Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

GLOSSARY 
Atamaning 
o’zbek tilida 
nomlanishi 
Atamaning 
rus tilida 
nomlanishi 
Atamaning 
ingliz tilida 
nomlanishi
Atamaning izohi 
naturalizm 
натурализм 
naturalism 
XIX 
asrning 
o`rtalarida 
Yevropa 
tilshunosligida 
vujudga 
kelgan 
oqim 
hisoblanadi va tilni sistema 
sifatida talqin qilish, tilni 
tabiiy organizm, organik bir 
butunlik sifatida tushunish 
g`oyasini ilgari surgan 
kompendium 
компедий 
compendium lot. qisqartirish degani. U yoki 
bu fanga oid muhim, asosiy 
qoidalarni, 
tushunchalarni 
ixcham, lo`nda bayon etish 
bobo til 
праязык 
parent 
language 
(language-
basis) 
genetik 
jihatdan 
o‘zarо 
bоg‘liq tillarning kelib chiqish 
va taraqqiy etish manbai 
(asоsi) deb qaraladigan til, 


119 
qiyosiy-tarixiy metоd bilan 
tiklanadigan 
abstrakt 
lingvistik mоdel 
psixologizm 
психологизм 
psycholo-
gism 
tilning alohida shaxslarning 
ruhiy hayoti va tafakkuriga 
munosabati 
jihatdan 
o`rganilishiga 
asoslangan 
lingvistik yo`nalish 
“yosh 
grammatika-
chilar” 
младограм-
матики 
young 
grammatists 
lingvistik maktab. Tilni tarixiy 
hodisa 
deb 
hisoblashgan. 
Yosh 
grammatikachilar, 
shuningdek, 
tovush 
o`zgarishlaridagi 
qonuniyatlarni 
aniqlashgan, 
ular tirik tillar va dialektlar 
o`rganilishi 
lozim 
deb 
hisoblashgan 
fonema 
фонема 
phoneme 
yunоncha phonema – tоvush. 
Til 
birliklarining 
tоvush 
qоbig‘i bo‘lib, ularni o‘zarо 
farqlash 
xususiyatiga 
ega 
bo‘lgan 
tоvush 
birligi. 
Masalan, 
qоl, 
qil, 
qo‘l 
so‘zlarining tоvush qоbig‘i 
bo‘lib, 
ularni 
o‘zarо 
farqlashga о, i, o` fоnemalari 
xizmat qiladi. 
fonemaning 
fakultativ 
varianti 
факульта-
тивный 
вариант 
фонемы 
optional 
variant of 
phoneme 
tengdosh 
yoki 
o`rinbosar 
varianti 
fonemaning 
kombinator 
variant 
комбинатор-
ный вариант 
фонемы 
combinato-
rial variant of 
the phoneme 
ma`lum 
o`rinlarda 
kelishi 
tufayli 
hosil 
bo`ladigan 
varianti 
divergensiya 
дивергенция 
divergence 
bir fonemaning ikki fonemaga 
parchalanishi 
konvergensiya 
конверген-
ция 
convergence ikki fonemaning o`zaro bir-
biriga o`xshab kelishi yoki bir 
fonema bo`lib kelishi 
Adabiyotlar
1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010. 
2.Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007. 
3.Маdjidova R., Sultonova Sh., Zokirov M. O’zbekcha-ruscha-inglizcha lingvistik 
atamalar muxtasar lug’ati. – Т., 2016. 


120 
11-MAVZU. RUS TILSHUNOSLIGI 
Reja: 
 
1.Rus tilshunoslik vakillari 
2. Lyudvig Vintgenshteyn nazariyasi 
1.Rus tilshunoslik vakillari 
XX asr boshlarida rus hokimiyatining dastlabki yillarida XX asr rus 
tilshunosligida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud edi. Ular oʻzlarining ilmiy 
tekshirish ishlarini turli nazariy qarashlar asosida davom ettirdilar. 20-30- 
yillardagi XX asr rus tilshunosligida quyidagi yoʻnalishlar va nazariy qarashlar 
mavjud edi.
1. Katta bir guruh tilshunos olimlar u yoki bu darajada Moskva va Qozon 
lingvistik maktabi an’analarini davom ettirdi. Bu tilshunoslar jumlasiga 
D.N.Ushakov, V.A.Bogoroditskiy, M.M.Pokrovskiy, E. D. Polivanov, A. M. 
Pyeshkovskiylarni kiritish mumkin. Ular metodik jihatdan tilni oʻrganishda, 
qiyosiy-tarixiy tilshunoslikni qoʻllab quvvatladilar.
2. N. Ya. Marr va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan til haqidagi 
“Yangi ta’limot” an’anasi hukm surar edi. Bu nazariya tarafdorlari tilshunoslikni 
ilmiy asosdan ajratib qoʻydilar.
3.N.Ya.Marr til haqidagi “Yangi ta’limotini yanada takomillashtirish uchun 
kurashuvchilar va unda mavjud boʻlgan ba’zi notoʻgʻri oʻrinlarni anglab olgan 
tilshunoslar. Bunga I.I.Meshchaninov, A. P. Potselevskiy kiradi.
4. L. V. Shcherba konsepsiyasi asosida tilshunoslikni rivojlantirish an’anasi 
mavjud edi. Bu konsepsiya rus tilshunosligini rivojlantirish va shakllantirishda 
ancha xizmat qilgandir. A. M. Peshkovskiy (1878-1933) oʻzining tilshunoslikka 
doir qarashlarining fundamentini F. Fortunatov va A. A. Potebnyadan olganligini 
ta’kidlaydi. U tilni oʻrganishda ustozlari izidan borib rus tilining turli sohalari 
haqida nazariy fikrlarni bayon etadi. Uningcha, biror narsaga ta’rif berganda 
uning tashqi tomonini emas, mohiyatini hisobga olish kerak deydi. Masalan, soʻz 
morfemalarning yigʻindisi, soʻz birikmalarning yigʻindisi deb ta’riflash mohiyatni 
ochib bera olmaydi.
A. M. Peshkovskiy rus tili grammatikasining idealizm bilan materializmni 
birga qoʻshgan eklektik sistemani yaratdi. U sintaktik hodisalarni subyektiv-
psixologik nuqtayi nazardan talqin qildi. Bu fikrlar uning mashhur asari «Ilmiy 
yoritilgan rus tili sintaksisi» (1914) da bayon etilgan. U til taraqqiyoti haqida 
toʻxtalib, til taraqqiyotida sakrash hodisasi yoʻq, deydi. A. M. Peshkovskiy faqat 
rus tili sintaksisi sohasidagina ish olib bormasdan, u intonatsiya, urgʻu, 
orfografiya, metodika, stilistika sohasida ham samarali ishlagandir.


121 
XX asr rus tilshunosligi taraqqiyotida samarali ishlagan olimlardan yana biri 
G. O. Vinokurdir (1896-1945). G. O. Vinokur tilshunoslik va adabiyotshunoslik 
sohasida samarali ish olib borib til bilan adabiyotni birlashtirishga harakat qildi. 
Rus tilida soʻzlarning yasalishi, rus tili orfografiyasi, stilistika sohasida ham 
salmoqdor ishlar qilgan. U umumiy tilshunoslik masalalari bilan ham 
shugʻullanib, bu sohaga doir qarashlarini “Til tarixining vazifalari haqida” nomli 
asarida bayon etadi.
Tilshunos E. D. Polivanov (1890-1937) faqat til nazariyotchisigina boʻlib 
qolmay, u xitoy, dungan va turkiy tillarni ham oʻrgangan. Uning koʻpchilik 
lingvistik qarashlari Boden de Kurtenening nazariy qarashlariga mos tushadi. 
Lekin bunda ba’zi bir sotsiologik qarashlar ham mavjuddir. E.D.Polivanov 
oʻzining tilshunoslikka doir nazariy qarashlarini “Tilshunoslik va umumiy 
fonetikaga kirish kursidan leksiyalar” nomli asarida bayon etgandir. U Marr va 
uning shogirdlari tomonidan yaratilgan nazariyalarga qarshi kurashib qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshgan. Bunda u ma’lum 
faktlarni mladogrammatiklar kabi keltirishlar bilan cheklanmaydi, balki har bir 
taraqqiyotni kuzatishga harakat qiladi. E. D. Polivanov umumiy tilshunoslik 
masalalari bilan ham shugʻullanib, matematik lingvistika haqida ham oʻz nazariy 
xulosalarini aytgandir. E. D. Polivanov dastlabki ishlarida til hodisalarini 
psixologik nuqtayi nazardan, keyinchalik tilni ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Lekin 
u fonologiyani psixofonetika deb nomlaydi. Fonemaning fakultativ variantlari va 
kombinator variantlari orasidagi oʻzaro munosabatlarni aniqladi, bir fonemaning 
ikki fonemaga parchalanishi (divergensiya) va ikki fonemaning oʻzaro bir-biriga 
oʻxshab qolishi yoki bitta fonema boʻlib ketishi (konvergensiyasi) nazariyalarini 
ishlab chiqdi. U morfemani ikki turga leksik (oʻzak) va formal (grammatik) 
turlarga ajratadi. E. D. Polivanov frazeologiyani tilshunoslikning alohida boʻlimi 
deb hisoblashni tavsiya etadi. Uni leksikologiyaga ham, sintaksisga ham 
kiritmaydi. U bir qancha tillarning qiyosiy grammatikalarini yaratdi. Jumladan 
1933-yilda “ Rus tilining oʻzbek tili bilan qiyoslashgan grammatikasi” degan asar 
yozgan.
XX asr rus tilshunosligini yaratish va taraqqiy ettirishda akademik 
L.N.Shcherba (1880-1944) ning xizmatlari kattadir. L. V. Shcherbaning 
tilshunoslikdagi tadqiqot doirasi juda kengdir, u tilshunoslikning umumiy 
masalalari, fonetikasi va orfoepiyasi, leksikografiyasi, xorijiy tillarni oʻrganish 
metodikasi va fransuz tili kabi sohalari haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Bu 
fikrlar uning “Sharqiy lujits shevasi” “Orfografiyaning asosiy prinsiplari va 
ularning ijtimoiy ahamiyati”, “Ona tilini oʻqitish metodikasida eng yangi oqim”, “ 
Savodsizlik va uning sabablari” asarlarida oʻz ifodasini topgan. Tilshunoslikning 
umumiy masalalari bilan qiziqib, u tilga struktura sifatida emas, balki sistema 


122 
sifatida yondashadi. L.V.Shcherba til hodisalarining uch jihatiga e’tibor berishni 
qayd etadi. Nutq faoliyati, til materiali, til sistemasi. L.V.Shcherbaning bu fikrlari 
“Rus tilidagi soʻz turkumlari haqida” (1928) degan kitobida oʻz ifodasini 
topgandir. Sistema deganda u soʻzlar qatorining grammatik qonun qoidalar 
asosida biriktirilgan soʻzlarni tartibga keltiruvchi grammatik formalarni 
tushunadi. L. V. Shcherba soʻzlarning leksik-grammatik turlari nazariyasini 
yaratdi. Bunda u grammatikaning quyidagicha taqsimotini beradi.
1. Soʻz yasovchilar haqida qoida.
2. Forma yasovchilar haqida qoida.
3. Aktiv va passiv sintaksis haqida qoida.
4. Fonetika.
5. Leksik va grammatik kategoriyalar haqida qoida
L. V. Shcherba fonetika, fonologiya va fonema nazariyasi haqida ham 
qimmatli fikrlar bildirgan. Fonema nazariyasi uning “Fransuz tili fonetikasi” 
kitobida bayon etilgan. Uning fonema haqidagi konsepsiyasi keyinchalik 
shogirdlari L. R. Zinder, M.I.Matusevich tomonidan davom ettirildi. XX asr rus 
tilshunosligi taraqqiyotida V. V. Vinogradovning katta hissasi bor. U badiiy til, 
stilistika, til tarixi, morfologiya, sintaksis, frazeologiya, leksikologiya sohasida 
arzirli ishlar qilgan. U “Badiiy adabiyot tili haqida” (1959) nomli yirik tadqiqoti 
bilan badiiy adabiyot tilini filologiya fanining mustaqil tarmogʻi sifatida asoslab 
berdi. V. V. Vinogradovning morfologiya sohasida yaratgan muhim nazariyasi 
“Rus tili. Soʻz haqida grammatik ta’limot” (1947) nomli asarida oʻz ifodasini 
topgan. Til sintaksisi haqidagi original fikrlar “ Rus tili sintaksisini oʻrganish 
tarixi” asarida bayon etilgan. Leksikologiya, frazeologiya, soʻz yasalishi 
masalalariga bagʻishlangan ilk fikrlar ham Vinogradovga tegishlidir.
Xullas, V. V. Vinogradovning badiiy adabiyot tili, stilistika, frazeologiya 
haqidagi tadqiqodlari shu sohalarning rivoji uchun nazariy yoʻllanma boʻlib 
xizmat qiladi. XX asr boshlarida rus tilshunosligida sotsiologik oqim 
namoyondalari ham mavjud edi. Bular jumlasiga N. Ya. Marr, R.O.Shornini 
kiritish mumkin. Til haqidagi “yangi nazariya” N. Ya. Marr nomi bilan 
bogʻlanadi. N. Ya. Marr oʻzining tilshunoslikka doir qarashlarini yoritar ekan oʻz 
nazariyasining ba’zi elementlarini Gʻarbiy Yevropa tilshunoligidan olgandir. U 
tilshunosgina emas, balki zoʻr arxeolog hamdir. N. Ya. Marrning ta’limoti 
tubandagi masalalarni qamrab olgan.
1.Til ustqurma kategoriyasiga kirib sinfiy xarakterga egadir. Umumxalq tili 
boʻlmaydi, har bir til qarama-qarshi sinflar tilidan iborat.
2. Kishilarning soʻzlashuv tili paydo boʻlgunga qadar jamiyatda imo-ishora, 
mimika tili hukm surgan. Kinematik til 500 ming yil avval paydo boʻlgan tovush 
tili 50 ming yil ilgari shakllangan.


123 
3. Har bir tilning taraqqiyoti asosida toʻrt element yotadi. Bular sol, ber, yon, 
rosh.
4. Tilning taraqqiyoti asta-sekin eski shakllarini yangi shakllar bilan 
almashishi asosida emas, balki sakrash yoʻli bilan boʻladi. Ana shu sakrash 
yoʻlida tildagi eski shakl va soʻzlar yoʻqoladi yoki yangi ma’no ottenkalarini kasb 
etadi. Shu nuqtayi nazardan N. Ya. Marr tarixiy tilshunoslikka qarama-qarshi 
soʻzlar semantikasiga katta e’tibor beradi. Tilga xos jarayonlarda semantika 
muhim rol oʻynaydi. Soʻzlarning ma’nolarida doim qarama-qarshi sematik 
qutblarga ajralish yuz berib turadi. Masalan, yer-osmon ma’nosidagi soʻz vaqt 
oʻtishi bilan «yer» va «osmon» ma’nolariga boʻlinadi.
5. Tovush tili butun dunyoda yuz bergan yagona glottgoniya (til yaratish) 
jarayonining natijasidir.
6. Til yaratishning yagona jarayoni turli stadiyalarni oʻz ichiga oladi. Ular 
quyidagilardan iborat: a) yafetik (yofas) stadiyasi-hamma tillar taraqqiyotining 
ushbu bosqichini oʻtishi shart; b) amorf stadiya; v) agglyutinativ stadiya; g) 
flektiv stadiya. Ushbu stadiyalarning keyingi uchtasi tipologik tasnif asosiga 
qurilgan. Ushbu stadiyalar asosida N.Marr tillarning taraqqiyotini koʻrsatadigan 
«shajara daraxti»ni taklif etdi.
7. Tillar dastlab koʻp sonli boʻlgan, chatisha borib, ularning miqdori kamaya 
boradi. Taraqqiyotning eng soʻnggi bosqichida umumjahon yagona tili yaratiladi, 
ammo u ham keyinchalik oʻzining tovush materiyasini yoʻqotadi.Til faqat 
semantikadan iborat boʻladi. Sanab oʻtilgan qarashlar N.Ya. Marrning 
«Tanlangan asarlari» (5 jild) da oʻz ifodasini topgan. 1920-30-yillarda rus 
tilshunosligi taraqqiyotida birinchi oqim namoyondalari samarali xizmat qildilar. 
Ular tilllarni oʻrganishda qiyosiy tarixiy metodning ahamiyatini tushundilar va 
Marrning nazariyasiga qarshi kurash olib bordilar. Jumladan, E.D. Polivanov 
oʻzining “Tarixiy tilshunoslik va til siyosati” nomli asarida bu nazariyaning 
kamchiliklarini ochib tashladi. N.Ya.Marr ta’limoti uning shogirdlari tomonidan 
rivojlantirilishi bilan birga qayta koʻrib chiqildi. I.I.Meshchaninov 30-yillarda 
Marr ta’limotining propagondisti sifatida, 40-yillar va undan keyin Marr 
konsepsiyasidagi xato va kamchiliklarni sezib hozirgi davr tilshunosligi bilan 
moslashtirishga harakat qildi. Keyinchalik oʻz xatolarini tushunib yetib, Marr 
kabi tilning asosida semantika emas, balki grammatik kategoriyalar mavjudligini 
koʻrsatib berdi. I. I. Meshchaninov tilshunoslikning turli masalalari yuzasidan 
qimmatli tadqiqotlar olib borib keyinchalik qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning roliga 
ham katta baho bergandir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling