Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozon maktabi
- “XIV asrgacha bo`lgan qadimgi polyak tili haqida”
bir necha sahifa” (dissertatsiyasining ilova qismi), Boltiq tillaridagi urg`uga
bag`ishlangan asarlari, hind-Yevropa tillarining fonetik strukturasiga bag`ishlangan bir qancha kichik-kichik hajmli ishlari (shogirdi prof. V.K. Porjezinskiyning ko`rsatishicha, hammasi bo`lib 35ta asari) bor. Shuni aytish kerakki, F.Fortunatovning ilmiy merosi hali yetarlicha o`rganilgan emas. F.Fortunatov ajoyib tilshunoslarni yetishtirgan o`ziga xos lingvistik maktab yaratdi. Bu maktabga uning M.M. Pokrovskiy (1869-1942), keyinchalik o`z maktabini yaratgan A.A. Shaxmatov (1864-1920), V.K. Porjeniskiy (1870-1929), A.I. Tomson (1860-1935), D.N. Ushakov (1873-1942), M.N. Peterson kabi ko`p sonli mashhur shogirdlari mansubdir. F.Fortunatov oldiga chet mamlakatlardan ham yosh olimlar kelib, undan ta`lim olar edilar. Shuning uchun uning chet ellik shogirdlari ham ko`p edi. Qozon maktabi Moskva maktabi bilan bir qatorda XIX asr oxirlarida Qozon universitetida ham alohida lingvistik maktab maydonga keldi. Unga mashhur rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignansi) Boduen de Kurtene (Netsislav) (1845-1929) rahbarlik qildi. 1870-yilda Leypsigda “XIV asrgacha bo`lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli mashhur asari bosmadan chiqadi. 1874-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini (“Rezyan shevalarining fonetikasini o`rganish tajribasi”) himoya qiladi, shu yili Qo`zon universitetida avval dotsent, keyin professorlik vazifasida ishlay boshlaydi. Rossiyada birinchi marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil qilindi. Boduenning asarlari juda ko`p bo`lib, ularning talay qismi matbuotda e`lon qilingan. Shuning uchun ularning xammasini to`plash xam qiyin. Boduen de Kurtene tabiiy fanlarga qiziqar edi. U hammadan burun Darvinning evolyutsiya nazariyasiga alohida ahamiyat bergan. Bu uning asarlaridagi darvinizmga moyillikdan ham ko`rinadi. Shuning uchun ham u tilshunoslikni tabiiy fanlarga kiritadi. Shu bilan birga, Boduen tilga ijtimoiy jihatdan kerakligini ham ko`rsatgan. Masalan, u yozadi: “Til butun holda ham, o`zining qismlari holida ham kishilar orasida o`zaro aloqaga hizmat qilsagina, ahamiyatga ega bo`ladi”. I.A. Buduen de Kurtenening ta`limotida quyidagilar juda muhimdir: 1. Ma`lum tarkibiy qismlar va kategoriyalar kompleksi bo`lgan tildan uzluksiz takrorlanib turadigan protsess tilini farqlash kerak. Ma`lumki, buni Ferdinand de Sossyur til va nutq deb nomlaydi. 116 Boduen Qozonda ishlagan davrlarida uning maktabiga, I.V. Krushevskiy, V.A. Bogoroditskiy, S.K. Bulich va boshqalar kirgan bo`lsa, Peterburgda ishlagan vaqtlarida L.V. Sherba, B.A. Larin, A.P. Barannikov, V.V. Radlov kabi mashhur tilshunoslar uning yo shogirdlari, yoki izdoshlari sifatida atrofida to`plangan edilar. Varshavada ishlagan paytlarida esa V.Doroshevskiy kabi olimlarni yetishtirdi. Boduen de Kurtenening shogirdlaridan N.V. Krushevskiy o`zining “Til Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling