Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi
Jismoniy tarbiya va bolalar gigiyenasi
Download 396.96 Kb.
|
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya va Bolalar gigiyenasining asosiy vazifasi
- 1.2. GIGIYENA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
- Parks
- A.P. Dobroslavin
- F.F.Erisman
Jismoniy tarbiya va bolalar gigiyenasi gigiеna fanni biri qismi hisoblanib,
uning maqsadi jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni turli kasalliklardan xoli etish, jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtiruvchi samaradorligini saqlab qolish va oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish uchun yoqimli sharoit yaratish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar tanasining tashqi muhit bilan o`zaro bog`liqligini o`rganish asosiy maqsadi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va Bolalar gigiyenasining asosiy vazifasi jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarga ta'sir etadigan noqulay sharoitlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, shug`ullanuvchilarning salomatligini saqlash, jismoniy rivojlanishini oshirib borishdan iborat. Asosiy Bolalar gigiyenasi vositalariga quyidagilar kiradi. 7
darajaga ko`tarish. - Mе'yorida ovqatlanish. - Jismoniy mashqlarni bajarayotgan vaqtda jismoniy yuklamalarni yoqimli darajada mе'yorlash. - Chiniqish. 1.2. GIGIYENA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI Gigiеna fani – tibbiy-biologik fan bo’lib, profilaktik tabobatning asosi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport gigiеnasi - Yosh sportchilarni salomatligini saqlash va ish qobiliyatini oshirish haqidagi fandir. Odam organizmining tashqi muhit bilan bog’liqligi, organizmga ijobiy va salbiy ta'sir etuvchi tashqi muhit omillarini o’rganuvchi fandir. Umumiy va sport gigiеnasi fanining asosiy maqsadi inson salomatligini saqlash, umumiy va shaxsiy gigiеna qoidalariga rioya qilish, ratsional kun tartibi va ovqatlanishni to’g’ri tashkil etish, yuqumli kasalliklarni oldini olishni o’rgatishdan iborat. Inson organizmining jismonan sog’lom hamda baquvvat bo’lishi, uning turli xil kasalliklarga chalinmasligi, uzoq umr ko’rishini ta'minlash va sog’liqni saqlash hozirgi kun tibbiyot fani oldidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Gigiyena juda qadim-qadim zamonlarda paydo bo’lib asrlar davomida hayot tajriba sinovlaridan o’tib, bizgacha еtib kеlgan gigiyenik davolash, har xil kasalliklarning oldini olish, sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini oshirish, qayta tiklash vositasi sifatida azaldan amalda qo’llanilib kеlingan. Gigiyenaga oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar gigiyena va sanitariyaning ma’lum qonun-qoidalariga qadim zamonlarda ham rioya qilishgan. Тarixiy hujjatlar, san’at asarlari va arxeologik qazilmalar ma’lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq sanitariya qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan hamda ma’lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelinganligidan dalolat beradi. Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000-4000-yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to‘g‘risida 8
ko‘mish qoidalari ma’lum qilingan va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o‘tkazilgan, sug‘orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan. Qadimgi Yunoniston va Spartada yoshlarni jismoniy jihatdan rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan, olimpiya sport musobaqalari o‘tkazib turilgan. Afinada oqova suvlarini yo‘qotish uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda uylar qurish va ovqat masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar tutatib dezinfeksiya qilingan. Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Gippokrat (miloddan avvalgi 460-477-yillar) gigiyena masalalariga bag‘ishlangan: “Sog‘lom turmush ma’romi to‘g‘risida”, “Havo, suv va joylar to‘g‘risida” deb nomlangan asarlarida tashqi muhitning odam salomatligiga ta’sir qilish omillari hamda shu omillarning kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. Gippokratning “muhit nazariyasi” ni keyinchalik Platon, Aristotel va boshqa olim hamda faylasuflar rivojlantirganlar. Qadimgi Rimda tog‘ -buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-kunduzda 0,5-1 m 3 suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta mayda vodoprovod mavjud bo’lgan. Rimda axlatlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi tashkil etilgan. Narsa qo‘shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan oziq-ovqatlarni sotish man qilingan, binokorlik ishlari ustidan sanitariya nazorati olib borilgan. O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Yevropa aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir. O‘rta asrlarda Yevropada chechak, tif, gripp epidemiyalari bir-biriga tarqalib turgan. Тanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Yevropa aholisini to‘rtdan bir qismining yostig‘ini quritadi. Yangi paydo bo‘lgan burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan manfaatdor edi. Bunday maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak bo‘lganligi uchun ham u ma’lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishga 9
sog‘lomlashtirishga oid shoshilinch sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi. XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigiyenaga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtirish, ovqatlanish gigiyenasi, me’yor va talablarni asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu gigiyenadagi eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi. Ingliz olimi Parks va nemis gigiyenisti Maks Pettenkofer gigiyena fanining asoschilari hisoblanadi. Parks 1857-yilda tashqi muhit omillarini fizik- kimyoviy va bakteriologik tekshirish natijalariga asoslangan gigiyenaga oid asarini nashr ettirgan bo‘lsa, Pettenkofer gigiyenaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan ko‘p yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Pettenkoferning turar joylarni shamollatish (havolantirish) va isitish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Pettenkoferning zamondoshi va hamkori - fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, turar joy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtayi nazaridan baho berishning gigiyenik me’yorlarini ishlab chiqdilar. Gigiyena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. Bunga kapitalizmning rivojlanishi, shaharlar va sanoat korxonalarining o‘sishi hamda turli epidemiyalarga qarshi kurashishning zarurligi asosiy zamin bo‘ldi. Тabiiy fanlar (fizika, kimyo, fiziologiya, mikrobiologiya) sohasida XIX asr o‘rtalarida erishilgan yutuqlar ham gigiyenaning rivojlanish sabablaridan biridir. Gigiyena kafedrasi ilk bor 1871-yilda Peterburg harbiy meditsina akademiyasida tashkil etildi, unga gigiyenaning turli masalalariga oid 90 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi A.P. Dobroslavin (1842-1889 y) boshchilik qildi. “Jamoat sog‘lig‘ini saqlash kursi”, “Gigiyena”, “Harbiy gigiyena kursi” kitoblari uning 10
masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 1882 yilda Moskva universitetida Rossiyada gigiyena fanining rivojlanishida juda muhim rol o‘ynagan F.F.Erisman (1842- 1915 y) rahbarligida gigiyena kafedrasi tashkil qilindi. F.F. Erismanga va uning shogirdlari yaratgan asarlarda gigiyenaning barcha bo‘limlari o‘z aksini topdi. Shu olim tomonidan uch tomlik “Gigiyena bo‘yicha qo‘llanma” chop etildi. Download 396.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling