Tuman shirkat xjaliklarining paxta hosildorligi
bo‘yicha taqsimoti
Shirkat xo‘jaliklarining paxta hosildorligi bo‘yicha guruhlari (s/ga)
|
Shirkat xo‘jaliklari soni
|
20 sentnergacha
|
4
|
20-25
|
8
|
25-30
|
6
|
30 s dan yuqori
|
3
|
Jami
|
21
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 20-25 s hosildorlikka erishgan xo‘jaliklar 8 ta ikkinchi guruhga kiruvchi shirkat xo‘jaliklari hisoblanadi. Ularning soni boshqa guruhdagi xo‘jaliklar soniga nisbatan ko‘pdir (eng katta qator shudir). Ushbu qator (ikkinchi guruh) moda hisoblanadi. Endi, modani keltirilgan formula bo‘yicha hisoblaymiz:
Demak, to‘plam uchun 23 s/ga moda hisoblanadi. Mediana deb tartibga solingan variatsion qatorlar o‘rtasida joylangan belgi miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkichga aytiladi. Boshqacha aytganda, to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi ko‘rsatkich mediana deyiladi.
Medianani aniqlash qator turlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar qator ranjirlangan bo‘lsa (ko‘payib yoki kamayib borish bo‘yicha tartibga solingan bo‘lsa), u holda mediana variatsion qatorning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi.
Agar qator toq sonli bo‘lsa, tartibi bo‘yicha qator o‘rtasida joylashgan variant mediana hisoblanadi. Masalan, agar qator sonlari 9 ta bo‘lsa, 5-si mediana, agar qator sonlari 13 ta bo‘lsa, 7-si mediana hisoblanadi.
Agar ranjirlangan qator juft sonlardan tashkil topsa, u holda mediana tartibi bo‘yicha qator o‘rtasida joylashgan ikkala variant yig‘indisining teng ikkiga bo‘linganiga teng bo‘ladi. Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib mediananing hisoblash tartibini ko‘rib chiqamiz.
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |