Unli va undosh tovushlar


Download 126 Kb.
bet2/8
Sana16.10.2023
Hajmi126 Kb.
#1704621
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Unli va undosh tovushlar-hozir.org

(ekin, echki, )undoshdan keyin o 'rta keng lablan-magan unli tarzida o'qiladi (kel, tez).

Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. 0 harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, muomala, munosabatkabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.

O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. U lar quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.

Tovush tasnifi

Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o', u.

Ular quyidagicha tasnif qilinadi:

1) tilning gorizontal harakatiga ko'ra;

2) tilning vertical harakatiga ko'ra;

3) lablarning ishtirokiga ko'ra.

1. Tilning gorizontal harakatiga ko' ra unlilar ikkiga bo' linadi:

a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ;

b)til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o', o

Bunday bo'linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib , ko'pincha yumshoq tanglay tomon yo'naladi.

2. Tilning vertikal harakatiga ko'ra unlilar uchga bo'linadi:

a) yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u;

b) o'rta (o'rta keng) unlilar:

c) quyi (keng) unlilar: a, o.

Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko'ra tasnifida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi, og'izning ochilishi darajasi hisobga olinadi. Chunonchi, i, u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin tur adi, shuning uchun og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; a, otovushlarini hosil qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun og'izning ochilish darajasi ham keng bo'ladi; e, o' tovushlarini hosil qilishda til va tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtaga bo'ladi, ya'ni tor ham emas, keng ham emas. Shunga ko'ra, og'izning ochilishi ham o'rtacha keng darajada bo'ladi.

3. Lablarning ishtirokiga ko'ra unlilar ikkiga bo'linadi:

1) lablangan unlilar: o', u, (o oraliqdagi)

2) lablanmagan unlilar: a, i, e

Undosh tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, j

(joy so'zidagi kabi) j (j: jurnal so'zidagi kabi) z, y, k, l, m, n, ng (tong so'zidagi kabi)p, r, s, t, f, x,

ch, sh, q, g', h. Undosh tovushlar un paychalarining harakati (taranglashish) holatiga va og'iz

bo'shlig'ining qayerida to'siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iborat bo'lishi yoki ovozning

shovqinidan ustunligiga qarab bir-biridan farqlanadi va shunga ko'ra quyidagicha tasniflanadi:

1) hosil bo'lish (artikulyatsiya) o'rniga ko'ra;

2) hosil bo'lish (artikulyatsiya) usuliga ko'ra;

3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra;

4) tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra.

5) tarkibiga ko’ra

1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:

I. Lab undoshlari:

a) Lab-lab undoshlari:


Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling