Universitiy of science and technologies " " fani


Download 38.69 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi38.69 Kb.
#1711807
1   2
Bog'liq
Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri. - копия

Avtorlar

Eslatma

1905

Bine va Simon

30 ta topshiriq, standartlashtirish yo’q.

1908

Bine va Simon

Aqliy yoshni konsepsiyalash, to’liq bo’lmagan standartlashtirish.

1911

Bine va Simon

Kattalar uchun chegaralangan shkalalar qo’shilgan.

1916

Termen va Merrill

Ko’pgina verbal material.

1937

Termen va Merrill

Ikkinchi qayta nashri, parallel shakllar ishlatilgan, standartlashtirish yaxshilangan.

1960

Termen va Merrill

Uchinchi qayta nashri, 4-5 ming nafar odam tekshirilgan.

1972

Robert Torndayk

2-3 ming nafar odamda qayta standartlashtirish.

1986

Torndayk, Xagen, Settler

15 ta subtest, qoniqarli darajadagi standartlashtirish (5 ming nafar odamda), yosh bo’yicha diapazon 2–0, 23–11.

Qo’llanilib kelingan va hozirgi kungacha ishlatilayotgan Bineshkalasi rivojlanishining asosiy bosqichlari 2.6.1-jadvalda o’z ifodasini topgan.

XX asrning 30 yillariga kelib, yana qator yangi testlar paydo bo’ldi. Ularning aksariyat qismi AQSHda ishlab chiqildi. 1936 yilda quyidagi beshta test, nashrlar soni bo’yicha peshqadamlik qilgan:


  1. Stenford-Bine testi;

  2. Rorshax testi;

  3. Bernreyterning “Shaxsiy so’rovnomasi”;

  4. Sishorning “Musiqiy iste’dod o’lchagichlari”;

  5. Stornganing “Kasbiy manfaatlar blanki”.

Shuningdek, ushbu davrda ishonchlilik darajasi yuqori bo’lgan ikkita shkala yaratildi. 1930 yilda Greys Artur 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni tekshirishga mo’ljallangan va hozirgi vaqtgacha ma’lum shkala: Porteus labirinti hamda Kos kubiklari testlarini chop ettirdi. Bu shkala avvaldan Stenford-Bineshkalasi bilan korrelyasiyalash ma’nosida rejalashtirilgan edi. Ammo istalgan korrelyasiya 12 yoshli bolalarni tekshirish mobaynida yuzaga kelishi keyingi tadqiqotlar orqali aniqlandi. E.Kornell va V.Koks tomonidan Stenford-Bineshkalasi bilan sezilarsiz korrelyasiya tashkil qilishga loyihalangan boshqa so’zsiz shkala taklif qilingan.
1937 yilda Stenford-Binening ommabop shkalasi yangi tahrirda chop etildi. Uning tarkibidan 1916 yil tahririda bo’lmagan, 11 va 13 yoshlilar uchun topshiriqlarni kiritgan holda 2 va undan katta yoshlilar darajasiga mos testlarning namunasi o’rin egallagan. Natijada, shkalaning ikki, L va M (mualliflar: Lyuis Termen va Maud Merill ismlarining birinchi harflari) kabi ekvivalent shakli yaratilgan edi. Bu shkalaning mazkur varianti, taxminan, Amerikada tug’ilgan oq tanli 1,5 dan 18 yoshgacha bo’lgan 3000 nafar bolaga nisbatan standartlashtirildi. Bunda mualliflar tekshirilayotganlarning demografik o’rni va ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei kabi omillarni nazorat qilishga urindilar.
1950 yillarda ham psixodiagnostik tekshiruvlar jarayonida odatga ko’ra, mashhur bo’lgan metodlar yetakchilik qilmoqda edi. 1951 yilgacha Rorshax testiga bag’ishlangan 1219 ta maqola chop etildi. Shuningdek, yana 493 ta Stendford–Bineshkalasiga, 371 ta maqola esa, Veksler–Bellvyu metodikasi bo’yicha nashr qilingan. Ko’pgina tekshirishlar TAT va MMPI metodikalari bilan bog’liq bo’lgan. Buning natijasida ayrim metodikalarga, xususan, Sondi testiga nisbatan qiziqishlar ko’lami kamaygan.
Buros 1953 yilda 793 ta test haqida ma’lumot bergan bo’lsa, ularning soni keyingi 10 yil ichida 250 taga oshgan.
1955 yilda Vekslerning kattalar intellektini o’lchovchi shkalasi – WAIS paydo bo’ldi. Shkala 16 yoshdan 64 yoshgacha bo’lgan kishilarning 1700 nafarini saralashda standartlashtirilgan.
XX yuz yillikni oltmishinchi yillari – testlarning diskussiyasi davri hisoblanadi. Asosan, bu diskussiyalar Qo’shma Shtatlar hududida shiddatli ravishda kechardi. Jumladan, intellektual rivojlanish darajasini baholash va shaxs sifatlarini o’rganuvchi testlarga nisbatan shubhalilikni “alangalatardi”. Bu davrda MMPI qattiq qarshilikka uchradi, chunki uning ayrim savollari vijdon erkinligi va jinsiy malaka to’g’risida ma’lumotni talab qilar edi.
Birinchilardan bo’lib, tanqidiy kritikaga uchragan proyektiv metodlar yagona obyekt bo’lib qolmadi, ya’ni intellektual rivojlanishni aniqlovchi shkalalar ham standartlashtirishda etnik guruhlarga ajratilmaganligi bois, muhokama qilindi.
jadval 1935 – yildan 1982 – yilgacha ishlatilgan testlar reytingi:

Minnesotekning “Ko’paspektli shaxs so’rovnomasi”

1

Vekslerning “Kattalar uchun intellekt shkalasi”

2

Bendert-Geshalt testi

3

Rorshax testi

4

Vekslerning “Bolalar uchun intellekt shkalasi”

5

Mavzular appersepsiyasi testi

6

Tugallanmagan so’zlar testi

7

“Odamni rasmini chiz” testi

8

“Uy-daraxt-odam” testi

9

Piboda testi

10

Retterning tugallangan so’zlar testi

11

Vekslerning xotira shkalasi

12

1970 yillar davomida psixologik test o’tkazish jarayoni va ularni tashkillashtiruvchi mutaxassislar, mazkur sohada ishlovchilar bu sohaga aloqasi bo’lmaganlar tomonidan bildirilgan tanqidlar hujumida edi. Ma’lum bo’lishicha o’sha davrda qator testlarning validlilik darajasiga yetarli e’tibor berilmagan. Natijada, tanqidchilar tomonidan psixologik testlarni umuman o’tkazmaslik haqidagi ayrim e’tirozlar aytilgan. Shundan kelib chiqqan holda inson ahloqini tabiiy sharoitlarda kuzatish test o’tkazishga nisbatan muhim ahamiyat kasb etishi g’oyasi ilgari surilgan. Oqibatda, test tarafdorlari yangi testlarni yaratganlar. Bu testlar validliroq bo’lib, eskilarini qayta standartlashtirganlar. Bundan tashqari aniq validlik kriteriyasiga ega bo’lgan hamda tor mutaxassislik doirasi bo’yicha qo’llaniladigan testlar ishlab chiqildi.

XULOSA:

Tadqiqotlarni ko’rsatishicha, American Psychologist jurnalini 1981 yil oktyabr soni testlashtirishga va unga xavf soluvchi moyillikka bag’ishlangan. Bu davrda ham testlar soning oshishi davom etardi. Shaxs xususiyatlarini diagnostika qilish uchun anchagina yangi so’rovnomalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardagi savol-javoblar ongli yoki ongsiz ravishda soxtalashtirilishi (falsifisirlashgan) mumkin, degan fikr tekshiriluvchilarni xavotirga solardi. Natijada, validlik har bir diagnostik usullarni, ayniqsa proyektiv metodikalarning nozik qirrasi sifatida ajralib qoldi. Bu davrda tanqidlari proyektiv testlar mavqyeiga nisbatan kam ta’sir qilgan. Mashhurligi bo’yicha bu yillarda birinchi o’nlikka quyidagi testlar: MMPI, WAIS, Bender-Geshtalt testi, Rorshax testi, WISC, qo’shimcha takliflar testi, TAT, inson rasmi va boshqa ayrim metodikalar kirgan




Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Akimova M.I. Psixologicheskaya diagnostika M. 2007

  2. Anastazi A. Psixologicheskoe tetsirovanie: V. 2 kn Per. s angl. / Pod red. K.M.Gurevicha, V.I.Lubovskogo. - M.: Pedagogika, 1982

  3. Akindinova I.A. Osobennosti samoaktualizatsii lichnosti v professiyax razlichnogo urovnya sotsialnogo prestija: Avtoref. dis. ... kand. psixol. nauk.

Download 38.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling