University of economics and pedagogy


O‘rin-joy otlari yasovchi qo‘shimchalar


Download 1.79 Mb.
bet28/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

3.O‘rin-joy otlari yasovchi qo‘shimchalar:
-zor: gulzor, paxtazor, olmazor
-iston: O‘zbekiston, guliston
-loq: o‘tloq,toshloq
-goh: saylgoh, o‘yingoh
-xona: oshxona, choyxona
-obod: Yunusobod, Yangiobod
4.Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar:
-lik: bolalik, do‘stlik, birlik, mustaqillik
-liq: otaliq, borliq
-ch: sevinch, quvonch, tayanch
-garchilik: odamgarchilik, og‘aynigarchilik
-chilik: kamchilik, dehqonchilik
-sh(-ish): qurilish, emlash
-v(-uv): undov, uquv
-i: suyunchi
-at(-ot): madaniyat(madaniy+at=madaniyat),qonuniyat, shaxsiyat, tashviqot,targ‘ibot
2. So‘zlarni qo‘shib, juftlab, bog‘lab ot yasash(sintaktik yoki kompozitsiya usuli)
Bunda qo‘shma va juft otlar yasaladi. Qo‘shma otlar quyidagicha yasaladi: 1) ot bilan otdan: otquloq, qo‘larra; 2) sifat bilan otdan: ko‘ksulton, xomtok; 3) ot bilan sifatdan: gulbeor, oshko‘k; 4) son bilan otdan: mingoyoq, qirqog‘ayni, uchburchak; 5) ot bilan fe’ldan: o‘rinbosar, beshiktervatar; 6) fe’l bilan fe’ldan: iskabtopar, olibsotar. Biror belgisiga ko‘ra atalgan joy nomlari ko‘pincha qo‘shma ot orqali ifodalanadi: Oqtepa, To‘ytepa, Uchqo‘rg‘on.
Qo‘shma otlar qismlarining munosabatlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
1. Sifatlovchi-sifatlanmish birikmasi shaklida: ko‘ksulton, itbaliq.
2. Qaratqich-qaralmish birikmasi shaklida: bilaguzuk (bilakning uzugi), otquloq (otning qulog‘i).
3. To‘ldiruvchi-to‘ldirilmish birikmasi shaklida: o‘rinbosar (o‘rinni bosar), beshiktervatar (beshikni tebratar), dunyoqarash (dunyoni qarash).
4. Hol-hollanmish birikmasi shaklida: beshotar, iskabtopar (chivin)
5. Ega-kesim birikmasi shaklida: go‘shtkuydi, qoryog‘di (marosimlar) – Go‘shtkuydi. Qoryog‘di.
6. Kesim-undalma shaklida: urto‘qmoq (Ur, to‘qmoq), ochildasturxon (Ochil, dasturxon).
Quyidagi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
1) qismlari turdosh otlardan iborat bo‘lib, bir urg‘u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari: gulko‘rpa, oshqozon, o‘qilon, tutmayiz, oshko‘k.
2) ot bilan-ar qo‘shimchali fe’ldan yasalgan qo‘shma otlar: otboqar.
3) ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar: Sirdaryo, Oqtepa. Ikkinchi qismi ye, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo‘shma otlar ajratib yoziladi: yer yong‘oq, eshak yemi, qozon yuvg‘ich.
Bulardan tashqari, ruscha-baynalmilal so‘zlar ishtirokida yasalgan qo‘shma otlar ham o‘zbek tilida mavjud: bronepoezd, aviabo‘linma, avtoyo‘l, kinoqissa.
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: uy-joy, oyoq-qo‘l.
2) sinonim so‘zlardan: kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat.
3) antonimlardan: yosh-qari, ost-ust.
4) butun-bo‘lak ma’nosini ifodalovchi so‘zlardan: tog‘-tosh, idish-tovoq, gap-so‘z, oy-kun, vaqt-soat.
Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasalavermaydi. Juft so‘zning turkumini qismlarning qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so‘zning butunligicha qanday ma’no anglatishiga qarab aniqlash kerak bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so‘zlar juftlanib, ot yasaladi:
1. Ot: yor-birodar, to‘y-tomosha.
2. Sifat: oq-qora (Oq-qorani tanigan), issiq-sovuq (qilingan).
3. Ravish: kam-ko‘st.
4. Sof fe’l: ur-yiqit, keldi-ketdi (tugadi).
5. Fe’lning harakat nomi shakli: yurish-turish, yozuv-chizuv.
6. Taqlidiy so‘zlar: adi-badi, qiy-chuv.
Juft otlar qismlarining qaysi tilga mansubligi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. O‘zbekcha-o‘zbekcha: ot-ulov, ko‘rpa-yostiq.
2. O‘zbekcha-arabcha: kuch-quvvat, o‘y-xayol.
3. O‘zbekcha-tojikcha: tuz-namak.
4. O‘zbekcha-ruscha: kissa-karmon.
5. Arabcha-arabcha: hisob-kitob.
6. Tojikcha-o‘zbekcha: savdo-sotiq.
3. So‘zlarni qisqartirib ot yasash (abbreviatsiya usuli)
1) so‘zlarning birinchi harfidan: Birlashgan millatlar tashkiloti - BMT, Reklama tijorat markazi - RTM.
2) birinchi so‘zning bosh qismini va boshqa so‘zlarning birinchi harfini olish bilan: O‘zbekiston Milliy universiteti - O‘zMU.
3) so‘zlarning bosh qismidan: ijroiya qo‘mita - ijroqo‘m.
4) aralash yo‘l bilan: pedkengash.
4. Turkumdan turkumga ko‘chish orqali ot yasalishi (semantik usul)
1) sifatdan otga ko‘chish: o‘g‘il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam); 2) fe’ldan otga ko‘chish: kelajak (O‘zbekiston kelajagi buyuk davlatdir); 3) juft fe’llar otga ko‘chadi: keldi-ketdi, oldi-sotdi, qo‘ydi-chiqdi.
5. So‘zlarni takrorlash yordamida ot yasash
Lik-lik (ko‘kat turi), pat-pat (mototsikl), bog‘cha-bog‘cha (o‘yin), yugur-yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).
Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Otlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Sodda otlar: a) sodda tub otlar. b) sodda yasama otlar. Tub otlar so‘z yasovchi qo‘shimcha olmagan otlardir: kitobni, qalamlarim. Yasama otlar so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yordamida yasalgan otlardir: kitobxonni, qalamdonim.
2. Qo‘shma otlar:belbog‘, qo‘lqop, Yangiyo‘l, yer yong‘oq.
3. Qisqartma otlar: MDH, pedkengash.
4. Juft otlar: yem-xashak, ko‘rpa-yostiq.
5. Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor (qo‘shiq nomi).
Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi.
Agar juft otlar o‘rtasida ikki otni bir-biri bilan bog‘laydigan u, yu tovushlari bo‘lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo‘yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so‘zlar jon-jonidan o‘tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so‘zning boshida kelgan undosh p yeki
m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin
ptovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.

Ot tahlili namunasi

1. So‘rog‘i.
2. Ma’no turi (atoqli va turdosh otlar, turdosh otlarning turlari).
3. Birlik yoki ko‘pligi (soni)
4. Kelishigi.
5. Egalik qo‘shimchasi bo‘lsa,

uning shaxs-soni aniqlanadi.
6. Kichraytirish, erkalash, hurmatlash ma’nolari bo‘lsa, aniqlanadi.
7. Tuzilish turi.
8. Tub yoki yasamaligi.
9. Gapdagi sintaktik vazifasi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling