Uo‘K: 01. Kbk: 87. F – 84 Forobiy, Abu Nasr
Download 414.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqxrpt noyfaiebxhuigk3abeces3t7ene30j9m1vt16y2s6l2bytczze4g8ldc2h52s3ehmy8ikz2fbsh
10 MUALLIM AS-SONIY Abu Nasr Forobiy O‘rta Osiyodan chiqqan buyuk fan arboblaridan sanaladi. O‘rta asr fan va madani- yatiga ulkan hissa qo‘shgan bu olim bilim-ma’rifat- ning ko‘p sohalarini egallagan va o‘zidan keyin sal- moqli meros qoldirgan. Forobiy riyoziyot va falakiyot, tabobat va musiqa, mantiq va falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida qalam tebratgan, bu sohalarning har birida ajoyib asarlar yaratgan. Forobiy falsafa tarixida yirik mantiqshunos, fayla- suf sifatida mashhurdir, uning tarjimai holi haqida tibbiyot tarixiga oid kitob yozgan arab olimi Ibn Abi Usaybia (1203–1270) Forobiy haqida bunday yozadi: «Abu Nasr Forobiy bir qancha vaqt Bag‘dodda ya- shadi, keyin Shom (Suriya)ga ko‘chib kelib, umrining oxiriga qadar shu yerda turib qoldi. Rahmatli yetuk faylasuflardan, fozil donishmandlardan edi, hikmat – falsafaga oid fanlarni mukammal bilardi. Riyozi yot- matematika, falakiyot astronomik ilmlariga mohir, pokiza, yirik alloma kishi edi. Mol-dunyo bilan hech ishi yo‘q edi, «o‘lmas ovqat»ga chidab yashaydigan serqanoat odam edi. Uning fe’l-atvori xuddi qadimgi faylasuf-hakimlar odobiga o‘xshardi. Abu Nasr Forobiy tib ilmidan ham durustgina xabardor edi. Bu ilmga oid nazariyani yaxshi bi- lardi. Ammo amaliy tajriba qismini uncha chuqur bilmasdi». Ibn Abi Usaybianing otasi ko‘z tabibi bo‘lgan ekan, o‘g‘li ham bu kasbni egallab, keyin asar yozishga rag‘bat qilgan, natijada to‘rt yuz tabibning tarjimai holini to‘plab asar yozganida ular ichida Shom (Su- Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/2002 saytida. Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/2002 сайтида. Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/2002 Download 414.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling