Universitiy of science and technologies " " fani


Download 38.69 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi38.69 Kb.
#1711807
  1   2
Bog'liq
Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri. - копия



UNIVERSITIY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES

“_______________________________” FANI


“ PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA RIVOJLANISH DAVRI. ”


MAVZUSIDAN

Bajardi: 201-guruhi talabasi: Asadbek Akramov


Tekshirdi:___________________________________


Toshkent-2023

Mavzu: PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA RIVOJLANISH DAVRI.




REJA:



  1. Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar.

  2. Psixologik bilimlarning klinik davri.

  3. Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar.

  4. Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni.

  5. Birinchi statistik asoslangan testlar.

  6. Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish davri.

Mavzu: PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA RIVOJLANISH DAVRI


Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti.
Psixodiagnostika yuzaga kelishi bevosita psixologiya fanining tarixi bilan uzviy bog’liq, ya’ni uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, inson psixikasining tarixi har qanday psixik taraqqiyotni asosi bo’la oladi...
Ma’lumki, psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Qadimgi grek faylasuflaridan Geraklit, Demokrit, Gippokrat,Sokrat, Platonlarni asarlarida kishining joni va ruhiy hayoti to’g’risida xilma-xil fikrlar bayon qilinganini uchratish mumkin. Inson ruhiy hayoti haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va hind mutafakkirlarining asarlarida ham uchratish mumkin.Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon faylasufi Aristotel(Arastu) yaratgan. U “Jon haqida” degan asarida psixika haqida batafsil to’xtalib, uning muhim qirralarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan bir qatorda, o’zidan oldin yashab o’tgan olimlarning qarashlariga ilmiy sharh bergan. Shu sababli ham u psixologiya fanining “otasi” hisoblanadi.
Qadimgi davrda vrachlar va boshqa tadqiqotchilar psixik hodisalarni miya faoliyatining mahsuli ekanligi haqida taxmin qilishib, turli ruhiy kasalliklarni uning buzilishi, deb to’g’ri talqin qilishgan. Har qanday psixik jarayon o’z-o’zicha hosil bo’lishi mumkin emas, ya’ni psixika faqat u yoki bu qo’zg’otuvchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixika boshlanishi qo’zg’otuvchini ta’sirida bo’lsa, uning natijasi organizmni unga nisbatan javob reaksiyasidir. Shu bois ham psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir.
Psixologik bilimlarning klinik davri Psixika bosh miya va nerv sistemasining mahsuli ekanligi borasidagi fikrlarni hozirgi zamon psixodiagnostikasining tarixi hamda XIX asrning chorak yarmida psixologik bilimlarning shakllanishidagi klinik davri bilan bog’lash mumkin. Bu davr shaxs haqidagi empirik psixologik bilimlarning to’planishi va tahlilida asosiy vazifa tabiblar yordamida amalga oshirilganligi bilan xarakterlanadi. Tabiblarni, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida tarqalayotgan ruhiy va asab kasalliklarni kelib chiqish sababi qiziqtirar edi. Shu bois, psixiatrlar Yevropa shifoxonalaridagi bemorlarni uzluksiz nazorat qilish bilan bir qatorda, o’z xulosalarini qayd qilib borardilar. Natijada, psixodiagnostikaning kuzatish, so’rov, hujjatlar tahlili kabi metodlari shakllanishi ortib bordi. Mazkur vaqtda psixodiagnostikaning rivojlanishi erkin xarakter kasb etib, bu holat metodlarni miqdoriy ko’rsatkichi bilan uzviy bog’langan edi.
Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni
Psixodiagnostikaning miqdoriy metodlarini yaratilishi XIX asr ikkinchi yarmida, nemis psixologi V.Vund rahbarligi ostida yaratilgan birinchi tajribaviy psixologik laboratoriyaning faoliyati bilan asoslanadi. Bu laboratoriyada psixodiagnostik tahlillar qilish maqsadida turli xil asbob-uskunalardan foydalanar edilar.
Shuningdek, ushbu davrda psixik va fizik holatlar o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishlar mavjudligini izohlagan psixofizik qonunning yaratilishi, psixodiagnostika usullarining yaratilish jarayonini tezlashtirib yubordi. Asosiy psixofizik qonun psixologik holatlarni o’lchash imkoniyatini ochdi va bu yangilik sezgini o’lchash uchun subyektiv shkalaning yaratilishiga sabab bo’ldi. Mazkur qonunga muvofiq, asosiy o’lchash obyekti bo’lib, inson sezgilari hisoblandi. Shu bois, XIX asr oxirlarigacha amaliy psixodiagnostika sezgi jarayonlarini o’lchash bilan chegaralandi, xolos.
Insonning psixik jarayonlari, xususiyatlari va holatlarini o’rganishga daxldor psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari esa XIX asr oxirlari va XX boshlarida yuzaga kela boshladi.
Zamonaviy psixologiyada malakali psixologlar yordamida miqdoriy psixodiagnostik metodlarga asoslanadigan ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning ayrim sohalari tez rivojlanib bormoqda. Biroq endi matematik statistikani psixologiyada emas, balki, biologiya, iqtisodiyot kabi fanlarda ham qo’llay boshladilar. Ma’lum vaqtdan so’ng esa psixik holatlarning miqdoriy psixodiagnostikasi uchun maxsus usullar yaratilishi yuzaga keldi. Masalan, faktorli tahlil shular jumlasidan bo’lib, u birinchi bor shaxs xislatlarini va aqliy rivojlanishni psixodiagnostika qilishda ishlatildi.
Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri. Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish.
Psixodiagnostika XIX asrning oxirida vujudga kelgan va individual-psixologik tafovutlarni o’rganuvchi fan sifatida, ularni o’lchashga, baholashga talabgor, intelekt o’lchamlari haqidagi bahs-munozaralarda toblangan holda yangi asr boshiga yetib keldi. Qisqa vaqt mobaynida esa, aqliy Galtonshkalalaridan Bine testlarigacha bo’lgan masofani bosib o’tdi. Ma’lumki, psixodiagnostika yuzaga kelgan vaqtidan boshlab XIX asr oxiriga qadar “intelekt”ni o’rganishdagi individual tafovutlarni o’lchashga mo’ljallangan edi. Oldinda esa, XX asr, psixodiagnostikani rivojlanishini belgilab beruvchi yangi yutuqlar, omadsizliklar, diskussiya va kashfiyotlar davri turardi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, XX asr boshlarida individual tafovutni aniqlashga qaratilgan hamda ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadigan A.Bine testi natijalari bo’lgan. Shu bois, intelektning birinchi krizisini testlash ham uning nomi bilan bog’liqdir. Natijada, Bineshkalasini barcha mutaxassislar turli xil yurtlarda keng ko’lamda qo’llasha boshlashgan.
Birinchilar qatorida bu testni AQSHda Genri Goddart qo’llagan. Shu maqsadda u Yevropadan keluvchi immigrantlarni tekshirishga mo’ljallangan metodikalar guruhini yaratgan. Tadqiqot ishlarining demonstrasiyalashishiga ko’ra, ya’ni mazkur moslashmagan test orqali u ingliz tilini yaxshi bilmaydiganlar yoki umuman bilmaydiganlarda tekshirishlarni o’tkazgan. Bu tekshirish natijasida 83% yevreylar, 80% vengriyaliklar, 79% italyanlar va 87% Rossiyadan chiqqanlarda aqli zaiflik deb xarakterlash mumkin bo’lgan. Aslida esa, bu diagnostik xato edi.
G.Goddart taqdim etgan Bine–Simon shkalasini qoniqarsiz tarjimasini (1908), boshqa amerikalik psixologlar L.M.Termen va X.D.Chayldzlar birga hamkorlikda yangicha variantda modifikasiyalashtirishgan. Bu yondoshishdan maqsad, shkalaning validlik va ishonchlilik darajasini tekshirishdan iborat bo’lgan.
Shuningdek, testda kiritilgan vazifalarning ba’zilari modifikasiyalashtirilgan va yangilari qo’shilgan. Bu shkala (Bine-Simonshkalasini Stenford versiyasi) tadqiqotlari 2100 nafar bolalar va 180 nafar kattalar ustida olib va qo’lga kiritilgan natijalar standartlashtirildi. U uch yoshdan katta yoshdagilargacha bo’lgan diapazonni o’z ichiga qamrab olgan (11 yoshdagilar uchun test bo’lmagan). Natijalar yoshga nisbatan aqliy rivojlanishning mos kelishini, ya’ni intelektning koeffisiyenti IQ ifodalangan. Bu shkala yordamida olingan natijalarga asoslangan holda, Termen tomonidan quyidagi klassifikasion chizma taklif qilingan: IQ 90-109 ga teng bo’lsa, o’rtacha aqliy qobiliyatni ko’rsatadi; IQ 70 dan kam bo’lsa, aqliy zaiflikni ko’rsatadi; IQ 140 dan yuqori bo’lsa, aqliy qobiliyatning genial darajadaligidan dalolat beradi.
Termenning xizmatlaridan yana biri, tarixda birinchi bor u test o’tkazish va natijalarni aniqlashga qaratilgan yo’riqnomalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqilishi bilan ajralib turadi. Uning ta’kidlashicha, test o’tkazish jarayonida standart muolajalardan chetlashish jiddiy diagnostik xatolarga olib kelishi mumkin.
Bineshkalasiga berilgan ayrim tavsiyalarga e’tiborni qaratilishi natijasida, uning 1911 yilgi bosmasi uch yoshdan to katta yoshlilar diapozonigacha kengaytirilgan (11, 13 va 14 yoshlilardan tashqari). Natijalar aqliy yoshning fizik (xronologik) yoshga nisbatan mos kelishiga asoslangan holda yuzaga chiqarilgan.
Bine o’z ko’rsatkichlariga sifatli aspektlarning yetishmasligini ta’kidlab, izlanishlarini davom ettirgan. U qoloq o’quvchilarni umumiy guruhlarga differensiasiya qilish yo’lini taklif qilib, aspektlarni aniqlash usullarini ajratib ko’rsatgan. Uning fikricha, tentaklar testlar orqali muloqotdan tashqari hyech narsa qila olmaydilar; aqli zaiflar muloqot qilish orqali munosabatga kirishishlari mumkin; qolganlar esa xat yozish orqali insonlar bilan o’zaro munosabatga kirishishni o’rganishlari mumkin xolos.
Bine – Simon shkalasining XX asrda rivojlanish darajasi

Y


Download 38.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling