University of business and science”
Download 144.33 Kb.
|
6.O MUSTAQIL ish stastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta yetishtiruvchi oilaviy pudratchilar bo‘yicha paxta hosildorligi
4. Moda va mediana
O‘rtacha miqdorlar bir-biridan farq qiladigan yakka miqdorlarning o‘rtachasidir. Shuning uchun ular to‘plam uchun xos bo‘lgan umumiy yo‘nalishni, qonuniyatni ochib bera oladi, ammo to‘plamdagi yakka belgilar qiymatlarini niqoblaydi. Bu esa hayotda sodir bo‘ladigan ayrim hodisalarni o‘lchash, baholash va ta’riflashda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun statistikada moda va mediana qo‘llaniladi. Moda deganda statistik to‘plamda eng katta songa va salmoqqa ega bo‘lgan ko‘rsatkich tushuniladi. U aniq miqdor sanalib, o‘rganilayotgan to‘plamning strukturasini (tuzilmasi) ta’riflashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o‘rtacha ish haqi yoki o‘rtacha hasildorlik bilan eng ko‘p uchraydigan ish haqi darajasi yoki hosildorlik darajasi ham katta ahamiyatga ega. Moda oraliqli va oraliqli bo‘lmagan (diskret) variatsion qatorlar bo‘yicha aniqlanadi. Oraliqli bo‘lmagan (diskret) qatorlarda modani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, uni hisoblashda ortiqcha hisoblashlar talab qilinmaydi. Diskret (oraliqli bo‘lmagan) qatorlarda qaysi bir variantning vazni yoki salmog‘i ko‘p uchrasa, shu variant moda hisoblanadi. Diskret qatorlar bo‘yicha modani aniqlashni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. 6-jadval Paxta yetishtiruvchi oilaviy pudratchilar bo‘yicha paxta hosildorligi
Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, hosildorligi 25 s/ga ga teng bo‘lgan oilaviy pudratchilar soni qatorda eng ko‘p uchragan variantdir, ya’ni 8 pudratchi gektaridan 25ts. dan hosil olgan. Ushbu miqdor (25ts.) to‘plam uchun moda hisoblanadi.Oraliqli variatsion qatorlarda modani yuisoblash variatsion diskret qatorlarga nisbatan farq qiladi. Oraliqli variatsion qatorlarda modani quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: M0 – moda; x0 – moda oralig‘ining quyi chegarasi; d – moda oraliq (interval) miqdori; f1 – moda oralig‘ining quyi chegarasidagi qator vazni; f2 – moda qatorining vazni; f3 – moda oralig‘ining yuqori chegarasidagi qator vazni. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, oraliqli variatsion qatorlar bo‘yicha modani hisoblash tartibini ko‘rib chiqamiz. 7-jadval Download 144.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling