Unutamadım gitti♡
Download 0.63 Mb.
|
Unutamadım gitti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unutamadım gitti♡
#frozen
4-qism. Qiz bu gapni eshitib tes o‘girildida .. - hozir nima deding .. - voy qulog‘ing eshitmasmidi .. bilmagandim deb ustidan kulgandek gapirdi . Unga yonidagi qizlar ham qo'shilib kulishdi. Qiz ketma- ket mazaxlanganiga uning ustidan kulishayotganiga chidolmay .. ko‘ziga endi yig‘ilayotgan yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun xonadan yugurib chiqib ketdi . U chiqib ketgach Elis ham tezda ortidan chiqib ketdi . O‘qituvchi endi Mayklni so‘kmoqchi bo‘lib qarashiga .. Jeyson tezda o‘rnidan turib Mayklni yoqasidan oldi . J : - hozir kimni kalaka qilding .. sen ham erkakmisan qizlar bilan dugonadek o‘tirib olib bir qizni ustidan mazahlaydigon . Bugun kelib olib o‘zingcha haddingdan oshayapsan .. M : - senga nima .. men bilan o‘ynashma va qo‘lingni tushir .. Jeyson bir kulib .. - tushirmasam nima bo‘ladi .. - hozir bilib olasan deb qo‘lini ushlab pastga siltadida tezlikda yuziga musht tushirdi .. Bu yoqda ustoz ham boshqalar ham tinmay bas qilishlarini aytib ajratishga urinishar edi .. Sinfda baqir - chaqir va g‘ala- g‘ovur ko‘tarilgandi. Jeyson labini chetki qismidan oqqan qonni artib o‘rnidan turdida u ham Mayklga musht tushirdi .. U yog‘i juda tez va shiddatli jangga aylandi. Bir- birini parta ustiga .. devorga uloqtirishar .. , va duch kelgan joyiga urib tepishishardi. Hatto ularni ajrataman deb oraga tushgan yigitlar ham bularning zarbasidan bahramand bo‘lardi.. Shu darajada kattalashib ketgan jangni Universitet domlalari kelib yakunlashdi . Ikkisini direktor xonasiga olib kirishdi .. Domla ularni ahvolini ko‘rib avval rosa vaz o'qidi.. keyin esa nimadan kelib chiqqanini so‘radi .. - kursdoshim va do‘stim bo‘lmish bir qizni mazahladi.. - shu to‘g‘rimi .. Mayklga jahl bilan qaradi .. bir muddat direktor ko‘ziga qarab tugach -... ha to‘g‘ri deyishi bilan yuziga musht kelib tushdi .. Buni kutmagan Jeyson hayron qarab qoldi . Chunki shu paytgacha talabalarga qo‘l ko‘tarilmas edi . Maykl alamli kulib yana direktorga qaradi .. - ikkingiz ham hoziroq Universitet ichki tartibiga ko‘ra jazo o‘taysiz .. markazni tozalaysiz .. endi esa chiqing .. ha yana urushganingizni eshitsam keyingi safar o‘g‘irroq jazo o‘taysiz .. Bu paytda Lyusi Universitet bog‘ida bir o‘rindiqdan joy olib yig‘lamaslikka urinar edi . Elis kelib tezda uni bag'riga bosdi . - Lyusi shirinim bo‘ldi yig‘lamagin.. - u ustimdan ochiqchasiga kuldi .. u ham mayli kecha meni eng yaqin dugonam bo‘lgan qizlar uni yoniga joylashib unga qo'shilib kulishdi . Nega odamzot bunaqa .. nega ? deb dugonasini quchib yig‘layverdi. Yoshlariga erkinlik berdi . - ular shunday qizlar bu ko‘rinishlaridan ham ayonku , senga buni tan olishni istamasangda puling borligi uchun yoningda yurishgan edi..yaxshi ham bilib qolding . Bo‘lmasa hech narsadan bexabar hali ham qo‘yningda ilon saqlab yurgan bo‘lar eding. - ha to‘gri aytasan deb yana yig‘lashda davom etdi. Elis ham unga qo'shilib yig‘lab o‘tirardi . 3- dars boshlanganligi haqida habar yangragach. Lyusi ko‘z yoshlarini artib , dugonasiga qarab hayron.. - nega yig‘lading ? - o‘zing ham yig‘ladinku .. yoshini artgancha javob berdi . Lyusi bu gapni eshitib kulib.. - tentakvoy .. men yig‘lasam sen ham yig‘layverasanmi ..? - ha chunki seni yaxshi ko‘raman deb quchib oldi . Lyusi ham uni quchdi . Binoga kirishlari bilan qo‘llarida sho‘tkali shvabra ushlab bir- biriga nafrat bilan qarab kafelli yerni artishayotgan Maykl va Jeysonni uchratishdi .. Ularni yuzlari bir ahvol ustboshini gapirmasa ham bo‘ladi.. Ular ham qizlarni ko'rishdi.. Jeyson Lyusini ko‘rib oldiga endi bormoqchi bo‘lganida yonida turgan " qorovul " bunga to'sqinlik qildi . Ha ikki yigitni ham bittadan domla tepasida tekshirib turishga edi .. Jeyson uzoqdan bo'lsada.. - Lyusi tuzikmisan .. Lyusi Jeysondan ko'zini olib Mayklga qaratdida.. - ha .. lekin aybdor jazosiz qolmaydi .. yonidagi hamtovoqlari ham.. Jeyson ham Maykilga yomon qarash qilib gapiga aralashib yakunladi. - Albatta. Maykl nafrat bilan qarab turgan Lyusi va Jeysonga bir qarab huddi gaplarini nazarga ilmagandek hotirjam ishini qilaverdi . ♡Unutamadım gitti♡ Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling