Kvestor (lot.) – qadimgi Rimda davlat xazinasini boshqargan
mansabdor shaxs.
Kliyentlar (lot.) – qadimgi Rimda gallar va ba’zi qabilalarda
ijtimoiy tabaqa bo‘lib, mil.avv. VII asrda vujudga kelgan. To‘la
huquqli bo‘lmagan kliyentlar patritsiylarga qaram bo‘lib, ular-
ning homiyligidan foydalanganlar.
L
Lotin Ittifoqi – mil.avv. VII asrda an’anaga ko‘ra, tashkil
topgan qadimgi Italiya 30 shahar (Latium) federatsiyasi. Mil.
avv. VI asrda Lotin ittifoqida Rim shahri ustunlikka ega bo‘lgan.
Lektorlar (lot.) – qadimgi Rim respublikasida oliy mansabdor
shaxslarni kuzatib yuruvchi faxriy soqchilar.
O
Olimpiya o‘yinlari (yun.) – mil.avv. 776-yildan an’anaga
ko‘ra har 4 yilda bir marta Olimpiya shahrida xudo Zevs shara-
figa o‘tkaziladigan bayram. Olimpiya o‘yinlari yugurish, disk
uloqtirish, sakrash, poyga, kurash musobaqalaridan iborat
bo‘lgan.
Ostrakizm (yun.) – badarg‘a, surgun, qadimgi Afinadagi xalq
yig‘inlarida ovoz berishning maxsus shakli. Davlat uchun xavf-
li deb hisoblangan fuqarolarni yashirin ovoz berish yo‘li bilan
badarg‘a qilish. Bunda surgun qilinadigan kishilarning nomlari
yozilgan sopol parchalari (ostrakonlar)ni tarqatish orqali ovoz
to‘plagan. Kimning nomiga 6 ming va undan ortiq sopol par-
chasi to‘g‘ri kelsa, u 10 muddat bilan Afinadan badarg‘a qilin-
gan. Ostrakizm mil.avv. 509–417-yillarda qo‘llanilgan.
P
Patritsiy (lot.) – qadimgi Rimda zodagon, aslzoda, oqsuyak.
Qadimgi Rimda butun hokimiyatga ega bo‘lgan yerli boy va zo-
dagonlar urug‘ining a’zosi.
S
Satrap (yun. – qad. fors.) – qadimgi fors podsholigida chek-
lanmagan hokimiyatdan foydalanuvchi viloyat noibi.
Senat (lot.) – qadimgi Rimda respublika davrigacha urug‘
oqsoqollarining yig‘ini. Respublika davrida Senat oliy hokimi-
yatning davlat organi, hukmron-quldor aslzodalar quroli.
Sfinks (yun.) – qadimgi Misrda odam boshli, sher tanali ul-
kan tosh haykal. U fir’avn qudratini gavdalantirgan.
601
Do'stlaringiz bilan baham: |