nisbati qanday bo’ladi?

A) 7:11 B) 5: 9 C) 7:13 D) 5: 7 E) 9:11



Hajmiy nisbatlar qonuni.
1. 6 litr metanning yonishi uchun, necha litr kislorod kerak bo’ladi?

A) 3 B) 6 C) 12 D) 9


2. 10 litr vodorod va 7 litr kislorod o’zaro reaksi-yaga kirishganda qaysi gaz, necha litr ortadi?

A) kislorod; 3 litr B) vodorod; 2 litr



C) kislorod; 2 litr D) vodorod; 3 litr
3. 40 litr vodorod va azot aralashmasi o’zaro

reaksiyaga kirishganda, 8 litr vodorod ortib qoldi. Aralashmadagi vodorodning massa ulushini aniqlang.

A) 19,52 B) 22,22 C) 64,13 D) 37,9
4. (99-3-3). Vodorod va kisloroddan iborat 200 ml gazlar aralashmasi portlatilgandan keyin, 20 ml yonishga yordam beradigan gaz ortib qoldi. Boshlan’gich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini (%) aniqlang.

A) 35 O2, 65 H2 B) 45 O2, 55 H2



C) 40 O2, 60 H2 D) 50 O2, 50 H2

E) 55 O2, 45 H2


5. (97-8-22). 14 l vodorod va uglerod (II) oksid aralashmasini yondirish uchun qancha hajm (l) kislorod reaksiyaga kirishadi?

A) 7 B) 9 C) 14 D) 21 E) 28
6. (97-12-21). 28 l ammiak va kislorod aralash-masi katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishdi. Bunda 6 l kislorod ortib qoldi. Boshlangich aralashmadagi kislorodning hajmini (l) aniqlang.

A) 8,3 B) 14,4 C) 18,2 D) 20,2 E) 12,6


7. (02-4-17). Moddalar miqdoriy qismlari 3: 2 bo’lgan xlor va vodorod aralashmasidan 2 l (n.sh.) hajmi portlatilganda hosil bo’lgan vodorod xlorid hajmini (l) toping.

A) 0,8 B) 0,4 C) 1,2 D) 1,6 E) 2,4


8. (02-10-33). 8 l NH3 ning hammasi H2 va N2 ga aylantirilsa, hosil bo’lgan vodorod hajmi azotning hajmidan necha litr ko’p bo’ladi?

A) 2 B) 4 C) 6 D) 8 E) 3


9. (02-11-10). Berk idishdagi azot(IV) oksid sovitilganda, uning 50% miqdori dimerga aylangan. Agar idishdagi moddalar gaz holatda bo’lsa, idishdagi bosim necha foizga o’zgargan?

A) 25 ga kamaygan B) 50 ga kamaygan C) 25 ga ortgan D) 50 ga ortgan

E) 75 ga kamaygan

10. (03-11-45). Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan SO2 va SO3 gazlari aralashmasining 8 l hajmini yondirish uchun qancha hajm (l, n.sh.) kislorod sarf bo’ladi?

A) 1,5 B) 2,9 C) 5,0 D) 2,5 E) 10


11. (03-11-46). Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan SO2 va SO3 gazlari aralashma-sining 8 l hajmini yondirish uchun qancha hajm (l; n.sh.) havo sarflanadi? [w(O2) = 0,2]

A) 15,5 B) 14,5 C) 12,5 D) 2,5 E) 17,5


12. (03-12-24). Tarkibi 60% xlor va 40% vodoroddan iborat 1 litr aralashma portlatildi. Qancha hajm (l, n.sh.) vodorod xlorid hosil bo’lishini toping.

A) 1,2 B) 0,6 C) 0,8 D) 0,4 E) 0,2


13. (99-10-30). Idish vodorod va xlor gazlari aralashmasi bilan to’ldirilgan. Shu aralashma orqali elektr uchqunlari o’tkazilganda, idishdagi bosim qanday o’zgaradi?

A) ortadi, so’ngra o’zgarmayda B) kamayadi C) kamayadi, so’ngra o’zgarmaydi D) ortadi E) o’zgarmaydi


14. (99-4-35). 10% vodorod, 10% kislorod va azotdan iborat 40 ml gazlar aralashmasi portlatildi. Portlashdan keyingi oddiy moddalar aralashmasining hajmini (ml. n.sh.) va tarkibini (%) aniqlang.

A) 34; 94,1 N2, 5,9 O2 B) 36; 94,4 N2, 5,6 O2

C) 38; 84,0 N2, 16 O2 D) 37; 93,4 N2, 6,6 O2

E) 35; 88,0 N2, 12 O2

2002-yil variant
1. (101-14). Tarkibidagi 6,02 ∙1023 dona vodorod atomi bo’lgan propanning – C3H8 hajmi (n.sh.)da necha litr bo’ladi?

A) 33,6 B) 22,4 C) 11,2 D) 2,8 E) 44,8


2. (101-26). Ozon va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorod va ozonning hajmiy nisbatini toping.

A) 16:1 B) 17: 2 C) 19:1 D) 19:2 E) 17:3


3. (102-26).Vodorod sulfidning havodagi hajmiy ulushi 0,001% bo’lganda yaxshi seziladi. Shu havodagi vodorod sulfidning massa ulushini toping.

A) 0,012 B) 0,12 C) 1,2∙10-4



D) 1,2∙10-5 E) 0,0012

4. (103-14). Molekulyar massasi (g) qanday bo’lgan gazning zichligi 2,857 g/l (n.sh.) ga teng bo’ladi?

A) 1,06∙10-24 B) 1,12∙10-24 C) 1,06∙10-22

D) 1,08∙10-23 E) 1,12∙10-22


5. (105-26). 18 ∙1024 ta kislorod atomlari (n.sh.da) qanday hajmdagi (l) ozonda bo’ladi?

A) 448 B) 224 C) 134,4

D) 112 E) 672
6. (106-26). Hajmi 48 l bo’lgan ammiak va uglerod (IV) oksid aralashmasining massasi 67,3 g bo’lsa, aralashmadagi har bir gazning hajmini (l) hisoblang.

A) 26; 22 B) 12; 36 C) 29,5; 18,5

D) 18,5; 29,5 E) 22,4; 25,6
7. (109-26). Tarkibi 3CO + 2CO2 dan iborat 1 kg gazlar aralashmasining 50oC va 986 kPa bosimdagi hajmini hisoblang.

A) 79 B) 75 C) 72 D) 66 E) 84
8. (110-26). Massasi 5,5 g bo’lgan gazning havoga nisbatan zichligi 1,52 bo’lsa, uning hajmi qancha (l) bo’ladi?

A) 3,5 B) 5,5 C) 4,5 D) 4 E) 2,8


9. (113-14). Yarim mol miqdoridagi ammiak 22oC va 177,32 kPa bosim ostida joylashtirilgan. Shu gaz tarkibidagi vodorod atomlari sonini hisoblang.

A) 11,2∙1023 B) 15,1∙1023 C) 5,6∙1023



D) 9,03∙1023 E) 4,5∙1023
10. (114-26). Ammiak sintez qilish uchun tayyorlangan gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 3,6. Aralashmaning foiz tarkibini (hajm bo’yicha) aniqlang.

A) H2-66,5; N2-33,5 B) H2-70; N2-30

C) H2-75; N2-25 D) H2-80; N2-20

E) H2-90; N2-10


11. (115-14). Hajmi bir kubometr bo’lgan gazdagi modda miqdori qancha bo’ladi?

A) 43,8 B) 45,3 C) 41,7

D) 44,9 E) 44,6
12. (116-14). Azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 14,5 ga teng bo’lgan aralashmadagi har bir moddaning massa ulushini (%) toping.

A) 50 va 50 B) 60,5 va 39,5



C) 72,4 va 27,6 D) 75 va 25

E) 39 va 61

13. (123-14). Hajmi 5 l bo’lgan va vodorodga nisbatan zichligi 10 bo’lgan kislorod-vodorod aralashmasini tayyorlash uchun (n.sh.) har bir gazdan necha litrdan olish kerak?

A) 4 l O2; 1 l H2 B) 2,5 l O2; 2,5 l H2

C) 2 l O2; 3 l H2 D) 3 l O2; 2 l H2

E) 1 l O2; 4 l H2


14. (125-14). Agar 350 ml fosfor bug’lari n.sh.da 0,97 g kelsa, bug’da fosfor molekulalarining tarkibi qanday bo’ladi?

A) P6 B) P4 C) P2 D) P E) P8


15. (122-14). 100oC temperaturada hajmi 1 m3 bo’lgan idish 1 kg vodorod bilan to’ldirilgan. Idishdagi bosimni hisoblang.

1) 1549,8 kPa 2) 15,3 аtm

3) 1850,5 kPa 4) 10146,5 mm.sim.ust

5) 18,3 аtm 6) 11624,6 sim.ust

А) 1,5,6 В) 3,4,5 C) 2,3,5

D) 1,2,6 Е) 2,3,6
16. (127-26). Havodagi uglerod(IV)oksidning hajmiy miqdori 0,03% ga teng bo’lsa, 1 litr havodagi uglerod(IV)oksidning molekulalar sonini aniqlang.

A) 1,5∙1018 B) 6,0∙1018 C) 4,0∙1018

D) 4,5∙1018 E) 8,0∙1018

17. (128-10). Havodan ikki marta og’ir uglevodorodning formulasini aniqlang.

A) C4H8 B) C5H10 C) C4H10

D) C5H12 E) C3H8


18. (128-14). CO va CO2 oksidlari aralashmasida uglerod va kislorodning massa nisbati 1:2 ga teng. Aralashmadagi gazlarning hajm ulushini (%) aniqlang.

A) 40 va 60 B) 50 va 50

C) 44,5 va 55,5 D) 38,9 va 61,1

E) 62,5 va 37,5



2003-yil variant.
1. Bosimi 96 kPa va temperaturasi 300oK bo’lgan metanning 1 ml hajmidagi molekulalar sonini hisoblang.

A) 3,0 ·1018 B) 2,7 ·1019

C) 2,7 ·1018 D) 2,3 ·1019
2. 23oC va 10000 Pa’da hajmi 22,4 litr bo’lgan gazning n.sh.dagi hajmini toping.

A) 5,04 B) 2,04 C) 3,04 D) 4,04

3. Qaysi gazlarning 1 g miqdori 0oC va 101,1 kPa bosim ostida 5,1·10-4 m3 hajmni egallaydi.

1) N2O 2) N2 3) CO

4) CO2 5) C2H4 6) C3H8

A) 2,3,5 B) 1,4,6 C) 1,3,5 D) 3,4,6


4. Quyida keltirilgan moddalarning qaysilarida molekulalar soni bir xil?

1) 24g azot bilan 44g uglerod(IV) oksid

2) 0,5mol azot bilan 11,2 litr (n.sh.) uglerod(IV) oksid

3) 2 litr azot bilan 1 litr uglerod(IV) oksid

4) 14g azot bilan 0,5mol uglerod(IV) oksid

A) 2 va 4 B) faqat 2 C) 1 va 2 D) 3 va 4
5. Bir xil sharoitda va bir xil massada berilgan qaysi gaz eng katta hajmni egallaydi?

A) kislorod B) vodorod sulfid

C) sulfit angidrid D) karbonat angidrid


6. Aralashma tarkibida teng massada CH4 va O2 gazlari mavjud, CH4ning partsial bosimi 100 kPa. Aralashmaning umumiy bosimi necha kPa?

A) 50 B) 100 C) 150 D) 200


7. Miqdori 4,5 ·1012 dona azot atomlari havoning qanday hajmida bo’lishi mumkin? [ω(N2)= 0,78]

A) 4,8 ·10-12 B) 3,7 ·10-10

C) 2,1 ·10-10 D) 1,07 ·10-10
8. Xona temperaturasida Sx ning bitta molekula-si massasi 4,26·10-22 g ga teng. Agar oltingugurt atomining massasi 5,32·10-23 g bo’lsa, “x” ning qiymatini toping.

A) 2 B) 6 C) 8 D) 10


9. 900oC’da oltingugurt bug’larining geliyga nisbatan zichligi 16 ga teng. Shu temperaturada oltingugurt molekulasida nechta atom mavjudligini aniqlang.

A) 2 B) 6 C) 8 D) 10
10. Uglerod(II) va uglerod(IV) oksidlari aralash-masining vodorodga nisbatan zichligi 18 ga teng. Aralashmaning hajmiy tarkibini (%) toping.

A) 50% CO va 50% CO2

B) 25% CO va 75% CO2

C) 40% CO va 60% CO2

D) 60% CO va 40% CO2


11. Oltingugurt bug’ining karbonat angidridga nisbatan zichligi 8,83 ga teng. Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat?

A) 12 B) 6 C) 8 D) 10
14. Vodorod va kisloroddan iborat 220 ml gazlar aralashmasi portlatilgandan keyin, yonishga yordam beradigan 100ml gaz ortib qoldi. Boshlang’ich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini (%) aniqlang.

A) 36 O2; 64 H2 B) 45 O2; 55 H2



C) 64 O2; 36 H2 D) 55 O2; 45 H2
15. Azot (III) oksid va neon bir xil sharoitda olingan bo’lib, ularning har qaysisining hajmi 672 litrdan bo’lsa, birinchi gazning atomlari soni ikkinchi gazning atomlari sonidan necha marta ko’p?

A) 5 B) 3 C) 1,5 D) 2,5
16. Tarkibida 4,515 ·1023 dona uglerod atomlarini tutgan buten – C4H8 qanday hajmni (litr) egallaydi?

A) 13,6 B) 8,2 C) 4,2 D) 14,8


17. Quyida keltirilgan gazlardan qaysi biri n.sh.da 5,6 litr hajmni egallaydi?

A) 32g metan B) 20g butan



C) 7 g azot D) 17g vodorod sulfid
18 Agar bosim 101,3 kPa ga teng bo’lsa, hajmi 1 litr bo’lgan xlor qanday temperaturada (oK) 1g massaga ega bo’ladi?

A) 865 B) 593 C) 600 D) 273
19. 20oC da va 100kPa bosimda suv sathi ustida yig’ilgan 120 ml azotning (n.sh.da) qancha hajm egallashini hisoblang. (20oC da suvning bug’ bosimi 2,3 kPa).

A) 134 B) 220 C) 180 D) 108


20. Hajmi 3 litr bo’lgan idishdagi gaz 93,3 kPa bosim ostida turibdi. Agar gaz egallagan hajm 2,8 litrgacha siqilsa, bosim qanday bo’ladi?

A) 80 B) 90 C) 100 D) 110


21. Massasi 100 g va tarkibi 3CO + 2CO2 50oC va 98,6 kPa bosimdagi hajmini (litr) hisoblang.

A) 66 B) 79 C) 72 D) 84


22. 27oC da 100 litr hajmni egallagan 3,01·1024 ta gaz molekulasi qanday bosimga (kPa) ega bo’ladi?

A) 124,7 B) 110,4 C) 101,3 D) 138,0
23. Hajmlari 5,6 m3 bo’lgan azot va 2,8 m3 kislorod aralashmasidagi molekulalar sonini toping.

A) 3,34·1026 B) 2,56·1023



C) 2,26·1026 D) 3,01·1023

24. O2 ning 303,9kPa va 207°C dagi zichligi qandaydir bir X gazining 1 atm va 127°C dagi zichligi bilan teng. X gazini aniqlang ?

S = 32; Cl = 35,5; I = 127

A) HI B) O3 C) Cl2 D) SO3


25. N2 gazi 25°C da suv sathi ustida yig’ilgan. Konteynerdagi bosim 420 mmHg. Hajm 2 barobar kamaytirilganda bosim 25°C da qanday bo’ladi?(Psuv=24mmHg)

A) 214 B) 840 C) 396 D) 816



2004-yil variant.
1. (101-17). Tarkibi hajm bo’yicha 40% karbonat angidrid, 30% azot va 30% argondan iborat gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasi qancha bo’ladi?

A) 38 B) 44 C) 28 D) 32 E) 40
2. (101-18). Gazlar aralashmasining 2% i azot molekulalaridan iborat. Shu aralashmaning

3 litridagi azot molekulalari sonini hisoblang.



A) 1,6 ∙1021 B) 5∙1021 C) 5∙1020

D) 1,1∙1021 E) 1,1∙1022


3. (102-17). Odatdagi sharoitda quyidagi moddalardan qaysi birining 1 grammida eng ko’p sondagi molekulalar bo’ladi?

A) suv bug’i B) vodorod xlorid C) vodorod

D) ammiak E) kislorod
4. (102-18). Azot oksidlaridan birida azot bilan kislorodning massalari 7:20 nisbatda bo’ladi. Shu oksidning formulasini aniqlang.

A) azot(II)oksid B) azot(III)oksid



C) azot(V)oksid D) azot(IV)oksid
5. (103-18). Fosforning ftorli birikmasi tarkibi-dagi ftorning massa ulushi 0,78 bo’lgandagi modda formulasini toping.

A) H[PF6] B) PF3 C) PF5 D) H[PF4]
6. (104-17). Gaz holatdagi (n.sh.da) 2,8 l xlorda necha dona xlor atomi bo’ladi?

A) 4,2 ∙1022 B) 8,1 ∙1024 C) 3,01 ∙1023

D) 6,02 ∙1023 E) 1,5 ∙1023
7. (104-18). Odam o’pkasidagi 750 million pufakcha (alveola) lar hajmi 3 l (n.sh.) bo’lgan havoni sig’diradi. Bitta havo pufakchasidagi kislorod sonini hisoblang.(O2 = 0,2)

A) 2,3 ·1013 B) 1,6 ·1015 C) 2 ·1013

D) 1,2 ·1014 E) 2,3 ·1016

8. (105-18). Havodagi uglerod(IV)oksidning hajmiy miqdori 0,03% ga teng bo’lsa, 0,5 l havodagi uglerod(IV)oksidning molekulalari sonini aniqlang.

A) 5,0∙1018 B) 8,0∙1018 C) 4,5∙1021

D) 4,6∙1018 E) 4,0∙1018


9. (106-17). Zichligi 0,179 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasi tarkibiga kiruvchi bitta atomning massasi (g) qanday bo’ladi?

A) 1,66∙10-22 B) 0,68∙10-23 C) 1,33∙10-23

D) 3,16∙10-23 E) 3,32∙10-24
10. (107-17). Gazning molyar hajmi deb nima?

1) bir xil sharoitda turli gazning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi;

2) reaksiya uchun olingan gazlarning hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi;

3) normal sharoitda 1 mol gaz 22,4 litr hajmni egallaydi;

4) har qanday gazning bir mol miqdorida 6∙1023 ta moleku­la bo’ladi;

5) har qanday murakkab moddaning tarkibi qaysi usul bilan olinishidan qat’iy nazar bir xil bo’ladi.

A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 E) 1
11. (107-18). Tarkibida azotning massa ulushi 0,30 bo’lgan oksidni ko’rsating.

A) azot(V)oksid B) azot(IV)oksid

C) azot(I)oksid D) azot(II)oksid

E) azot(III)oksid


12. (109-17) Suv bug’ining 100C dagi bosimi 2733 Pa ga teng. Shu bug’ning besh ml da nechta suv molekulalari bo’ladi?

A) 7,0∙1019 B) 3,5∙1018 C) 1,75 ∙108

D) 7,5 ∙1019 E) 1,2 ∙1024
13. (109-18). Tarkibi CO + 4CO2 (n.sh) bo’lgan gazlar aralashmasining 0,856 l ning massasini hisoblang.

A) 1,56 B) 1,82 C) 3,12 D) 1,61 E) 1,66
14. (111-18). Miqdori 3,5 mol bo’lgan kislorod massasiga teng miqdordagi azotning hajmi kislorodnikidan necha litrga farq qiladi?

A) 11,2 B) 7,4 C) 9,6 D) 6,7 E) 8,5
15. (112-17). Tarkibi 30 hajm kislorod, 20 hajm azot va 30 hajm geliy bo’lgan gazlar aralashmasining molyar massasini hisoblang.

A) 6,4 B) 18,8 C) 16,8 D) 17,2 E) 14,8

16. (114-17). N.sh.da 2,8 l etilendagi (C2H4) vodorod atomlarining soni qancha?

A) 1,50 ∙1023 B) 3,01 ∙1023 C) 6,02 ∙1023

D) 2,42 ∙1024 E) 3,82 ∙1022
17. (117-18). 6,02 ∙1023 ta kislorod atomlari (n.sh.) qanday hajmdagi (l) ozonda bo’ladi?

A) 5,6 B) 14,93 C) 8,96

D) 6,72 E) 7,47
18. (118-18). 14 ml vodorod va 12 ml kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin qaysi gaz qanday hajmda reaksiyaga kirishmay qolgan?

A) vodorod 10 ml B) vodorod 1 ml

C) vodorod 6 ml D) kislorod 5 ml
19. (120-17). Necha gramm neondagi molekula-lar soni 4,5 gramm suvdagi molekulalar soniga teng bo’ladi?

A) 2 B) 5 C) 4 D) 1 E) 1,5


20.(120-18).Ozon va azot aralashmasining vodo-rodga nisbatan zichligi 15 ga teng. Aralashma-dagi azot va ozonning hajmlar nisbatini toping.

A) 7:1 B) 17:3 C) 19:2

D) 6:1 E) 9:1
21. (121-18). Quyidagi keltirilgan gazlardan qaysi biri normal sharoitda 5,6 litr hajmni egallaydi?

A) 8,3 g kislorod B) 14 g azot

C) 32 g metan D) 17 g vodorod sulfid

E) 7,5 g etan
22. (122-17). Tarkibida 2,4∙1024 dona vodorod atomi bo’lgan propanning (C3H8) hajmini (n.sh) necha litr bo’ladi?

A) 22,4 B) 44,8 C) 2,8

D) 33,6 E) 11,2
23. (123-17). Hajmi 624 ml bo’lgan gaz 27oC va bosim 120 kPa bo’lganda, 2,64 g massaga ega. Gazning molekulyar massasini aniqlang.

A) 68 B) 88 C) 98 D) 78 E) 58


24. (124-18). Tarkibi 2CO + CO2 + 4H2 + 3N2 bo’lgan gazlar aralashmasida 32,06 l yonmay-digan gaz bo’lsa, aralashmaning umumiy massasini (g) hisoblang (n.sh.).

A) 66,8 B) 69,7 C) 65,7 D) 68,7 E) 85,7


25. (125-17). Massasi 8,4 g bo’lgan neonning hajmini (l) toping.

A) 3,36 B) 9,4 C) 11,2 D) 5,6 E) 4,7


26. (125-18). Uchta mis atomi (p = 8,96 g/sm3) va gazning beshta molekulasiga qanday hajm (m3, n.sh.) to’g’ri keladi?

1) 1,18∙10-29 2) 5,3∙10-29

3) 3,56∙10-29 4) 1,86∙10-28

A) 1,4 B) 3,4 C) 1,3 D) 2,4 E) 2,3


27. (126-18). Hajmi 2,5 l bo’lgan po’lat idishda 250 kPa bosim ostida 27oC sharoitidagi ammiakda nechta vodorod atomi mavjud?

A) 4,5∙1024 B) 5∙1023 C) 9,0∙1023 D) 4,5∙1023 E) 9,1∙1023


28. (127-17). Oddiy modda zichligi 1,43 g/l (n.sh.) bo’lsa, uning bitta atomining massasi qancha (g) bo’ladi?

A) 5,2∙10-23 B) 3,42∙10-23 C) 2,3∙10-23



D) 2,66∙10-23 E) 1,2∙10-23
29. (127-18). Massasi 273 g bo’lgan gaz 20oC va normal bosimda 164 l hajmni egallasa, uning vodorodga nisbatan zichligini toping.

A) 21,8 B) 20,0 C) 19,6 D) 21 E) 23,4


30. (128-18). Normal sharoitda 5 l havodagi molekulalar soni nechta?

A) 1,08∙1023 B) 3,01∙1023 C) 0,27∙1023



D) 1,34∙1023 E) 13,4∙1023

31. (130-17). Molekulyar massasi (g) qanday bo’lgan gazning zichligi 2,05 g/l (n.sh.) ga teng bo’ladi?

A) 7,31∙10-24 B) 1,12∙10-24 C) 7,31∙10-23

D) 7,64∙10-23 E) 1,06∙10-22


2005-yil variant.
1. (101-17). 400 ml 2 atomli gazning massasi 27oC, 133322 Pa bo’lgan sharoitda 0,685 g ga teng. Bu qanday gaz?

A) Cl2 B) O2 C) F2 D) H2 E) N2


2. (104-1). 3,01∙1023 ta gaz molekulasi qanday hajmni (n.sh.) egallaydi?

A) 5,6 B) 1,12 C) 11,2 D) 33,6 E) 22,4


3. (105-12). “Sintez gaz“ – bu …

A) bir hajm azot(I)oksid va bir hajm kislorod

B) bir hajm is gazi va ikki hajm karbonat angidrid

C) bir hajm is gazi va ikki hajm vodorod

D) bir hajm vodorod va bir hajm is gazi

E) bir hajm kislorod va ikki hajm vodorod
4. (105-10). 24 ml vodorod bilan 15 ml kislorod aralashmasi portlatildi. Portlashdan keyin qaysi gaz qancha hajm (ml) qolgan?

A) 9; H2 B) 3; O2 C) 6; H2 D) 9; O2 E) 3; H2


5. (106-17). 5,6 l (n.sh.) trimetilmetan - (CH3)3CH tarkibida nechta vodorod atomi bor?

A) 1,2∙1024 B) 1,8∙1024 C) 1,5∙1024

D) 1,5∙1023 E) 1,35∙1024
6. (108-17). 30 ml aralashmadagi N2 va H2 o’zaro reaksiyaga kirishgandan so’ng gazlarning og’ir-rog’idan 4 ml ortib qoldi. Dastlabki aralashma-dagi vodorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang.

A) 35 B) 65 C) 25 D) 40 E) 75


7. (109-17). Simob bug’larining havoga nisbatan zichligi 6,92 ga teng bo’lsa, simob molekulasi nechta atomdan tashkil topgan bo’ladi?

A) 1 B) 4 C) 3 D) 5 E) 2
8. (112-18). 27oC da tarkibida 20% H2; 40% CH4; 30% CO va 10% N2 bo’lgan 220 litr gazlar aralashmasini to’liq yondirish uchun (n.sh) havo kerak bo’ladi? (w(O2) = 0,2).

A) 210 B) 1200 C) 1051

D) 1020 E) 1155
9. (115-29). Hajm jihatdan 12% vodorod, 28% metan, 38% azot va 22% karbonat angidrid bo’lgan aralashmaning 0,6 m3 ini yondirish uchun … (m3) havo kerak.(w(O2) = 0,21).

A) 1,77 B) 3,16 C) 2,4 D) 2,37 E) 1,1
10. (119-10). H2 va O2 dan iborat gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 14,5 ga teng. Aralashmaning hajmiy tarkibini (%) aniqlang.

A) 10 va 90 B) 50 va 50 C) 60 va 40

D) 20 va 80 E) 35 va 65


11. (121-12). 80% CH4; 15% C2H6 va 5% C3H8 bo’lgan aralashmaning (n.sh.) zichligini aniqlang.

A) 0,87 B) 1 C) 0,7 D) 0,95 E) 0,78

2006-yil variant.
1. (101-18). Geliyga nisbatan zichligi 7 va 8 bo’lgan moddalarni kursating.

1) uglerod (II) oksid 2) azot(II) oksid

3) azot 4) ammiak 5) uglerod(IV) oksid 6) azot (IV) oksid 7) kislorod

A) 1,3,7 B) 3,5,7 C) 2,4,6 D) 1,3,5

2. (101-19). Azot va vodoroddan iborat aralashmadagi azotning hajmiy ulushi 10,5% bo’lsa, 25g shunday aralashmadagi vodorodning massasini (g) hisoblang.



A) 9,5 B) 22,4 C) 15,5 D) 2,6
3. (104-19). Vodorod va kisloroddan iborat 75g aralashma portlatilgandan so’ng qaysi gazdan necha gramm ortib qoladi? Boshlang’ich aralashmada kislorodning hajmiy ulushi 20%.

A) kislorod; 8 B) vodorod; 15

C) kislorod; 52,5 D) vodorod; 7,5
4. (105-19). Vodorod va azotdan iborat 38 g aralashmadagi azotning massasini toping. Aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi 0,82.

A) 9,33 B) 6,84 C) 31,16 D) 28,67


5. (105-19*). Vodorod va azotdan iborat araiashmadagi vodorodning hajmiy ulushi 82 bo’lsa, aralashmaning molekulyar massasini hisoblang.

A) 9,33 B) 6,68 C) 31,16 D) 28,67


6. (106-1). Bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi (n.sh.da) kichik bo’ladi?

A) kislorod B) metan

C) vodorod D) xlor
7. (107-18). 350 ml (n.sh.) fosfor bug’i 0,97 g kelsa, bug’dagi fosfor molekulalarining tarkibi qanday bo’ladi?

A) P2 B) P C) P6 D) P4
8. (109-18). Vodorod sulfidga nisbatan zichligi 1,294 va 1,353 bo’lgan gazlarning molekulyar og’irliklarini hisoblab, ularning nomlarini aniqlang.

A) uglerod(II)oksid, etan

B) azot(II)oksid, uglerod(II)oksid

C) atsetilen, etilen



D) uglerod(IV)oksid, azot(IV)oksid
9. (109-19). Kislorodning hajmiy ulushi 20% bo’lgan vodorod va kisloroddan iborat 27 g aralashma portlatilgandan so’ng ortib qolgan gaz va uning massasini aniqlang.

A) kislorod; 8,64 B) vodorod; 17,28



C) vodorod; 2,7 D) kislorod; 0,32

10. (111-12). Odam bir soatda 44 g CO2 ajratib chiqaradi. Bu gaz qanday hajmni (l, n.sh.) egallaydi?



A) 22,4 B) 11,2 C) 44,8 D) 33,6
11. (112-19). 38 ml vodorod bilan kislorod aralashmasi portlatilgandan so’ng 4,4 ml kislorod ortib qoldi. Boshlang’ich aralashmadagi kislorodning hajmini (ml; n.sh.) aniqlang.

A) 18 B) 15,6 C) 18,8 D) 16,8


12. (113-18). Hajmiy tarkibi 80% metan va 20% nomalum gazdan iborat bo’lgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 9,6 ga teng. Noma’-lum gazning molekular massasini aniqlang.

A) 48 B) 71 C) 32 D) 44


13. (113-19). 420 mg azot olish uchun necha litr (0oC, 101,3 kPa) havo kerak bo’ladi? Havodagi azotning hajmiy ulushi 78%.

A) 0,96 B) 0,38 C) 0,54 D) 0,43


14. (114-18). Normal sharoitda 1 l gaz 1,25 g massaga ega bo’lsa, uning molyar massasi necha?

A) 25 B) 22,4 C) 14 D) 28


15. (114-19). 34 g vodorod va kisloroddan iborat aralashmada kislorodning massasini (g) hisoblang. Aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi 68% ga teng.

A) 29,92 B) 10,88 C) 44,8 D) 23,12
16. (115-19). 25 mg argon olish uchun necha litr (n.sh.da) havo kerak bo’ladi? Havoda argonning hajmiy ulushi 0,93%.

A) 2,7 B) 1,5 C) 3,4 D) 1,0


17. (116-19). 150 ml (n.sh.da) kislorod va vodorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 60 ml (n.sh.da) kislorod ortib qolgan bo’lsa, boshlang’ich aralash-madagi vodorodning hajmiy ulushini hisoblang.

A) 40 B) 60 C) 35 D) 20
18. (119-1). Bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi (n.sh.da) katta bo’ladi?

A) kislorod B) metan C) vodorod D) xlor


19. (119-19). Hajm ulushi 15% vodorod; 5% kislo-rod va qolgan qismi azotdan iborat 50 ml gazlar aralashmasi portlatilgandan so’ng mahsulot kondensatlangan, qolgan aralashmaning hajmini (ml) toping.

A) 2,5 B) 42,5 C) 7,5 D) 5,0


20. (120-19). 75 g vodorod va kisloroddan iborat dralashmadagi vodorodning massasini (g) hisoblang. Aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi 20% ga teng.

A) 15 B) 60 C) 5 D) 70
21. (121-19). Is gazi va vodoroddan iborat 16,8 litr (n.sh.da) gazlar aralashmasini yondirish uchun zarur bo’ladigan havo hajmini (l. n.sh) hisoblang.(w(O2)=0,2)

A) 16,8 B) 42 C) 54 D) 22,4

22. (122-19). Gazlar aralashmasining 16% i etan va 84% i havo bo’lsa (hajm bo’yicha), aralashmaning azotga nisbatan zichligini toping.

A) 3,84 B) 0,92 C) 1,04 D) 0,58


23. (125-18). Berilgan aralashmada geliy va kislorodning hajmlari teng bo’lsa, uning havoga nisbatan zichligini aniqlang.

A) 0,31 B) 1,24 C) 0,62 D) 0,93



2007-yil variant.
1. (102-18). Havo va kislorod aralshmasidagi kislorod-ning hajmiy ulushi 80% bo’lishi uchun havo va kislo-rodni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? [w(O2) = 0,2].

A) 1: 4 B) 1: 2 C) 1: 3 D) 1:1


2. (104-18). Vodorodning hajmiy ulushi 60% bo’lgan, vodorod va azotdan iborat 124 g aralashmadagi azot massasini (g) aniqlang.

A) 49,6 B) 74,4 C) 12 D) 112


3. (105-18). Vodorod va kisloroddan iborat 50 g aralashma portlatilgandan so’ng qaysi gazdan necha gramm ortib qoldi? Boshlang’ich aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi 80% ga teng.

A) kislorod; 22,4 B) vodorod; 38,75

C) kislorod; 10 D) vodorod; 5
4. (110-18). Vodorodning hajmiy ulushi 70% bo’lgan, vodorod va kisloroddan iborat 110 g aralashmadagi kislorod og’irligini (g) hisoblang.

A) 96 B) 33 C) 14 D) 77
5. (114-18). Havo va azot aralashmasidagi azotning hajmiy ulushi 85% bo’lishi uchun havo va azotni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? [w(N2) = 0,75].

A) 1,5:1 B) 2:1 C) 2,5:1 D) 1:1
6. (115-18). Vodorod va kisloroddan iborat 10 g aralashma portlatilgandan so’ng qaysi gazdan necha litr (n.sh.) ortib qoldi? Boshlang’ich aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi 20% ga teng.

A) kislorod; 1,4 B) vodorod, 1,75

C) kislorod, 5,6 D) vodorod, 11,2
7. (116-18). Kislorodning hajmiy ulushi 20% bo’lgan vodorod va kisloroddan iborat 200 g aralashma portlatilgandan so’ng qaysi gazdan qancha miqdorda (g) ortib qoladi?

A) vodorod; 20 B) vodorod; 155

C) kislorod; 120 D) kislorod; 35





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling