Luiziana
qo`shildi.
Rossiyadan
Alyaska
sotib
olindi.
Meksikadan
«hududlar», Ispaniyadan Antil orollari tortib olindi.
Yuz yilliklar mobaynida mustaqil siyosiy hayot kechirib kelgan 25 nemis mustaqil
davlati va erkin shahari 1871 yili xuddi shu tarzda birlashishdi. Ular «abadiy
konfederatsiya» sifatida yagona Olmoniyani tashkil etdi.
1867 yilda Shimoliy Amerikadagi uch ingliz viloyati (Kanada, YAngi Shotlandiya va YAngi
Braunshveyg) «Kanada nomli yagona mustaqil davlat»ga birlashdi.
1885-1886 yillarda ingliz suvereniteti asosida oltita Avstraliya mustamlakasi, YAngi
Zelandiya va Fiji orollari Avstralosiyo federal davlatiga birlashdi.
Mumtoz ma`nodagi federativ davlatlar pastdan yuqoriga, kichikdan kattaga, ko`plikdan
birlikka shaklida tipik tarzda paydo bo`lgan. Bunda federal konstitutsiyalar siyosiy jihatdan
o`sib-chatishib ketadigan kichik davlatlar aynan nimalarda o`z mustaqilliklarini saqlab qoladi-
yu, nimalarda yo`qotishlarini belgilab beradi. Odatda, ularning har biri uchun alohida taalluqli
bo`lgan hamda hamdo`stlik birligiga xavf solmaydigan hamma narsada ularga mustaqillik
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |