Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik reja: Kognitiv, konseptual va formal modellar Matematik modelning real ob’ekti


Download 85 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1560534
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik

Ma'lumotlarni yig'ish. Konseptual modelni yaratishda ob’yektning hamda X tashqi ta'sirning sifat (funksional) va miqdoriy parametrlari aniqlanib olinadi. Miqdoriy parametrlar uchun ularning qabul qiluvchi konkret qiymatlarini aniqlab olish zarur bo'ladi. Sababi, ulardan modellashtirishda boshlang'ich ma'lumot sifatida foydalaniladi. Bu bosqich murakkab va ma'suliyatli ish xisoblanib, u modellashtirishning muvofaqiyatli bo'lishiga sezilarli ta'sir etadi. Shuni ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, modellashtirish natijalarining ishonchliligi boshlang'ich ma'lumotlarning to'g'ri va to'liqligiga juda bog'liq bo'ladi.
Konseptual model yaratishning dastlabki bosqichlarida model tarkibiga kirishi lozim bo'lgan ba'zi bir parametrlar aniq bo'ladi. Mazkur parametrlar bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarni yig'ishni konseptual modelni ishlab chiqish bilan parallel ravishda olib borish mumkin. Konseptual modelga aniqliklar kiritish mobaynida boshqa qolgan parametrlar aniqlanadi. Umuman olganda boshlang'ich ma'lumotlarni yig'ish masalasi, asosan, quyidagi sabablarga ko'ra murakkablashadi. Birinchidan, ishlab chiqish lozim bo'lgan modelning parametrlari nafaqat determinirlangan, balki stoxastik ham bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, hamma parametrlar ham statsionar bo'lavermaydi, ayniqsa, bu nostatsionarlik tashqi ta'sirlarga taalluqli. Uchinchidan, modellashtirish, asosan, mavjud bo'lmagan (loyihalashtirilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan) yoki yangi sharoitdan ishlashi lozim bo'lgan tizimlar uchun ishlab chiqiladi.
Parametrlarning katta qismi - bu tabiatan tasodifiy miqdorlar bo'lib hisoblanadi. Lekin, modelni soddalashtirish (tushunish, boshqarish oson bo'lishi uchun) uchun ularning ko'plarini determinirlangan (tasodifiy miqdorlarning o'rtacha qiymatlarini olish hisobiga) deb olinadi. Albatta bu narsa, agar tasodifiy miqdor qiymatlari uncha tarqoq bo'lmasa yoki qo'yilgan maqsadga erishish uchun ularning o'rtacha qiymatlari yetarli bo'lganda amalga oshiriladi.
Modelni ishlab chiqish mobaynida yuqorida aytib o'tilgan xodisaga teskari xodisa ham bo'lishi mumkin, ya'ni determinirlangan parametrlarlarni tasodifiy miqdorlar ko'rinishda ifodalab olish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Bu narsa modelni o'lchamini kamaytirish maqsadida, tizim elementlari yoki tashqi ta'sirlar bilan integrallashgan holda amalga oshiriladi. Masalan, ma'lum bir dastur ishlayotganda ma'lum aniq bir sondagi ma'lumotlar qayta ishlanadi. Keyingi safar yana mazkur dasturga murojat qilinganda yana ma'lum aniq bir sondagi ma'lumotlarni qayta ishlaydi va xokazo. Dasturni ko'pkarrali bajarilishini modellashtirish uchun barcha ma'lumotlar to'plami sonini yoki mazkur to'plam qiymatlarini ma'lum bir taqsimot qonuniga ega bo'lgan tasodifiy miqdor bilan almashtirish mumkin bo'ladi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling