University of economics and pedagogy


Qadimgi Rimda iqtisodiy g’oyalarni ilgari surgan asosiy vakil


Download 26.02 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi26.02 Kb.
#1798588
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish (2)

Qadimgi Rimda iqtisodiy g’oyalarni ilgari surgan asosiy vakil
MARK PORTSIY KATON
(mil.av. 149-234 y.)
Katon ishlab chiqarishni tashkil etishni ayirboshlashni yaxshilashga bog'lab, iqtisodiy ta'limotlar tarixida birinchilardan po'lib ishlab chiqarish samaradorligi muammosini ilgari suradi. Katonning fikricha, xo’jalikni samarali yuritish uchun barcha ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish kerak, bunday omillarga u mehnat, yer va uni ishlash vositalarini kiritadi; Ortiqcha qishloq xo'jaligi mahsulotini sotishni tashkil etish to'g'risida fikr yuritadi; Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan mahsulotlarni sotib olish zarur, deb hisoblaydi; Zaytun yog'ini eng foydali mahsulot, deb qaraydi.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo'layotganligini ko'rgan Katon yaylov xo'jaligini keyinchalik savdo va sudxo'rlikni qo'llab-quvvatlagan Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to'la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo'shgan (xato fikr). “Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak”, deydi u. Dehqonlar qo'lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlandi, Bu holat yirik yer egalari - patrisiylar va dehqon-plebeylar o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo'ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo'li bilan hal etmoqchi bo'ldilar. Yer egalarining qo'lidagi yerning bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko'zda tutilgan eng muhimi bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo’lishi kerak edi.
Download 26.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling