University of buissines and science


Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to`g`risida umumiy tushuncha


Download 171.78 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2023
Hajmi171.78 Kb.
#1661617
1   2   3
Bog'liq
Ibrohimjonova Dildora

Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to`g`risida umumiy tushuncha.

Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta’limotni kashf etdilar. Bu ta’limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari bo`lmish qo`zg`alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning ma’nosi shuki, qo`zg`alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi. Ma’lum fursat o`tgandan keyin bu jarayon tormozlanish bilan almashinadi, ya’ni miyadagi nerv markazlarining faoliyati sekinlashadi, ma’lum muddat ishlamaydi va buning natijasida sarflangan energiya qaytadan tiklanadi. Odamda nerv sistemasining o`ziga xos taraqqiyot yo`li bor. Nerv sistemasi odam organizmining barcha funuktsiyalarini tartibga soladi. Unda moddalar almashinuvini ta’minlaydi, yurak, muskullar va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi, organizmning turli sharoitlariga moslashuviga xizmat qiladi. Odam psixik hayotining asosi bosh miya bo`lib, bosh miya nerv sistemalarining birlashgan joyi - markazidir. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi o`zaro ta’sirni va to`qimalar faoliyatini tartibga solib turadi. Nerv sistemasi hujayralardan iborat. Bu hujayralar o`zlarining uzun va kalta hajmdagi o`simtalari orqali organizmning barcha qismlariga tarqaladi. Nerv sistemasidagi hujayralar va uni qoplovchi oq pardalar hamma o`simtalari bilan birga neyronlar deyiladi. Neyron anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko`ra nerv sistemasining tuzilish birligi hisoblanadi. Nerv hujayrasining bevosita nerv uchlarigacha borib yetadigan o`simtasi neyrit deb ataladi. Nerv tolalari sistemasining elementlaridir.
Nerv sistemasini tashkil etuvchi neyronlar o`rtasida anatomik jihatdan bevosita bog`lanish yo`q. Ular o`rtasidagi qo`shilish bitta neyronning neyriti oxirgi tarmoqlarining boshqa neyronlarning hujayrasiga nozik tegib turishidan iboratdir.
Normal odam miyasida 16 milliardga yaqin neyronlar bor. Bu neyronlar organizmga ko`rsatadigan xizmati jihatidan ikkiga bo`linadi;

  1. Retseptorlar

  2. Effektorlar.

Retseptorlar tashqi ta’sirotni qabul qilib miyaga o`tkazadi. Shuning uchun retseptorlarni sezgi nerv markazlari deb ham yuritiladi. Effektorlar esa tashqi ta’sirot natijasida ichki organlarga buyruq beradi va ularni harakatga keltiradi. Shuning uchun effektorlarni harakat nerv markazlari deb ham yuritiladi.
Retseptorlar va effektorlar birlikda birinchi signal sistemalaridir.
Birinchi signal sistemasi odamda tashqi dunyoning sezgi a’zolari tomonidan qabul qilib olinadigan aksi bo`lib, odam voqelikni eng avvalo birinchi signal sistemasi orqali idrok qiladi.
Tashqi muhitdagi voqea-hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’siri orqali ongda aks etishi birinchi signal sistemalaridir. Birinchi signal sistemalari odamning sezgilari, idroki va tasavvurlariga bog`liq bo`ladi. Tashqi muhit voqea-hodisalarining so`zlar (o`sha narsalarning nomlari) orqali ongda aks etishi ikkinchi signallar sistemasini tashkil etadi.Bu sifat faqat odamlargagina xos bo`lib, boshqa jonzotda yo`q. Odam tashqi ta’sirotlarni so`zlar orqali aks ettiradi va bilib oladi - o`zlashtiradi. 2
Ikkinchi signal sistemalari yordamida odam fikrlaydi, xotirlaydi, xayol suradi va , eng muhimi , so`zlaydi . So`z - signallarning signalidir (I.P.Pavlov). Ikkinchi signal sistemalari faqat odamlardagina mavjuddir.
Orqa miyaning uzunligi embrion hayotining dastlabki oylarida umurtqa pog`onasining uzunligiga teng keladi. Asta-sekin orqa miya o`sishda umurtqa pog`onasidan orqada qoladi. Shu sababli, bel, dumg`aza va dum nervlarining ildizi umurtqa pog`onasi kanali ichida anchagina masofagacha cho`zilib boradi.
Psixologik jihatdan hozirgi sharoitda odam umrini uzaytirishning quyidagi shartlari mavjuddir;
- ijtimoiy foydali mehnat bilan doimo shug`ullanish;
- aqliy va jismoniy mehnatni qo`shib olib borish;
- faol dam olish;
- oqilona ovqatlanish;
- ichmaslik, chekmaslik;
- shirin oilaviy hayot kechirish;
- farzandlarni mehr bilan tarbiyalash;
- hayotda hammavaqt xushchaqchaq bo`lish;
- noxush kechinmalarni toqat bilan yengish;
- hayajonlanmaslik va hokazo.
Yuqoridagi shart - sharoitlarga amal qilinsa, shaxs o`zini yaxshi anglab, hayotini oqilona o`tkazsa, miyaning 60 yoshdan keyingi vazn kamayish jarayonini yanada sekinlashtirishga erishadi.
Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo`limlariga mahkam bog`langan. Miyacha organizm harakatlarining yaxlitligini ta’minlashda muhim rol o`ynaydi.
Gavdaning umumiy sezuvchanligini o`rta miya ta’minlaydi. O`rta miya vegetativ markaz ishini muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun oraliq miya, o`rta miya, varoliy ko`prigi va uzunchoq miya birlikda miya stvoli deb yuritiladi.
Bosh miya bo`laklarining yetakchi qismini (qariyb 80 foizini) katta miya va uning yarim sharlari tashkil etadi. Katta miyaning o`ng va chap sharlari qadoq modda orqali bir-biri bilan tutashgan.
Bosh miya yarim sharlarining har qaysisi miyaning peshona qismi, tepa qismi, ensa qismi va chakka qismi kabi to`rt pallaga bo`linadi.
Bosh miya po`stining qalinligi bir millimetrdan besh millimetrgacha bo`lib, yuzasi o`rtacha hisob bilan 2000 kvadrat santimetrga teng. Bosh miya po`stida 52 ta maydon bo`lib, bu maydonlar o`n bir sohaga bo`linadi.
Bosh miyaning qismlari va ularning funktsiyalari haqidagi ta’limotni akademik I.P.Pavlov yaratdi. I.P.Pavlov tajribalarining natijalariga ko`ra, bosh miya qismlarining funktsiyalari sohasida odam va hayvonlar miyasi o`rtasida juda katta tafovutlar bor. Ba’zi hayvonlarda oldingi miya olib tashlanganda ham hayot davom etgan. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan Saka o`z hayotini davom ettirgan. U odatdagicha o`tirgan, o`ziga xos harakatlarni bajargan.
Perifiriyadagi nerv sistemasining organizm uchun xizmati shundan iboratki, uning nervlari organizmning qismlarini orqa miya va bosh miya bilan bog`laydi, organizmni orqa miya va bosh miyaning ichki qismlari bilan tutashtiradi. Orqa miyadan 31 juft, bosh miyadan 12 juft nerv tolasi chiqadi va butun organizmga tarqaladi.
Vegetativ nerv sistemalari bosh miyadan ajralib umurtqa orqali ichki organlarga tarqaladi. O`pka, yurak, buyrak, taloq kabi ichki organlarning har biriga vegetativ nerv sistemasidan ikkitadan nerv tolasi boradi.
Nerv sistemasining vegetativ qismi silliq muskullarni, bezlarni, yurak va tomirlarni nerv tolalari bilan ta’minlaydi, ichki organlar va tomirlar faoliyatining tartibli, normal ishlashini, bezlarning suyuqlik ajratishini va yurak ishini idora qiladi.
Shunday qilib, nerv sistemasi organizmda hayotiy jarayonlarni boshqaruvchi asosiy tizim bo`lib hizmat qiladi. Ayni vaqtda nerv sistemasi bir butun tizim bo`lib, organizmning ajralmas va yetakchi qismi hisoblanadi.
Organizmdagi fiziologik protsesslarda sekretsiya bezlarining roli kattadir. Sekretsiya bezlari tashqi va ichki kabilarga bo`linadi. Tashqi bezlarning ishlab chiqargan suyuqliklari organizmdan tashqariga chiqib ketish uchun tanada maxsus yo`llar bor. Ko`zdan yosh, badandan ter, og`izdan tupuk chiqishi bezlar faoliyatining natijasidir.
Ichki bezlarning ishlab chiqargan suyuqlik moddalari garmonlar deyilib, ular organizmdan tashqariga chiqib ketmaydi, balki qonga aralashib, organizmning umumiy salomatligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ko`pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to`gri. CHunki psixikaning yuksak shaqli ong bo`lib xisoblanadi. Lekin psixika insonlarga ham, xayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos xususiyatdir. SHunday ekan, xayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmok kerak. YAna shuni kushish kerakki, psixika so`zi mantik jihatdan olganda keng ma’noli, ong esa unga nisbatan tor ma’noli tushunchadir.
Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat kurollarini yasash proo`essida usib boradi.
Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va xayvonga xos bo`lgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bo`lish yullarini va rivojlanish xususiyatlarini o`rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining maxsulidir. U doim usib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shaqli ong bo`lib, u faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaqlda bo`ladi.
Psixika voqelikning kishi miyasidagi aksi sifatida har xil darajalari bilan farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday?
Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ongdeganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidantarkib topdi. Kurt Levin «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir», - deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin. Sezgilar va idrokyordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotiraongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayolehtiyoj| ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkurumumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydibatamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi yo « birin chi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi - unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir. Odam o`z xatti- harakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni ko`zlovchi faoliyatinita’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yara-tish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak.
Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi. Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo.
Ongning yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha o`ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo`lishining muqarrar shart tilhisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniy yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o`z hayotini boyitadi A. I. Gertse) shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo`lma, Odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajara tayanadi; sohil bo`yidagi to`lqin kabi orqamizda butun boshliq okean - butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g`oyalari...». Til alohida ob’ektiv sistemaki, unda ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir.
Konkert odam tomonidan o`zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo`lib qoladi. «Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo`qligi, yo bo`lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o`z-o`ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to`g`risida o`z shaxsiy holati hamda harakatlari haqida hisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar.
Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o`zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o`zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o`z xatti-harakatini idora qiladi.
Ong ijtimoiy mahsul bo`lib, faqat odamlarga xosdir.Hayvonlarda esa ong bo`lmaydi. 3
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o`zini tuta olmaydigan qilib qo`yadigan ta’sirotlar bilan bog`liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig`indisidir.Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kengroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o`rnini mo`ljal qilish yaxlitligi yo`qoladi, xatti- harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o`laroq, kishi o`zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, uparning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko`rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko`rsatadigan qo`zg`atuvchilarga («subsensor» yoki «subtseptiv») javob reaksiyalari: oldinlari ongli harakat bo`lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko`ra endilikda anglanilmaydigan bo`lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro`y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni- alahlash, ko`ziga yo`q narsalar ko`rinishi va shu kabilarni ham qo`shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto`g`ri bo`lur edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o`ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo`lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog`liq holda paydo bo`lgandir.
Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish, programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshiriladi) sifatida bundan keyingi o`rganish psixikaning rivojlanishimuammosiga murojaat qilish zaruratini tug`diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo`lganini, rivojlanganini, evolutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o`zgarib borganini, kishi ongi qanday paydo bo`lgani va shakllanganini tushunib olgandagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo`ladi.



Download 171.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling