Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

German 
Paul 
tomonidan 
“Til tarixi 
tamoyillari” kitobida qayd qilingan. Bu fikrni 
Shleyxerning tilga biologik hodisa sifatida 
qarash («til – tabiiy organizm») fikri bilan 
solishtirish 
mumkin. 
“Yosh 
grammatikachilar”, 
shuningdek, 
tovush 
o`zgarishlaridagi 
qonuniyatlarni 
aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar 
o`rganilishi lozim deb hisoblashgan.


112 
organizmga 
o`xshash 
tomonlari 
haqida 
ham 
so`z 
yuritishgan. 
Yosh 
grammatikachilar fonetik o`zgarishlarni chuqur tadqiq etishdi, undagi qat`iy 
qonuniyatlarni, 
analogiyalarni, 
o`zlashmalarni 
va 
neologizmlarni 
ajratib 
ko`rsatishdi. Ular ta`limotiga induvidualizm va psixologizm g`oyalari xos bo`lgan. 
Shunday qilib, ular tildagi o`zgarishlar sabablarini jamiyatdagi o`zgarishlardan 
emas, balki inson ruhiyatidagi o`zgarishlardan izlashgan. Masalan, ular zamonaviy 
rus tili uni o`rganmagan bola uchun o`lik tildir, lekin o`lik til hisoblangan lotin tili 
esa bu tilni mukammal bilgan filolog-klassik uchun tirik til sifatida namoyon 
bo`ladi, deb hisoblashgan. 
 
Bu qiziq! 
Qiyosiy-tarixiy metod taraqqiyotining uchinchi bosqichi Aleksandr 
Potebnya, Gugo Shuxardt, Boduen de Kurtene, Ferdinand de Sossyur va 
boshqa olimlar faoliyati bilan bog`liqdir. Bu davrda sotsiologik tilshunoslik (ya`ni 
tilning ijtimoiy vazifalarini muloqot vositasi sifatida ajratish), dialektologiya va 
dialektografiya sohalari taraqqiy qildi. G.Shuxardt so`zni u anglatgan predmetlar 
bilan bog`liqlikda o`rganishga chaqiradi. Uning “So`z va narsalar” asari (1912) shu 
nomli lingvistik maktabning yaratilishiga turtki bo`ldi. Avstriyalik tilshunos 
Rudolf Meringer tomonidan chop etiladigan “So`z va narsalar” jurnali ushbu 
maktabga shunday nom berdi. Shuningdek, neolingvistika (Italiyada XX asrning 
20-yillarida) oqimi vujudga keldi: bu oqim talqinicha, til ijtimoiy hodisa emas, 
balki individual hodisadir; yagona til mavjud emas, balki dialektga xos bo`lgan 
izoglosslar birligi bor, xolos. Asos hind-Yevropa bobo tilidagi bir qator 
izoglosslarning kashf etilishidir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling