University of business and science


-mavzu. O‘zbekiston va Jahon xamjamiyti


Download 295.88 Kb.
bet3/14
Sana14.03.2023
Hajmi295.88 Kb.
#1267924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ishchi dastur O`zEYT

4-mavzu. O‘zbekiston va Jahon xamjamiyti
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jaxon xamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jaxon xamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarni O‘zbekistonning MDXdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. O‘zbekiston tashki siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, xuquqiy-normativ xujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
5-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilanishi. Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Xalqparvar davlat.
Mustaqillik yillari amalga oshirilgan islohotlarning milliy davlatchilikni tiklash va mustahkamlash, davlatimiz chegaralarini dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquqlari va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mihitini ta’minlash. 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
O`zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish kabi vazifalarning belgilanishi.
Oliy Majlis rolini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yangilash, siyosiy tizimni rivojlantirishda davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha vazifalarni amalga oshirishda o`zaro manfaatli hamkorlik samarasini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarning belgilanishi. “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish.
Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda xalq bilan muloqatning samarali mexanizmini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla instituti, OABlarning rolini kuchaytirish, vazifalarining belgilanishi va amalga oshirilgan vazifalarining natijalari.
Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni. Yangi O`zbekiston: yangilanish va taraqqiyot omillari. Yangilanayotgan O`zbekiston. “Davlat – inson uchun” tamoyili – demokratik islohotlar mezoni. Davlat organlari – xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi. Davlat boshqaruvining sivilizasiyaviy imkoniyatlari. Hududiy masalalarni hal qilish ma’suliyati. Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati. Ijtimoiy ma’suliyatli ommaviy axborot vositalari.



Download 295.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling