Universiteti turon zarmed universiteti


Download 90.99 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2023
Hajmi90.99 Kb.
#1300777
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi fanidan

Demokrit (mil. avv. 460-370 yillar) butun koinot, shu jumladan yerimiz ham undagi barcha narsalar, odamlar, hayvonlar va o`simliklar ham modda| jihatidan bir hil, lekin shakl va hajm jihatidan turli xil bo`lgan eng mayda zarrachalar-atomlardan iboratdir, deb ta‘kidlaydi. Uningcha, atomlar abadiy va o`zgarmasdir. Koinot behisob atomlardan tashqari bepoyon bo`shlikdan ham iboratdir. Atomlar ana shu bo`shliqda abadiy harakat qiladilar. Butun borlik, biznish fikr, sezgi va hislarimiz ham ana shu atomlarning harakati natijasida paydo bo`ladi. Hech narsa yo`qlikdan paydo bo`lmaydi va hech narsa izsiz yo`qolmaydi, tabiatdagi barcha o`zgarishlar atomlarning bir holatdan ikkinchi bir holatga o`tishi oqibatidir, bo`shliqdagi atomlarning harakati ob‘ektiv zaruriyat qonuni asosida ro`y beradi, hech qanday tasodifiy hodisa bo`lmaydi. Uningcha, har qanday inson fikr yuritish orqali o`zini qurshab turgan olamni bilishi va haqiqatga erishishi mumkin.
So`qrot (Sokrat)-(mil. avv. 471-399 yillar) o`zining butun umri davomida birorta ham asarlar yozmagan bo`lsa-da uning falsafasi shogirdlari asarlari, shuningdek xalq donishmandligi orqali keyingi avlodlarga yetib kelgan.So`qrotning fikricha, haqiqatni bilishning birdan bir yo`li muayyan metod-yo`ldan foydalanishdir. Uningcha, bu metod insonning o`z-o`zini bilishdan iboratdir. Shuning uchun ham u doimo „men hech nimani bilmasligimni bilaman" deb ta‘kidpagan. Uningcha, bilim eng avvalo insonning o`zini sinchiklab o`rganishdan boshlanadi. Inson o`z ruhiy holatini chuqur tahlil qilgandan so`nggina, o`zi yasha-yotgan hayotning turli-tuman muammolarini hal qila oladi, ya‘ni mutlaq haqiqatni tushunib yetadi. Haqiqat esa bahs-munozara orqali aniqlanadi.
So’qrotning kuzga kuringan shogirdlaridan biri Platon (mil avv. 427-347 yillar) antik davr ob‘ektiv idealizmining asoschisi hisoblanadi. U Afina shahrida Platon akademiyasi nomi bilan mashhur bo`lgan falsafa maktabiga asos soladi. U insonni o`rab turgan narsalarni abadiy o`zgarmas olamiy ruhlardan to`g`ilgan, deb hisoblaydi. Uningcha, olam ikkiga „ruhlar" va „soyalar" dunyosiga bo`linadi. ,,Soyalar dunyosi" o`tkinchi, ya‘ni vaqtincha dunyo bo`lib, ,,ruhlar dunyosi"ning soyasidir, ya‘ni aksidir. „Ruhlar dunyosi" makon va vaqtga bog`lik emas. U abadiy harakatsiz va o`zgarmasdir. Inson yashayotgan dunyo o`tkinchi va aldamchi dunyo bo`lib, undagi barcha narsa va hodisalar „ruhlar dunyosi" dagi narsa va hodisalarning soyasidir. Masalan, „ruhlar dunyosida"gi turli narsalar, predmetlar va hodisalar aslida ideya shaklida mavjud bo`lib, ,,soyalar dunyosi"dagi narsalar, predmet va hodisalarda gavdalanadi.
Shuningdek, Platon moddiy dunyo va undagi narsa va hodisalarni hissiy bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydi. Lekin hissiy bilish orqali kishilar real narsalarni bila olmaydilar, chunki u orqali haqiqat - ruhni emas, balki noreal narsalar - moddiy predmetlarni sezadilar, ular to`g`risidagi noto`g`ri, yolg`onchi tasavvurlarga ega bo`ladilar. Platon ham ,,dialektika"ni (bahs yuritish)ni bilishning birdan-bir yo`li-metodi deb hisoblaydi.
Platonning davlat va siyosat to`g`risidagi tushunchalari asosida ,,uch tabaqa" nazariyasi yotadi. Uningcha, birincha tabaqaga faylasuflar kiradi va ularning asosiy vazifasi davlatni boshqarishdir. Ikkinchi tabaqaga harbiylar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlat va uni boshqaruvchi faylasuflarni qo`riqlashdan iboratdir. Uchinchi tabaqaga dehqonlar va kosiblar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlatni boshkaruvchi faylasuflar, hamda ularni qo`riqlayotgan harbiylarni boqishdir. Platon qo`llarni hatto odamlar qatoriga kiritmaydi ham. Platon davlatni boshqarishning uch usuli: a)
Download 90.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling