Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
davlatchiligi. 3. Qadimgi Sharqda yer egaligi. 4. Qulchilik
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
davlatchiligi. 3. Qadimgi Sharqda yer egaligi. 4. Qulchilik.
5. Qadimgi Sharq jamoasi. «Qadimgi Sharq» geografik tushunchasi shimoliy-g‘arbiy Af- rikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho‘llardan Hind okeani va Sahroyi Kabirgacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab oladi. Qadimgi Sharq deb shartli ataladigan bepoyon geografik hudud g‘arbdan sharqqa qadimgi Karfagen joylashgan hozirgi Tunis- dan Xitoy, Yaponiya va Indoneziyagacha, janubdan shimolga hozirgi Efiopiyadan Kavkaz tog‘lari va Orol dengizining janu- biy qirg‘oqlarigacha cho‘zilib ketgan. Bu yerda qadimda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli sharq davlatlari tarixda muhim rol o‘ynaydi: Qadimgi Misr podsholigi, Bobil, Xettlar, Osuriya, Finikiya, Su- riya, Falastindagi, Frigiya, Lidiya, Eron tog‘ tizmasidagi davlat- lar, jumladan, Yaqin Sharq hududlarini o‘z tarkibiga kiritgan qudratli fors Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir. Insoniyat tarixi ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o‘tishi sha- harlarning paydo bo‘lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz si- fatida shakllanishi, ibodatxona va saroylar qurilishi, yozuvning va shuningdek, jamiyatda turli sinflar va davlatchilikning vujud- ga kelishi bilan boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri qadimgi dunyo tarixi fani tomonidan o‘rganiladi. Tabiiyki, sivilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda miloddan avvalgi IV ming yilliklardan urug‘-jamoa munosabatlaridan davlat va jamiyatga o‘tish nati- jasida turli ijtimoiy qatlamlarning paydo bo‘lishi bilan boshla- nadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi geografik hududlarda turli davrlarda tugallandi. Yevropa tarix fani an’anasiga ko‘ra Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari (mil.avv. IV asr) bilan tugallandi. Janubiy-Sharqiy 4 Osiyo mamlakatlari uchun milodiy I ming yillikning II yarmiga- cha davom etdi. Qadimgi sharq hududi subtropik iqlimli, juda issiq va quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko‘zga tashlanadi. Qadim- gi Sharq xalqlari ning sivilizatsiyalari asosan buyuk daryolar: Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi havzalarning unumdor vodiy larida sun’iy sug‘orishga asoslan- gan xo‘jalik hayotining samarali rivojlanishi bilan ajralib tura- di. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiyalar katta daryo havzalarida dehqonchilik rivoj- lanishi natijasida paydo bo‘ldi. Qadimgi sivilizatsiyaning ijod- korlari bo‘lgan turli tilda so‘zlashgan va bir-biriga o‘xshamagan xalqlar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ularning har birini o‘z turmush tarzi, o‘z axloqi, urf-odat, an’analari, dunyo, jamiyat va tabiat to‘g‘risidagi o‘z qarashlari mavjud edi. Katta daryolar vodiylarida vujudga kelgan (Misr, Ikki daryo oralig‘i, Eron, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy hududlari) davlatlar insoniyat sivilizat- siyasining asosiy o‘choqlari bo‘ldi. Bu hududlarda shahar-dav- latlar shakllanib, rivojlangan o‘choqlari ko‘paydi. Tog‘li mam- lakatlar (Kichik Osiyo, Suriya, Falastin) uchun geografik, iqlim sharoitlari jamiyat va davlat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Qadimgi sharqning buyuk sivilizatsiyalari bir necha ming yillar davomida shakllanib, insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos ulug‘vor madaniyatni yaratdi. Qadimgi sivilizatsiyalar insoniyatning kelajak madaniy- ma’naviy-siyosiy taraqqiyotining asoslarini yaratdi. Umumin- soniy qadriyatlarning huquqiy, madaniy-ma’naviy g‘oyalarining asoslari ana shu sivilizatsiyalar bag‘rida yotadi. Buyuk cho‘llar deb atalgan Shimoliy Xitoydan Shimoliy Qora dengiz bo‘yigacha cho‘zilib ketgan bepoyon cho‘l-dasht hudud- da mil.avv. II–I ming yilliklarda buyuk sak-skif sivilizatsiyasi shakllandi. Sak-skif sivilizatsiyasi ko‘chmanchi o‘troq va yarim o‘troq xo‘jalikka asoslangan jamiyat bo‘lib, ular noyob madani- yat yaratdilar. Bu madaniyat insoniyat sivilizatsiyasining ajral- mas tarkibiy qismi bo‘ldi. Sak-skif sivilizatsiyasi qadimda mav- jud bo‘lgan boshqa davlat va jamiyatlar bilan yonma-yon yasha- di va ularning taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir qildi. Qadimgi Sharq xalqlarining tarixini miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmida Nil va Frot vodiylarida ilk davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘lishidan boshlab o‘rganish qabul qilin- 5 gan. Qadimgi sharq sivilizatsiyasining taraqqiyoti milodiy III asr- gacha davom etdi. Ilk davrdan boshlab turli hududlarda iqlim,- geografik hududiy joylashuv tufayli Insoniyat tarixiy taraqqiyo- ti notekis bordi. Su sababli turli hududlarga ishlab-chiqarish, yer egaligining yangi feodal bosqichga o‘tishi turli davrlarda yuz berdi. Lekin jamoa munosabatlari ma’lum darajada sharq mamlakatlarida saqlanib qoldi. Aleksandr yurishlari bilan Ellin davlatlari vujudga keldi. O‘rta Osiyo, Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlari tarixida antik davr milodiy III-V asrlarga- cha, qaysiki, bu hududlarda antik ishlab chiqarish munosa- batlari yemirilgan vaqtgacha o‘rnatiladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling