University of buissines and science
Download 171.78 Kb.
|
Ibrohimjonova Dildora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: Sh. To‘ychiyeva Mavzu: Psixika tirik mavjudotning obektiv borliqni aks ettirish shakli ekanligi. Reja: Kirish
- Psixik aks ettirish - ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi ekanligi. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari.
UNIVERSITY OF BUISSINES AND SCIENCE NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI 21-PP-02 - guruh talabasi Ibrohimjonova Dildoraning Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Psixika tirik mavjudotning obektiv borliqni aks ettirish shakli ekanligi. Topshirdi: D. Ibrohimjonova Qabul qildi: Sh. To‘ychiyeva Mavzu: Psixika tirik mavjudotning obektiv borliqni aks ettirish shakli ekanligi. Reja: Kirish Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to`g`risida umumiy tushuncha. Psixik aks ettirish - ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi ekanligi. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Xar birimizda mavjud bo`lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutk, tafakkur, xissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari xar bir shaxsning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va istedod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig`indisini bir so`z bilan psixika deb yurita Hayvonlar muloqoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raqsga tushadi» va boshqalarni xabardor qiladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning to`dasida o`zaro munosabatlarning muayyan shaqllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday tarzda biron bir to`daga birlashuvi muqarrar ravishda to`dadagilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo`lgan «til»ning paydo bo`lishiga olib keladi. Har qanday to`dada biologik jihatdan tengsizlik qaror topadi: kuchli hayvonlar kuchsizlarini o`ziga bo`ysundiradi. Kuchsizi bo`ysunganlik alomatini ko`rsatadi. Hayvonlarda qiyofa, suykanish «tili»dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» ham bor. Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi-hayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o`laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo`lib xizmat qila olmaydi. Yashash sharoitlarining keskin o`zgarishi hayvonlarning joyini o`zgartirishga majbur etish azaldan ma’lum. Cho`l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o`zlarining normal hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu o`rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o`ziga suv sepa boshlaydi, qalin soyaga yashirinadi. Maymun ham issiqdan yaxshi saqlanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bunda instinktlardan tashqari individual hayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba - shartli boglanishlar ham qo`l keladi Psixika organik xayotning yuksak formalaridan bo`lib, u xayvonlar va insonga xosdir. Lekin xayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan soddarok to`zilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham xayvonnikidan farq qiladi. Insondagi psixik xayot soxalari nixoyat xilma- xildir. SHunga qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo`ladi. Psixologiya fanining vazifasi ana shu bog`lanish va munosabatlarning konuniyatlarini ochib berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan xozirgi davrda inson ongidagi sarkitlarni, birinchi navbatda, sobiq kammunistik g`oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o`rgatish, uning ongiga ta’sir qilishning eng samarali yullarini ko`rsatib berish ham psixologiyaning vazifasidir. Psixologiya qadimiy fanlardan bo`lib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo`lgan. Kadimgi grek filosoflaridan Geraqlit ( e.o. 530-470) Demokrit (e.o.460-370), Gippokrat ( e.o.VI asr), Sokrat (e.o.459-399), Platon (e.o.428-348) ning asarlaridayok kishining joni va ruxiy xayoti tugrisida juda ko`p va xilma-xil fikrlar bayon qilinganini kuramiz. Inson ruxiy xayoti xaqidagi ayrim fikrlarni kadimgi xitoy va xind mutafakkirlarining asarlarida ham uchiratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon filosofi Aristotel (Arastu) (e.o.384- 322 y) yaratgan. U “Jon xaqida» degan asarida psixika xaqida batafsil to`xtalib, uning ko`pgina tomonlarini tushuntirishga harakat qilgan. SHu bilan birga, o`zidan oldingi olimlarning fikrlariga tarixiy sharx bergan. SHuning uchun ham u psixologiyaning «otasi» xisoblanadi. 1 Psixik jarayonlar miyaning aloxida xossasi bo`lib, faqat miyaning faoliyatiga bog`liq xolda ruy beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashqil topgan materiya bo`lib, psixika esa ana shu materiyaning maxsuli, uning funko`iyasidir. Psixik xodisalarning qanday ruy berishini bilish uchun uning moddiy asosi – nerv sistemasiga boglangan xolda o`rganish kerak, CHunki insondagi barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir. Xech qanday psixik prosessning o`z-o`zicha hosil bo`lishi mumkin emas, psixika faqat u yoki bu qo`zg`ovchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixikaning boshlanishi qo`zg`ovchining ta’siri bo`lsa, uning oxirgi natijasi organizmning qo`zg`ovchiga javobidir. Xar qanday psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir Ma’lumki, psixika va ong birdaniga paydo bo`lmagan, balki o`zok tarixiy evolyuo`iya natijasida shaqllanib, usib, takomillashib borgan. Dastlab yerda xayot paydo bo`lganda bir xujayrali xayvonlar vujudga kelgan. Ularga psixik proo`esslardan seskanuvchanlik xos bo`lgan. Sekin – asta o`zok evolyusiya natijasida xayvonlarning takomillashib borishi natijasida ularning nerv sistemasi va bosh miyasi ham usgan. Miyaning rivojlanishi esa turli psixik proo`esslarni vujudga keltirgan. Inson psixikasining taraqqiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod paydo bo`lgandan toki xozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan xolda utgan. Masalan, dastlabki odamsimon maymunlar yoki ibtidoiy jamoa to`zumi davridagi odamlar bilan xozirgi insonlar psixikasi o`rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontoginez esa bola tugilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham usib, rivojlanib borishidir. Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ongdeganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidantarkib topdi. K. Marks «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi — bilimdir», — deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin. Sezgilar va idrokyordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotiraongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayolehtiyoj| ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkurumumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydibatamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi yo « birin chi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi ta’rifi — unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir. Odam o`z xatti- harakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni qo`zlovchi faoliyatinita’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak. Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi. Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Download 171.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling