Universitetining
Muvozanat miqdorning samaraligi
Download 256.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Ekonometrika 2.
Muvozanat miqdorning samaraligi.
Bozor talabi va bozor taklifi funksiyalarining egri chiziqlari kesishgan nuqtada bozorni muvozanatga olib keluvchi talab va taklif miqdori aniqlanadi. Bozorda mahsulotning bozor narhi aniqlanganidan so‘ng uning har bir ishtirokchisi o‘zlarining iste’mol qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘zlarining talab va taklif funksiyalari yordamida aniqlaydilar. Natijada xar bir ishlab chiqaruvchi mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan korxonasida qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa qanday miqdorda yutuq-foyda olishini aniqlaydi. Bu ma’lumotlar asosida u qilgan xarajatlari va olinadigan natijalarni solishtirib bu soxada biznes bilan shug‘illanish mumkinmi, yoki bu soxani tark etish kerakligi xaqida muammoni hal qiladi. Bu model korxonalarni joriy davrda joylashtirish masalasini modellashtiradi. Agarda kelgusi davr uchun korxonalarni rivojlantirish masalasi ko‘tarilsa ushbu bozorda mahsulot narhini o‘zgarish dinamikasini kuzatish kerak bo‘ladi. Bunday masalani echish uchun korxonani rivojlanishini bashorat qilinishda ko‘zda tutilayotgan davrlar uchun bozorda mahsulot narhining o‘zgarishini aniqlash kerak bo‘ladi. R - bir birlik mahsulotning narhini bildiradi, abtsissa o‘qi bo‘yicha belgilangan Q –mahsulot miqdorini ifodalaydi. Mahsulot narhi - bu sotuvchi taklif qilayotgan mahlum miqdordagi mahsulot uchun oladigan va xaridor talab qilayotgan bu mahsulot uchun to‘laydigan to‘lovdir. Taklif funktsiyasi - Q S bozorning narhlarida ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishiga xoxishi borligini bildiradi. Bu egri chiziq yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi, negaki narh qancha yuqori bo‘lsa shuncha ko‘p firmalar mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishga intilishi mumkin bo‘ladi. Talab funktsiyasi - Q D , bozorning xar bir narhida istehmolchilar qancha miqdorda mahsulot xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildiradi. Talab egri chizig‘i astga yo‘nalgan, negaki odatda istehmolchi bo‘lganida ko‘proq mahsulot xarid qilishni afzal ko‘radi. Talab va taklif funktsiyalari bir nuqtada, talab va taklif muvozanatlashgan A nuqtada kesishadi, yahni muvozanat narh – R* va muvozanat ishlab chiqarish miqdorida- Q*. Muvozanat narhda R* taklif qilinayotgan va talab qilinadigan mahsulot miqdori bir miqdorda Q* -ga tengdir. Bozor mexanizimi erkin bozordagi sharoitni muvozanat narh o‘rnatilmagunicha o‘zgarishini tahminlaydi, yahni narhning o‘zgarishi taklif qilinayotgan mahsulot xajmi talab qilinayotgan mahsulot xajmiga teng bo‘lmagunicha davom etadi. Muvozanat nuqtasida defitsit ham, ortiqcha taklif ham bo‘lmaydi, shunday ekan bozorda narhni o‘zgarishiga olib keluvchi kuchlar ham bo‘lmaydi. Bahoga nisbatan talabning chiziqli ko‘rinishidagi ekonometrik modeli Qd= a 0 +a*P Bahoga nisbatan taklifning chiziqli ko‘rinishidagi ekonometrik modeli Qs= b 0 +b*P Yillar. Taklif miqdori, ming dona, S Mahsulotning bir birligi bahosi , P Talab miqdori, ming dona, D 2024 11 6 13 2025 13 7 11 2026 16 8 9 2027 17 10 6 2028 22 11 4 Sof raqobatga asoslangan bozorni kuzatishlarga asoslanib quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 1. Erkin raqobat bozorlari taklif qilinayotgan mahsulotlarni ularni narhidan qimmatroq baholaydigan xaridorlar o‘rtasida taqsimlaydi (ularni pulini to‘lashga tayyorliklari bilan aniqlanadi), qolgan potentsial xaridorlarga nisbatan. 2. Erkin bozorlar ishlab chiqarish xarajatlari past bo‘lgan etkazib beruvchilarning mahsulotlariga talabni shakillantiradi. 3. Erkin bozorlar shunday miqdorda mahsulot ishlab chiqaradiki, ular iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning umumiy yutuqlarini maksimallaydi. Ushbu xulosalarning to‘g‘riligiga ishonch xosil qilish uchun yuqoridagi grafikka yana bir nazar tashlaymiz. Talab chizig„i xaridorlar uchun mahsulotning qimmatligini ifodalaydi, taklif chizig‘i esa – ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini. Muvozanat darajasidan past bo„lgan ishlab chiqarish xajmda xaridor uchun mahsulotning qimmatligi ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo‘ladi. Bu soxada ishlab chiqarishning o‘sishi umumiy yutuqni ortishiga olib keladi va bu ortish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdori muvozanat darajasiga erishmagunicha davom etadi. Ishlab chiqarishning muvozanatdan yuqori bo‘lgan xajmida mahsulotning qimmatligi xaridor uchun ishlab chiqaruvchining xarajatlaridan pastdir. Shunday qilib, muvozanat xajmdan ortiq mahsulotni ishlab chiqarish umumiy yutuqni qisqarishiga olib keladi. Erkin bozor faoliyati natijalari haqida yuqorida qilingan hulosalar shuni ko‘rsatadiki, talab va taklifning muvozanati iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini yig‘indisini maksimallaydi. Boshqacha qilib aytganida, resurslarning samarali allokatsiyasi bozor muvozanatining natijasidir. Erkin bozor sharoitida shakillanadigan bozor narhining o‘zi xaridor va sotuvchilarning xarakatlarini iqtisodiy resurslarni shunday taqsimlanishiga yo‘naltiradiki, buning natijasida umumiy yutuq maksimallashadi. Download 256.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling