Universiteti zamonaviy iqtisodiyot fanidan 2-mustaqil ish mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda biznes va tavakkalchilik


Download 71.74 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1524080
  1   2

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Zamonaviy iqtisodiyot fanidan
2-MUSTAQIL ISH
Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda biznes va tavakkalchilik


Variant-18



Topshirdi: Saipov Sharifjon
Guruh: 416-20
Qabul qildi: Bababekova N.
Reja:
1. Nima uchun aynan biznes

2. Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat


3. Tadbirkor biznes boshlashda nimalarni bilish kerak
Kirish
Biznesni tashkil etisgda Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me'yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohatlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O`zbekiston hukumatining iqtisodiyot sohasida amalga oshirayotgan islohatlarida eng ustivor, davlat siyosati darajasida ko`tarilgan masalalardan biri bo`lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat.
Kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to`ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini ish bilan ta'minlashda, uning daromadlarini oshirishda eng asosiy omil va manba bo`lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o`zining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor kon'yunkturasining o`zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e'tiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o`sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo`lgan mulkdorlar o`rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta'minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo`lgan muhim bug`in hisoblanmoqda.
Shu jihatdan, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy yo`naltirilishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste'molchilar talablari asosida amalga oshirish va tashkil etish hamda fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug`ullanishlariga keng yo`l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to`la foydalanishi, yuqori samara, tashabbus va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlariga katta e'tibor qaratilayapti.
Tadbirkorlarimiz oldilariga qo`ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelmoqdaki, bu - qonuniyatlari darajasida to`la anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko`nikmaga ega emasliklarida namoyon bo`lmoqda. Bu esa albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimizda sust rivojlanishini asosiy sabablaridan biridir.
Nima uchun aynan tadbirkorlik. Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida `tadbirkorlik` tushunchasining ko`p ma'noliligi saqlanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko`pincha bu favkulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to`plamidan iborat har xil tasavvurlar mavjud.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta'rifini ko`p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o`rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik `sarmoya egasi` va `Tadbirkor` tushunchalari bir-biridan farklana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko`payib borishini ta'minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya'ni jalb qilingan moliyaviy mablag`larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o`z g`oyalari, bilimi va ko`nikmalarini tadbiq qilib, ko`p foyda olish maqsadida o`sha mablag`larni tavakkali ishlarga sarflaydi.
O`zbekistonda va MDHda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning o`rtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa o`sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida o`rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-syokin o`tish bilan boshlanadi.
`Biznes` - so`zi inglizcha so`z bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so`z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta'rifini ko`p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so`zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u `Mulk egasi` degan ma'noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta'kidlaydi. Tadbirkorni o`zi, o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o`zi xo`jayinlik qiladi.
Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o`zi so`ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so`zdir. U butun dunyo bo`yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O`zbek tilida esa biznes so`zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O`zbekcha so`z xorijiy so`zga to`g`ri keladi, lekin unga qo`shimcha ma'no xam beradi. Bu so`zlarni ortida `ish` ya'ni ish bilan shug`ullanish yoki korxona tashkil qilish yetadi. Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do`koni, xizmat ko`rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.). Demak, biznes bu yo`q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko`rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o`z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o`qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir o`qishi, izlanishda bo`lishi kerak.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo`yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
`Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida`gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: `Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat` .
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub'yekti kim bo`lishi mumkin. Qonunchilikka muvofik balog`at yoshiga yetgan xar bir fukaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`z ixtiyer etgan qonunga zid bo`lmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta'rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo`lib, u mazmunan boy, xilma xil ko`rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo`lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko`rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug`ullanadi.
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar.
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki to`rini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog`liqni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Shug`ullanayotgan soha bo`yicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo`yicha tashabbuskorlik qobiliyati.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor bo`lishi.
O`z so`zining ustidan chiqish.
Ruhiy poklik va halolligi.
O`z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uyg`unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi: -
egalik qilish, ya'ni mulk egasi sifatida mulkka to`la xukumronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya'ni mulk egasining nazorati asosida ma'lum shart va to`lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resurslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.
Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.
mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;
hamkorlarni mustaqil tanlash;
mablag`larni qonunga zid bo`lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va x.k.;
Bozorning ochiqligi, ya'ni tovarlar, sarmoyalar, ma'lumotlar, ish kuchi, xom-ashyo harakati uchun sun'iy g`oyalarning yo`qligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga quyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug`urtasi;
ma'lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya'ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.

Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling