Universitetining


Bozor talabi egri chizig‘i


Download 256.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.10.2023
Hajmi256.68 Kb.
#1734660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekonometrika 2.

Bozor talabi egri chizig‘i. 
Bozor taklifi egri chizig‘i. 
Bozorda umumiy talab va umumiy taklif birgalikda namoyon bo‘lgani uchun 
ularning grafiklarini bir koordinata o„qida ifodalaymiz. Pastki rasmda bozor talabi 
va bozor taklifi bir nuqtada kesishadi. Ushbu rasmdagi bozor talabi egri chizig‘idagi 


AV, VS, SD, DE kesmalarning xar biri aloxida iste’molchining individual talab 
funktsiyalaridir. Xuddi shuningdek, bozor taklifi egri chizig„idagi KM, MR, RP va 
PL kesmalar aloxida ishlab chiqaruvchilarning individual taklif funksiyalaridir. 
Shunday qilib aytish mumkinki, xar bir iste’molchi va ishlab chiqaruvchi bozorga 
o‘zlarining barcha xususiyatlarini aks etdiruvchi talab va taklif funktsiyalari bilan 
chiqadilar. Keltirilgan modelda bu xususiyatlar faqat mahsulot narhida o‘z aksini 
topgan.
3. Bozor talabi va bozor taklifi muvozanati. 
Bozorda umumiy talab va umumiy taklif muvozanatga kelishgan nuqtada 
muvozanat narh - R* va muvozanat ishlab chiqarish miqdori - Q* aniqlanadi. Bozor
ishtirokchilarining xar biri o‘z talab va taklif funksiyasiga ega bo‘lganliklari uchun 
bu narhda kim qancha mahsulot ishlab chiqaradi va kim undan qancha miqdorda 
xarid qilishi mumkinligini tezda aniqlab oladilar. 
Bozor talabi va bozor taklifi muvozanati. 
Yuqoridagi grafikda keltirilgan bozor talabi va bozor taklifi funksiyalari 
yordamida korxonani joylashtirish va rivojlantirish modelini tuzish uchun quyidagi 
shartlar berilgan deb faraz qilamiz: bozorda ishtirok etuvchi n –iste’molchining xar 
birining talab funksiyasi 
berilgan bo‘lsin. Xuddi shuningdek, 
bozorda ishtirok etuvchi m-ta ishlab chiqaruvchilarning ham taklif funksiyalari 
ma’lum bo‘lsin: 


Ular yordamida bozor talabi va bozor taklifi funksiyalarini aniqlaymiz. 
Bozor talabi va bozor taklifi funksiyalarining egri chiziqlari kesishgan 
nuqtada bozorni muvozanatga olib keluvchi talab va taklif miqdori aniqlanadi. 
Bozorda mahsulotning bozor narhi aniqlanganidan so‘ng uning har bir ishtirokchisi 
o‘zlarining iste’mol qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘zlarining talab va 
taklif funksiyalari yordamida aniqlaydilar. Natijada xar bir ishlab chiqaruvchi 
mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan korxonasida qancha miqdorda mahsulot 
ishlab chiqarsa qanday miqdorda yutuq-foyda olishini aniqlaydi. Bu ma’lumotlar 
asosida u qilgan xarajatlari va olinadigan natijalarni solishtirib bu soxada biznes 
bilan shug„illanish mumkinmi, yoki bu soxani tark etish kerakligi xaqida muammoni 
hal qiladi.
Bu model korxonalarni joriy davrda joylashtirish masalasini modellashtiradi. 
Agarda kelgusi davr uchun korxonalarni rivojlantirish masalasi ko‘tarilsa ushbu 
bozorda mahsulot narhini o‘zgarish dinamikasini kuzatish kerak bo‘ladi. Bunday 
masalani echish uchun korxonani rivojlanishini bashorat qilinishda ko‘zda 
tutilayotgan davrlar uchun bozorda mahsulot narhining o‘zgarishini aniqlash kerak 
bo‘ladi.

Download 256.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling