Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Nemis tili”
naturalizm oqimi (naturalizm – lotincha “natura” – “tabiat”
degani) paydo bo`ldi. Ushbu oqimning mashhur vakili nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1863) edi. A.Shleyxer tilshunoslikdan tashqari botanika va falsafa kabi fanlarni ham o`rgandi. U dastlab Bonn, so`ngra Praga, Iyen universitetlarining dotsenti va professori sifatida ma`ruzalar o`qidi, 1858-yilda Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a`zosi bo`ldi. A.Shleyxer hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug`ullandi, Litva tilini o`rganib, jonli nutq bo`yicha tadqiqotlar olib bordi, xalq og`zaki ijodiga oid materiallar to`pladi. U, shuningdek, qiyosiy-tarixiy va tipologik yo`nalishda german, slavyan, boltiq tillari bilan ham shug`ullandi. 104 Bu qiziq! Olim ayni vaqtda umumnazariy fikrlarni ham ilgari suradiki, bu fikrlar tilshunoslar tomonidan e`tibor bilan qabul qilindi. Ushbu fikrlar tovush qonuni, analogiya, tilning sistem xarakterga egaligi, so`zning shakli va vazifasi haqidagi g`oyalar bilan bog`lanadi. A.Shleyxerning mazkur nazariy qarashlari “Nemis tili” (1860) asarida bayon qilinadi. Bu qiziq! A.Shleyxerning eng mashhur asari “Hind- german tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi”dir (1861) (Kompendium – lot. qisqartirish degani. U yoki bu fanga oid muhim, asosiy qoidalarni, tushunchalarni ixcham, lo`nda Avgust Shleyxer tillarni qiyosiy o`rganishda tovushlarning qonuniy o`zgarishlariga e`tibor berishni talab qildi. U fonetikani fonologiya deb atadi va so`zda tovush, shakl hamda funksiyani farqladi. Avgust Shleyxer hind-Yevropa tillarining bitta bobo tildan kelib chiqqanligi g`oyasini ilgari surdi. U hind-Yevropa tillarining taraqqiyotini “shajara daraxti” jadvali orqali tushuntirdi, ya`ni, uning fikricha, qachonlardir hind-Yevropa bobo tili mavjud bo`lgan, uning tarqalib ketishidan hozirgi hind-Yevropa tillari kelib chiqqandir. 105 bayon etish). Bu asar o`tgan yarim asr davomida hind-Yevropa tillarini qiyosiy o`rganishning yakuni sifatida maydonga keldi va 15 yil ichida to`rt marta nashr qilindi. Kompendiumda A.Shleyxer hind-Yevropa tilini (bobo tilni) qayta tiklab, uning har bir shoxobchasi qanday rivojlanishini ko`rsatmoqchi bo`ldi. Umumiy tilshunoslikda A.Shleyxer dastavval naturalistik oqimning yo`lboshchisi, tashkilotchisi sifatida tan olinadi. Uning naturalistik falsafasi Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling