Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik reja: Kognitiv, konseptual va formal modellar Matematik modelning real ob’ekti


Download 85 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1560534
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik


Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik
REJA:


1. Kognitiv, konseptual va formal modellar
2. Matematik modelning real ob’ekti
3. Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik

Ma'lumki, matematik modellashtirish moddiy modellashtirishga nisbatan quyidagicha ustunlikga (afzallikga) ega:



  • tejamkor;

  • gipotetik (xayoliy), ya'ni tabiatda joriy qilinmagan ob’yektlarni, modellashtirish imkoniyati (loyihalashning turli bosqichlarida);

  • natural holda joriy qilish murakkab yoki xavfli bo'lgan rejimlarni joriy qilish imkoniyati;

  • vaqt masshtabini o'zgartirish imkoniyati;

  • kengqamrovli tahlilning soddaligi;

  • bashoratlash sababli umumiy qonuniyatlarni aniqlay olish imkoniyatini kattaligi;

  • olib borilayotgan ish texnik va dasturiy ta'minotining universalligi.

Informatsion model - bu (mazmun mohiyati bo'yicha) ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali joriy qilingan avtomatlashtirilgan ma'lumotnomalardir (spravochnik). Bunday modellar yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bizga kerakli bo'lgan barcha axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo'lamiz (albatta, kirish parametrlarining qiymatlariga mos ravishda). Biroq bunday modellar yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lmagan yangi bilimlarni hosil qilib bo'lmaydi. Shu sababli bunday modellar potensiali nolga teng bo'lgan model bo'lib xisoblanadi. Ammo mazkur modellar biror bir, xattoki oddiy bo'lsin, matematik modellar bilan birgalikda yangi qonuniyatlarni ochib berishi mumkin bo'lib, tadqiq qilinayotgan jarayonni rivojlanishini bashorat qilib berishi imkonini yaratadi.
Umuman olganda, informatsion modelda kirish-chiqish parametrlar sifatida matematik ob’yektlarni, ma'lumotni qidirish protsedurasini esa qandaydir operator ko'rinishida ifodalash mumkin bo'lgani uchun ularni matematik modelni maxsus ko'rinishi deb hisoblash mumkin.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling