Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet18/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
21-qism.

Qiz hayron oldiga qarab oldi . Dars boshlanib o'qituvchi kirdi . U ham Lyusini ko‘rib quvondi. Darsini o‘tib chiqib ketdi . Tanafus payti hamma tushlik qilish uchun chiqib keta boshladi . Elis ham boshqa qizlar bilan chiqib ketdi. Sababi Lyusi qornim to‘q deb unamadi . Deyarli sinfda 3 4 ta odam qolgach Lyusi sekin orqa partada o‘tirgan Mayklni oldiga borib o‘tirdi . Maykl buni sezsada jim o‘tiraverdi.


- salom..
Lyusi sekin gap boshladi. Maykl ham noiloj ..
- salom deb salomlashdi. Keyin o‘ylanib .. - Lyusi .. meni kechir ..
- kechirim so‘rashga hojat yo‘q. Sen ham ataylab qilmagansan..
Bu gapni kutmagan Maykl Lyusiga qarab qoldi.. "Bu qanday qiz bo‘ldi .. boshqasi bo‘lganida allaqachon urush janjal qilgan bo‘lardi.. Lyusi esa ... qoyil qolmay iloj yo‘q " deb o‘ylanib ..
- rostdan hafa emasmisan..
- ha .. sen shunga tushkun ahvolda yuribsanmi..
- bir tomondan bunga ham .
- demak boshqa muammoying ham bor ..
- Maykl achchiq kulib.. Lyusi meni hayotim turgan bitgani muammodan iborat.. tug‘ilishim .. bolaligim.. va mana hozir ham muammolar ichidaman.. men va muammo bizni ajralmas do‘st desak ham bo‘ladi.. deb mayus bo‘lib qoldi .
- men agar biror muammoga yo‘liqsam do‘stlarimga aytib yengillashaman va birga chora izlay boshlaymiz.. Maykl sen ham kimgadir ichingdagini ayt .. buni ichingga yutganing bilan hech nima o‘zgarib qolmaydi..
- lekin meni do‘stim bo‘lmagan.. meni tabiatim tushunarsiz.. ko‘plar chiday olmagan va men ham yolg‘iz o‘zim kurashishga o'rganib ham qolganman..
- bunaqasi ketmaydi.. qiz o‘ylanib .. men do‘st bo‘laman .. ho‘sh rozimisan..
- Lyusi meni ..
- hech qisi yo‘q .. meni ham tabiatim boshqacha.. kelishib ketamiz.. ishon deb mamnun qarab qo‘l cho‘zdi.. rozimisan..
Maykl qizga va qo‘liga qarab turib...

Unutamadım gitti♡


#frozen
22- qism.

- ha lekn ishonching komilmi .. qo‘lini berish barobarida hayron savol berdi .


- albatta deb kulib qo‘lini oldi ..ho‘sh endi menga ayt jon qulog‘im bilan eshitaman ..
- Lyusi hech bir insondan nafratlanganmisan..
- yo‘q .. nega buni so‘rading..
- men o‘z dadamdan juda nafratlanaman.. gohida bunday zolim dadam borligidan hafa bo‘laman ..
- nega bunday deyapsan ..
- chunki .. o‘sha insonni deb bir umrga onamdan ayrildim.. mehrga zor bo‘lib o‘sdim .. yaxshi inson bo‘lish nimaligini bilmay mana shunaqa yomon bo‘lib o‘sdim ..
- unday dema .. bu yoshda beboshliklar bo‘lib turadi .. sen aslida juda yaxshi insonsan ..
Maykl qizga hayron qaradi ..
- sen qayerdan bilasan ahir meni uncha tanimaysanku ..
- to‘g‘ri tanimayman .. lekin har bir insonni mana bu yerida ( qiz mayklni ko‘ksi ustiga qo‘lini qo‘yib) toza qalb bo‘ladi .. u yerdagi so'zlarni hamma ham ochiq oshkor qilmaydi .. yomon so'zlar esa bu yerdan chiqmaydi u miyyangdan chiqadi ..
- Lyusi sen juda ajoyib fikrlaysan.. dunyo qarashing ham o'zgacha..
- balki shundaydir.. seni endi do‘sting bor .. siqilsang doim dardingni men bilan bo‘lish .. hal qilaman deb va‘da bermayman lekin.. ishonaver ancha yengil tortasan ..
- rahmat senga .. deb mayus kulib qo‘ydi .
Qiz hayrlashib qayta joyiga o‘tirdi. Darslar tugagach qizlar uyga qaytayotsa Lyusiga qo‘ng‘iroq bo‘ldi . Qarasa dadasi .. tezda javob berdi ..
- eshitaman Dadajon
- Lyusi qizim ..ovozi g‘amgin edi. Qiz havotirlanib ..
- nima bo‘ldi dada ..
- Jaster bir soat avval omonatini topshirdi ..
- nima..
- Jeyson juda yomon ahvolda.. agar yaxshi bo‘lsang ..
- albatta boraman .. hozir yetib boramiz deb .. Elisga hamma gapni tushuntirib.. endi taksi to‘xtatishmoqchi edi . Robert kelib qoldi .. qizlar shoshilishayotgani uchun tezda mashinaga o‘tirib tushuntirgan bo‘lishdida .. kasalxonaga yo‘l olishdi . Ularni uzoqroqda qo‘riqchilar nazoratida mashinaga o‘tirayotgan Maykl ko‘rib .. negadir asabiylashardi..
Unutamadım gitti♡

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling