University of business and science


-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlar. (2 soat)


Download 295.88 Kb.
bet6/14
Sana14.03.2023
Hajmi295.88 Kb.
#1267924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ishchi dastur O`zEYT

3-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlar. (2 soat)
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan axoli bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, axolini uy-joylar bilan ta’minlash.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo’jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo’nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohalarining rivojlanishi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlar ni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaxarlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va soxadagi muammolar. O‘zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash soxasidagi o‘zgarishlar. Oliy ta’lim soxasida qabul qilingan qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro xamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.




  1. Download 295.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling