Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Qadimgi Sharq jamoasi. Qadimgi Sharq jamiyati tuzi-
lishini o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, bu asosiy ijtimoiy 
va hududiy birlik – jamoaning mavjudligidir. Har qanday qa-
dimgi Sharq davlati bir necha shaharni hisobga olmaganda, 
o‘z tashkilotiga ega bo‘lgan ko‘pgina qishloq jamoalaridan ibo-
rat bo‘lgan. Qon-qarindosh urug‘ jamoasi, qo‘shni jamoa – bu 
ma’lum bir hududda yashab, boshqa jamoalar va davlatga nis-
batan huquq va majburiyat bilan bog‘langan yopiq tashkilot edi. 
Jamoa tashkiloti davlat hokimiyati va jamoa a’zosi o‘rtasida vo-
sitachi, sud ishlarini olib boruvchi, turli soliq to‘lovlarini amal-
ga oshirishda kafolatchi, qishloq jamoasini hashar va boshqa 
ishlarga safarbar qilish tashkilotchisi bo‘lgan. Katta daryolar 
havzasida joylashgan ilk sivilizatsiyalar iqtisodiyotining asosi 
sug‘orma dehqonchilik edi. Aholining deyarli 90-95 foizi deh-
qonchilik bilan shug‘ullanar va jamoa bo‘lib yashar edi. Qishloq 
jamoasi bir yoki bir necha urug‘dan tashkil topgan. Keyinchalik 
esa qishloq jamoasi turli urug‘larga mansub oilalardan tash-
kil topgan qo‘shni jamoaga aylangan. Jamoaning asosi bo‘lgan 
katta patriarxal oilada uch avlod yashagan (bobo-buvi, ota-ona, 
ularning uylangan o‘g‘illarining oilalari). Oila boshlig‘i ota jamoa 
oldida o‘z oila a’zolari uchun mas’ul bo‘lgan. Patriarxal oilada 
urf-odat, an’analarga rioya qilib yashash ustuvor ahamiyatga 
ega edi. Oila boshlig‘i bo‘lgan ota vafotidan keyin oila parcha-
lanib ketmagan, balki katta o‘g‘il oila boshlig‘i o‘rnini egalla-
gan. Oila boshlig‘i ota oila mulkiga mas’ul bo‘lib, uning kichik 
a’zolari oila boshlig‘i roziligisiz mulkiy oldi-sotdi ishlarini amal-
ga oshira olmaganlar. Qadimgi Bobilda ota o‘z xotini, o‘g‘lini o‘zi 
olgan qarzning to‘lovi uchun ma’lum muddatga qullikka berish 
huquqiga ega bo‘lgan. Lekin ota o‘z o‘g‘lini uch martagacha qul-
likka sotish huquqiga ega edi. O‘z mulkiga ega bo‘lmagan yer-
siz qaram kishilar davlat va ibodatxonalarda majburan ishlab
evaziga oziq-ovqat olganlar. Ular rasman erkin bo‘lsalar-da, 
oilali bo‘lib, qullarga yaqin qaram ahvolda yashaganlar (Misr).
Jamoa ichida mulkiy tabaqalanish kuchli bo‘lib, jamoada 
mulkdor va kambag‘al jamoachilar, yersiz oddiy jamoachilar 


14
ko‘p bo‘lgan. Shunga qaramasdan, jamoada yashash va ish-
lab chiqarishning jamoachilik shakli saqlanib qoldi. Ko‘p xo-
tin olish odati ayollarning ijtimoiy ahvolini og‘irlashtirgan. 
Jamoa mulkchiligi, jamoa birdamligi xususiy mulkchilikning 
rivojla nishiga to‘siq edi. Jamoa tashkilotining turg‘unligi ish-
lab chiqarish va hayot kechirishning jamoachilik shakli saqla-
nib qolishi, qadimgi Sharq iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzilishi, davlat 
hokimiyati shakllarini belgilab berdi. Davlat hokimiyati jamoa 
mustahkam bo‘lishidan manfaatdor bo‘lgan. Chunki davlat 
hokimiyati aho lini turli to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi, 
turli majburiyatlarni o‘tashida jamoa tashkilotining kafolatchi 
rolida chi qishidan unumli foydalangan. Bundan tashqari qish-
loq jamoasining asriy urf-odat, an’ana va qadriyatlarga tayanib 
yashashi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashiga xizmat 
qilgan. Bu davlat hokimiyati uchun mamlakatda barqarorlikni 
saqlashda ham muhim omil bo‘lgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling